gaz, -g'az, -kiz, -giz, -qiz qo'shimchalarini qo'shish bilan: o'tkaz, yetkaz, o'tkiz,
yutqiz, yurgiz, yutqaz kabi;
h) -sat (-sa]t) qo'shimchasini qo'shish bilan: ko'rsat kabi;
i) -iz, -az. Bu qo'shimcha ham asli -ir, -ar qo'shimchalarining fonetik
varianti bo'lib, undosh bilan tugagan fe'l asosida qo'shiladi: og'iz, tegiz, tomiz
kabi;
j) -tir, -t qo'shimchalari parallel holda ham qo'llanadi: o'zgartir, o'zgart
kabi;
k) fe'l asosida orttirma nisbat yasovchi qo'shimchalar ketma-ket qo'shilishi
mumkin: yoz-yozdir-yozdirtir, ich-ichir-ichirtir kabi;
l) bir fe'l negizida turli nisbat qo'shimchalari qo'shilib kelishi mumkin: sev-
sevin-sevintir, kel-keltir-kelishtir, yoz-yozdir-yozdiril (di) kabi. Bunday yasalishda
fe'lning qaysi nisbatda ekanligi oxirgi qo'shimchaga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |