Qorayev Abdurauf MTF-120
Javoblar:
Yangi yaratayotgan mobil ilovam EASYTOUR.UZ(oson sayohat) deb nomlanadi. Buning sababi oddiy bu ilova sayohatni osonlashtirish uchun ishlab chiqiladi. Bu ilova bilan birgalikda shu nomdagi sayt ham faoliyat yuritadi. Bu sayt google maps, booking.com, accuweather.com kabi saytlar ma’lumotlari bilan birgalikda sayyoh harakatlanayotgan yo’nalishdagi mehmonxonalar, ovqatlanish shahobchalari, AYOQSHlar, supermarket va do’konlar haqida ma’lumotlarni uzluksiz ravishda jo’natib boradi. Ushbu ilovaga ovqatlanish shahobchalarida kutib vaqt o’tkazmaslik uchun, oldindan ovqatga buyurtma berib qo’yish funksiyasi kiritiladi. Sayyoh xaritadagi qaysi manzil ustiga bossa shu manzil tarixi haqida video, audio va yozma ma’lumotlar, tarixiy afsonalar chiqadi. Bu ilova turistning talablaridan kelib chiqqan holda narx, joy, sharoit tomonlama qulay mehmonxona tanlashga ham yordam beradi. Turist shunchaki tanlanayotgan mehmonxona haqidagi onlayn so’rovnomani to’ldirsa kifoya. Qisqacha qilib aytganda ushbu ilova turistga qanday ma’lumot kerak bo’lsa o’sha ma’lumotni bera oladi.
Navigatsiya tizimlarining ijobiy va salbiy jihatlari:
Hozirda insonlar hayotini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Navigatsiya tizimlari esa barcha yangi texnologiyalarga o’rnatilib, ularning inson manfaatiga yanada ko’proq xizmat qilishini ta’minlaydi. Navigatsiya tizimlarining ijobiy jihatlaridan biri ushbu tizimdan oddiygina qo’l telefoni orqli foydalanib istalgan joyga muammosiz yetib olish mumkin. Bu dasturlardan samolyotlarning, avtomobil, poyezd kabi transport vositalarining o’z o’zini boshqarish funksiyasida foydalaniladi. Butun dunyoga mashhur avtonavigatsiya tizimlaridan hisoblangan Garmin va Tom Tom, smartfon navigatsiyalari hisoblangan Google maps, Apple maps va Google earth eng ko’p qo’llaniladigan navigatsion dasturlardan hisoblanadi. Bu tizimlar orqali osongina qidirilayotgan joy nomini yozish orqali istalgan manzil topib olinishi mumkin va bu ma’lumotlar osongina yangilanadi.
An’anaviy xaritalarning qulaylik tomoni esa ularning elektr energiyasi va internet tarmog’ini talab qilmasligidadir. Turistlar ko’pincha tabiat qo’yniga sayohat qilishni afzal ko’rishadi. Tabiiy hududlarda esa har doim ham internet aloqasi mavjud bo’lavermaydi va navigatsion tizimlar ham ishlamay qolishi mumkin. Bu esa navigatsion tizimning o’ziga xos kamchiliklaridan biri hisoblanadi.
Xarita (yun. chartes — varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta — Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi Xaritalarning turlari. Xaritalar masshtabiga, ularda tasvirlangan hududning ko’lamiga, mazmuni, vazifasi va tuzilishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Xaritalar masshtabiga qarab quyidagi turlaiga bo‘linadi: yirik masshtabli — 1:10000 dan 1:200000 gacha, o‘rta masshtabli—1:200000 dan 1:1000000 gacha, mayda masshtabli— 1:1000000 dan kichik. XARITADAN foydalanish kerak bo’lganda, birinchi navbatda xarita nima maqsadda kerakligini e’tiborga olish lozim. Turli masshtabli xaritalarda voqea va hodisalar turli xil aniqlikda tasvirlanadi.ularda nima tasvirlanganligi va hududning kolamiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: yulduzlar xaritasi, sayyoralar va Yer xaritasi, yarim sharlar xaritalari, materiklar va okeanlar xaritalari, tabiiy geografik o‘lkalar va dengizlar xaritalari, mamlakatlar xaritalari, ma’muriy birliklar xaritalari, maxsus hududlar (qo‘riqxonalar, sayohatbop joylar) xaritalari, shahar va viloyatlar. tumanlar xaritalari. Mazmuniga ko’ra xaritalar ikkita yirik guruhga bolinadi: umumiy geografik xaritalar va mavzuli xaritalar. ===Umumiy geografik xaritalarda=== joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi: relyef, daryo, kоʻl, muzliklar, tuproq va o‘simlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, xo’jalik tarmoqlarining tarkibi, aloqa yo‘llari, chegaralar va h. k. ===Mavzuli xaritalar===, o‘z navbatida, yana ikki guruhga—tabiiy va iqtisodiy xaritalarga bo’linadi. "Tabiiy geografik xaritalar"ga Yer yuzasi va okean tagi relyefi, iqlim, tuproq, o‘simlik, hayvonlar. landshaft, tabiatni qo’riqlash, foydali qazilmalar konlari xaritalari kiradi. "Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar" iqtisodiy, tarixiy, madaniy-siyosiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan iborat bo‘ladi. Vazifasiga ko’ra, xaritalar yana "ilmiy", "madaniyat va targ’ibot", "texnik", "sayohat" "xaritalari", "o‘quv xaritalari"ga bo’linadi. Qaysi joy va bu joy nima maqsadda kerakligiga qarab xarita tanlanadi va foydalaniladi. Hozirgi kundagi xaritalarning eng keng tarqalgani mobil qurilmalardagi Google maps va Apple maps xaritalari hisoblanadi. Mobil qurilma mavjud bo’lmagan taqdirda, qog’ozli xaritalarni turli savdo shahobchalaridan topish mumkin. Bu imkoniyatlar ham bo’lmaganda, kunduzi quyosh, soya, kesilgan daraxt, daraxt shoxlariga, chumoli inlariga qarab, tunda esa yulduzlarga qarab tomonni aniqlash va harakatlanish mumkin. Turistlar uchun esa maxsus hududlar (qo‘riqxonalar, sayohatbop joylar) xaritalari, gastronomik xaritalar, davlat, shahar va viloyatlar, tumanlar xaritalari kerak bo’lishi mumkin. Bunday xaritalarni turist internet orqali buyurtma berib onlayn xarid qilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |