A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


  Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

3.3.  Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning  
oldini olish yo‘llari 
 
Ichki ishlar idoralari xodimlari jinoyatchilikning oldini olish va unga 
qarshi kurashish borasida o‘z faoliyatlarini amalga oshirar ekanlar, ular 
tomonidan ba’zan fuqarolarning huquq va erkinliklariga taalluqli 
qonunchilikni buzish holatlari ham uchrab turadi.  
Huquqbuzarlik qonun va boshqa huquqiy normalarga rioya qilmaslik 
natijasida shaxslarning qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida shaxs, 
jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazishida ifodalanadi. 
Ichki ishlar idoralari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, 
birinchi navbatda, respublikamiz uchun har tomonlama yetuk va munosib 
kadrlar tayyorlash masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayni damda olib 
borilayotgan islohot va kadrlar tayyorlash dasturlari e’tiborni xodimlarda 
mavjud kasbiy xususiyatlarga qaratishni, ularning jismonan, ma’nan 
sog‘lomligi, dunyoqarashi, fikrlash doirasining kengligi, Vatan 
himoyasida o‘z aqidalariga sodiqligi, o‘quv va ish jarayonida axborot, 
bilim va tajribalarni o‘zlashtirishda shaxsning psixik xususiyatlari dolzarb 
ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlamoqda.  
Fuqarolar tomonidan xodimlarning salbiy xatti-harakatlari doim ham 
tanqid qilinavermaydi yoki fuqarolar adolat o‘rnata olmasligiga ishonchi 
ortgan sari bunday holatga qo‘l siltaydilar, oqibatda hech qanday jazoga 
tortilmay qolgan xodimlar tomonidan qo‘pollik, tan jarohatlari yetkazish, 
haqorat, tamagirlik yoki poraxo‘rlik, xizmat vakolatini suiiste’mol  qilish 
kabi qonun buzilishlari davom etaveradi. 
Fuqarolik huquqlari poymol bo‘layotgan vaqtda ham odamlar 
zo‘ravon xodimlarga bas kelishga hadlari sig‘maydi va xodim 
javobgarlikdan osongina qutulib ketadi.  
Xush, xodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab 
bo‘lmoqda? 


 76 
Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar 
o‘tkazish natijasida psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar 
guruhiga bo‘lib o‘rgandi, ya’ni: 
– xizmat sohasining o‘ziga xosligi (spetsifikasi); 
– shaxsiy fazilatlar omili; 
– ijtimoiy-psixologik omillar
1
.  
S. Medvedevning fikricha, xodimning soha yo‘nalishi uning 
huquqbuzarlikka moyilligiga ta’sir qiluvchi asosiy omildir. Xususan, 
uning tadqiqoti natijasida eng kuchli ta’sir darajasi jinoyat qidiruv 
xodimlarida, o‘rtacha ta’sir darajasi patrul-post xizmati va tergov 
xodimlarida, past ta’sir darajasi esa  pasport va shaxsiy tarkib bilan 
ishlash sohalarida aniqlangan. 
Bu tadqiqotni o‘tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning kasbiy 
buzilishlarini ularning ish tajribasi bilan solishtirganlarida quyidagi 
natijalarni taqdim qilganlar: 
1) 5-yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas bo‘lib, bu 
toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotganligi bois kasbiy 
buzilish past darajada; 
2) 6–10 yil ishlayotganlarda o‘rtacha darajada; 
3) 11–15 yil ishlayotganlarda  kasbiy buzilish darajasi juda yuqori; 
4) 15-yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzilishlar 
bo‘lishi aniq. 
Biroq, har qanday statistik ma’lumotlarning nisbiyligini inobatga 
olish lozim. Shu bilan birga, bu axloqiy-kasbiy buzilgan xodimning har 
biri pora oladi yoki tamagirlik qiladi degani emas. Shaxsiy tarkib bilan 
ishlash xizmatidagi ko‘p yillik kuzatishlardan kelib chiqqan holda shuni 
aytish mumkinki, ko‘p ishlagan xodimlarda xizmat vazifalarini bajarishga 
nisbatan beparvolik, loqaydlik, sansalorlik (masalan fuqarolarning 
arizalarini ko‘rishda) kabi illatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish 
holatlari ko‘plab uchraydi. Bularning sababi esa xodimning asosan 
surunkali ruhiy va jismoniy jihatdan zo‘riqishdir. 
Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng past 
darajasi ham ichki ishlar idoralari xodimlarining shaxsiy va xizmat 
qobiliyatlariga jiddiy zarar yetkazadi. 
                                         
1
  Буданов  А.В.  Работа  с  сотрудниками  органов  внутренних  дел  по 
профилактике  профессиональной  деформации:  Практическое  пособие  для 
руководящих  работников  УВД,  ОВД,  служб  по  работе  с  личным  составом, 
подразделений морально-психологического обеспечения деятельности ОВД. – 
М, 1992. 


 77 
Psixologik nuqtai nazardan bu muammoga xodimning shaxsiy 
xususiyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan. 
Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xususiyatlari 
ta’sirini rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil qiladi: 
1) xodimning intellekti ta’siri (ya’ni, mustaqil fikrlash va mustaqil 
qaror qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o‘z ustida ishlashi va 
kasb mahoratini oshirishda layoqatsiz bo‘lib qoladi, ekstremal yoki 
kutilmagan vaziyatda qaror qabul qila olmaydi); 
2) shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko‘zlik, qo‘pollik, tajovuzkorlik, 
faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlash, bilimsizlik, to‘porilik, o‘z shaxsiga 
yuqori baho berish) kabi
1

Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat doirasining kengligi, xizmat 
kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo‘lish) xodimga 
yanada o‘ziga yuqori baho berishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin. 
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi 
shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning 
psixologik jihatlarini tahlil qilish, o‘ziga xos tomonlarini aniqlash, shu 
orqali bu faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab 
chiqish va yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. 
Xodimlardan yuksak madaniyatli, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish, 
murakkab sharoitlarda davlat manfaatlari, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini himoya qila olish, aholining har xil toifalari bilan ishlay 
olish, jinoyatchilikka qarshi kurashda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega 
bo‘lish talab etiladi. 
Oxirgi paytlarda ichki ishlar idoralari xizmatiga tanlanayotgan 
nomzod ko‘pincha xizmat talablariga javob bermayapti. Shuningdek, 
tanlangan nomzodning shaxsiy salbiy sifatlari ifodalanishi forma 
kiyganidan keyin xizmat kiyimi va vakolati ta’sirida yanada zo‘rayadi. 
Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi omillar 
ta’siriga ruhiy immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis vaziyatda tez va 
aniq qaror qabul qila olish reaksiyasining pastligi, o‘ziga yuqori baho 
berishi, iroda qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi, dunyoqarashi va 
madaniyat darajasining pastligi tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa 
muddat ichida uning axloqiy jihatdan yemirilishiga sabab bo‘ladi. 
                                         
1
  Буданов  А.В.  Работа  с  сотрудниками  органов  внутренних  дел  по 
профилактике  профессиональной  деформации:  Практическое  пособие  для 
руководящих  работников  УВД,  ОВД,  служб  по  работе  с  личным  составом, 
подразделений морально-психологического обеспечения деятельности ОВД. – 
М, 1992. 


 78 
Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o‘zida, keyinchalik esa uning 
harakatlari orqali kasb faoliyati va atrof-muhitidagi munosabatlarda ifoda 
bo‘lishni boshlaydi. Bu holat ichki ishlar idoralari jamoalarida ham yuz 
berishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish holati shu 
bo‘lim yoki bo‘linmada xizmat intizomining sustligiga dalil bo‘la oladi. 
Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni 
yashirin tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko‘rsatmokdaki, ko‘pgina 
holatlarda xodimning mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, 
rahbarlarning o‘zlari (o‘zlariga gap tegmasligi uchun) yashiradilar. 
Intizomiy jazoga tortilmagan xodim esa mas’uliyat hissini sezmay, 
osongina qutulib ketadi. Bu hol atrofdagilarga o‘z salbiy ta’sirini 
ko‘rsatmay qolmaydi. 
Bu o‘rinda xodimlar bilan olib borilishi kerak bo‘lgan psixologik 
faoliyat haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Zero, yuqorida ko‘rsatib o‘til-
ganidek, aksariyat huquqbuzarliklar xodim psixologiyasidagi o‘zgarishlar, 
og‘ishlar natijasi deb oladigan bo‘lsak, ularga moyillikni aniqlash va 
psixologik profilaktika qilishni ichki ishlar idoralaridagi psixologik 
faoliyat orqali amalga oshirish mumkin. 
Ajablanarlisi shundaki, inson psixikasi bilan ishlaydigan 
mutaxassislardan ko‘pchilik xodimlar negadir cho‘chishadi. Xodimlar 
psixologik, psixoterapevtlik yordamini psixiatriya xizmati bilan 
adashtiradilar va bu o‘z o‘rnida psixodiagnostika ishlarini qiyinlashtiradi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan holatlar bugungi kunning muhim muam-
mosiga aylanganligini inobatga olgan holda respublika ichki ishlar 
idoralari tizimlarida muhim bir yangilik, ya’ni 2010-yilning 7-sentabr 
kuni IIVning 44-sonli buyrug‘i bilan joylardagi ichki ishlar bo‘limlarga 
«axloqiy psixologik ta’minlash guruhlari inspektori (katta inspektor) shtat 
birliklari kiritildi». 
Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi: 
–  shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixologik 
diagnostikadan o‘tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o‘rganish, 
xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab 
turg‘unligi darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroqliligi, shaxsiy tarkibning 
xizmatdan qoniqganligi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash 
va hokazo; 
– xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, o‘z 
joniga qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida yuzaga 
keladigan turli qiyinchiliklar va yo‘l quyiladigan intizom buzilish 
sabablarini o‘rganib, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish 
yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish; 


 79 
– uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga ko‘nikma hosil 
qilishlariga ko‘maklashish; 
– ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik usullarni 
qo‘llab suhbat o‘tkazish va boshqalar. 
Bu yangilik ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy buzilishi, 
uning kelib chiqish sabablarini tugatish yo‘llaridagi muhim qadamdir. 
Chunki ichki ishlar idoralari xodimlari davlat hokimiyatining vakili 
sifatida ish ko‘rar ekanlar, ularning har bir xatti-harakati odamlarning 
diqqat-e’tiborida turadi. Bir xodimning qilgan xatosi, qo‘polligi yoki pora 
olishi butun tizimni xalq oldida abgor qilishi, boshqa halol ishlayotgan 
xodimlarning obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun kasbiy 
buzilishning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik bugungi kunning eng 
dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda 
asosan qo‘yidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish