A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


  Ichki ishlar idoralari tizimida kasbiy  qobiliyat



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

 
3.2.  Ichki ishlar idoralari tizimida kasbiy  qobiliyat  
va kasbiy mahorat 
 
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy qobiliyati  va mahoratini 
takomillashtirishning yetakchi omillaridan biri xodimlarni psixologik 
jihatdan tayyorlashdir. 
Ichki ishlar organlari xodimlarini psixologik jihatdan tayyorlashdan 
ko‘zlangan  maqsad  ularda xizmat faoliyatining har qanday noodatiy 
sharoitlarida kasbiy jihatdan to‘g‘ri, aniq, yuqori ishchanlik bilan 
harakatlanishga tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat. 
Ichki ishlar idoralari xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat 
samaradorligini oshirishda shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo‘yiladi. 
Ushbu faoliyat xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, 
zo‘riqishni vujudga keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi psixologik 
tayyorgarlikni shakllantirishni talab etadi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy mahoratini shakllantirish 
va faoliyat samaradorligini oshirishda asosiy omillar quyidagilardan 
iborat: 


 70 
– ichki ishlar organlari xodimlari shaxsi uchun tipik bo‘lgan 
konstruktiv, kommunikativ, bilish, tashkilotchilik, guvohlik, dalillash va 
tarbiyaviy faoliyat tizimini yaratish; 
– operativ xizmat faoliyatining har qanday murakkab va xavfli 
vazifalarini yuqori samara bilan bajarishlariga yordam beruvchi uquv va 
ko‘nikmalarni shakllantirish. 
Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va 
kasb mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan 
va rivojlangan psixologik xususiyatlari majmui bo‘lib, tergov, operativ 
xizmat va profilaktik faoliyatning o‘ziga xos muhim psixologik 
xususiyatlariga javob beradi, ularni amalga oshirishning zarur shart-
sharoitlari hisoblanadi. U to‘rt guruhga kiruvchi tarkibiy qismlardan 
iborat: 
– xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo‘naltirilganligi 
va his-tuyg‘ulari (o‘zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik jihatlarini va 
kishilarni tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi); 
– xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samaradorligini 
oshirishga oid psixologik tayyorgarligi. Ushbu tayyorgarlik kasbiy 
mahorat samaradorligini oshirishda,  kasbiy faoliyat tizimida psixologik 
sharoitlarni tushunish va ularni yarata olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) 
harakatlarni  amalga oshirishning psixologik vositalaridan mahorat bilan 
foydalanish, operativ xizmat vazifalarining samarali hal etilishini 
ta’minlovchi psixologik usullarning butun kompleksini mohirlik bilan 
qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi; 
– xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi (kasbiy 
kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va 
qoidalarni qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy 
diqqatlilik, sezgi va tasavvur organlarining mashq orqali rivojlanganligi
hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni 
tez, to‘liq va aniq esda olib qolish, xotirada yaxshi saqlash va to‘g‘ri 
bayon etish bo‘yicha mashq qilganlik; 
psixologik barqarorlik (xodimning tergov, operativ xizmat 
faoliyatining psixologik jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli 
va mas’uliyatli vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish 
qobiliyatida namoyon bo‘ladi). 
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning  psixologik bilimlarga 
egaligi muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba 
professional ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga 
yo‘nalgan tarzda oshirib borishning maxsus vazifalari, shakl va usullarini 


 71 
kiritish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy mahorat – ichki 
ishlar organlarining faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omilardan 
biridir.  
Shu ma’noda ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy mahorati, 
xodimlarda operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali 
bajarish uchun zarur bo‘lgan xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va 
faollashtirish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan maqsadga muvofiq ta’sir 
ko‘rsatish jarayonidir. 
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy 
qobiliyat hamda mahoratini rivojlantirishda  ular ma’lum bir kasbiy 
yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish