Tergov va operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga
kirish ko‘nikmalarini shakllantirish. Ichki ishlar organlari xodimlari
kasbiy mahoratini tashkil qiluvchi muhim tarkibiy qismlardan biri
jinoyatlarni ochish yoki ularning oldini olish uchun zarur axborotga ega
bo‘lish maqsadida rolga kirish ko‘nikmalaridir. Shuning uchun xodimlar
psixologik tayyorgarlik davomida o‘zlarining ichki ishlar organlaridan
ekanliklarini, haqiqiy xislatlari va holatlarini, muloqotga kirishishdan
ko‘zlagan maqsadlarini niqoblay olish mahoratini egallashlari kerak.
73
Fuqarolar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli
vaziyatlarida ta’sir etishning psixologik usullarini qo‘llash mahoratini
takomillashtirish. Fuqarolar bilan muomala qilish jarayonida yuzaga
keladigan nizoli vaziyatlar ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida
odatiy holdir. Shu bois xodimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish
mahoratini shakllantirish, ularga nizolarni hal qilish usullarini o‘rgatish
juda muhim. Xodimlar faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan
odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsatishning ishontirish, majburlash,
rag‘batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik bilan foydala-
nishlariga bog‘liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o‘zini tutish, turli taktik
usullarini qo‘llash hamda nizoli vaziyatdan operativ maqsadda foydala-
nish ko‘nikmalari ham shakllangan bo‘lishi kerak.
Tergov va operativ xizmat faoliyatining og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta
olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. Xodimlar kundalik amaliy
ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi mumkin
bo‘lgan ko‘plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar.
Psixologik barqarorlik xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik
qobiliyatida namoyon bo‘ladigan psixologik tayyorgarlikning muhim
ko‘rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Bu o‘rinda xizmat vazifalarini
bajarish chog‘ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan ko‘rish qobiliyatini
shakllantirish muhim. Psixologik barqarorlikning shakllanganligi
xodimlarga eng qiyin psixologik sharoitda o‘z vazifalarini kamchiliksiz
bajarishlariga yordam beradi. Bunga mashqlar va amaliy mashg‘ulotlar
jarayonida og‘ir vaziyatlarni modellashtirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, xodimlar-
ga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish. Xodimlarning
psixologik barqarorlik va og‘ir vaziyatlarda o‘zini tuta bilish qobiliyati
ularda mas’uliyat, muvaffaqiyatsizlikka chidash, tavakkalga moyillik va
barqarorlik, o‘zini boshqara olish, sobitlik kabi muayyan hissiy-irodaviy
xislatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Xodimlar o‘z xatti-harakatlari va
his-tuyg‘ularini nazorat qilish va boshqarish olishlari shart. Ular mash-
g‘ulot va mashqlar jarayonida o‘zlarini boshqarish, asabiy zo‘riqishni
yo‘qotish, ichki imkoniyatlarni qo‘yilgan vazifani bajarishga safarbar
qilish usullarini egallashlari kerak.
Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ichki ishlar organlari xodimlari amaliy faoliyatlarida ishni sifatli
bajarishni qiyinlashtiradigan, ba’zan esa qo‘yilgan maqsadga erishishga
to‘sqinlik qiladigan turli xil qiyinchiliklar va to‘siqlarga duch keladilar.
Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchilik va to‘siqlarni yengishga
74
undovchi irodaviy faollikni namoyish etishlariga to‘g‘ri keladi. Irodaviy
harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishga mashg‘ulotlar jarayonida qo‘yil-
gan vazifani bajarishga to‘sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to‘siqlar
kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida to‘plangan irodaviy
faollik tajribasi shaxs irodasini, irodaviy xislatlarini rivojlantirishga ta’sir
etadi.
Ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyorlik. Ichki ishlar organlari xodim-
lari faoliyatiga xos xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar
ko‘pincha stress holatini keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari
katta og‘irlik tushadi. Bu, o‘z navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyat
samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois xodimlar ushbu
jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda qisqa vaqt ichida ish
qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo‘riqishni bartaraf etishga yordam
beradigan usullar (psixologik boshqaruv mashqlarini bajarish usullari)
bilan tanish bo‘lishlari lozim.
Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli
mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Bu bilish faoliyatining o‘ziga xosligini
belgilab beruvchi maqsad, obyekt, sharoit va usullarga bog‘liq. Ichki
ishlar organlari faoliyatdagi bilish jarayoni ham o‘ziga xos jihatlari bilan
ajralib turadi.
Birinchidan, ichki ishlar faoliyatida bilish yagona maqsad emas, balki
boshqa turdagi faoliyatni ta’minlash vositasidir.
Ikkinchidan, jinoyatni tergov qilish faoliyati jinoyat sodir etilga-
nidan so‘ng boshlanadi. Demak, bilish faoliyatining ushbu turida bevosita
bilishning o‘zi unchalik katta o‘ringa ega emas. Faktlarning asosiy
ko‘pchiligi bilvosita, ya’ni boshqa shaxslar (jabrlanuvchilar, guvoh-
lar)ning ko‘rsatmalari orqali bilinadi.
Uchinchidan, maqsad sodir etilgan jinoiy hodisaning fikriy modelini
yaratish bo‘lsa-da, bilish hozirga ham, kelajakka ham qaratilgan bo‘ladi.
To‘rtinchidan, axborotning juda katta oqimi ma’lumotlarni tanlashni
taqozo etadi, ya’ni muayyan jinoyatga bevosita aloqador ma’lumotlarni
ajratib olishni talab etadi.
Beshinchidan, axborotning kelib tushishiga juda katta o‘zgaruv-
chanlik xos. Jinoiy hodisaga oid xabarlar doimiy ravishda o‘zgarib va
to‘ldirilib turiladi. Ko‘pincha axborotni qayta olib bo‘lmaydi yoki u
mavjud ma’lumotlarga zid keladi, bu esa ushbu axborotni qat’iy tarzda
qayd etishni taqozo etadi.
Nihoyat, protsessual tartibning mavjudligi. Ichki ishlar organlari
faoliyatidagi bilishning o‘zi huquqni ichki ishlar organlar faoliyatning
75
quyidagi maqsadlaridan kelib chiqadigan muayyan protsessual shaklda
yuz beradi: ish bo‘yicha xolis haqiqatni va aybdorlarni subyektivizmni
inkor etgan holda aniqlash va h.k.
Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan va
bilishning samaradorligini ta’minlaydigan xislatlarni rivojlantirish
zaruratini keltirib chiqaradi. Ichki ishlar organlari xodimlarda bilish
xislatlarini shakllantirish va rivojlantirishda maxsus trening katta
ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida mazkur xislatlar rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |