A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi 
va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi  bilan ajralib turuvchi 
va nima, qachon, qayerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini 
belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi 
rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo‘naltirilganligi bilan 
belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda 
quyidagi omillarni hisobga olish zarur: 
– ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini 
saranjomlash, yorug‘likka qulay joylashib olish; 
– muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish; 
– aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba 
orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi 
soat 5 dan 11 gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20–24 gacha aqliy 
faoliyat unumdorligi yuqoriligini kuzatish mumkin). 
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida diqqatning 
asosiy xususiyatlari (taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o‘rin 
almashishi)  ham o‘zisha xos ahamiyat kasb etishi, ya’ni sodir bo‘lgan 
voqea-hodisalarning  zarur tomonlarini o‘rganish va aniqlik kiritishda
jinoyatchi shaxsning psixik holatini kuzatishda qo‘l kelishini anglab 
yetish lozim.  Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta obyektni to‘liq qam-
raydi, barqarorligi 10–12 daqiqa to‘liq saqlanadi, bir soniya ichida 
diqqatni 3–4 marotaba ko‘chirish mumkin.  
                                         
1
 Qarang: Военная психология / Под ред. А. Г. Малакова. – М., 1999. – С. 82.
 


 36 
Shunday ekan, ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z xizmat faoliyatida 
kasbiy diqqatni yuzaga keltirish uchun quyidagi usullardan foydala-
nishlari zarur: 
– obyektni kuzatish jarayonida jinoyatchining o‘ziga xos xusu-
siyatlarini inobatga olish va jinoyatchi o‘rinda o‘zini tasavvur qilishi; 
– obyektni kuzatish jarayonida diqqatni to‘g‘ri taqsimlash va tez 
ko‘chira bilish ko‘nikmasini shakllantirish usullaridan foydalanish
– davomli mashq qilish yordamida diqqat markazida 2–7 tadan, 8–
15 tagacha bo‘lgan obyektni ushlab turish; 
– diqqatni bir obyektdan ikkinchisiga ko‘chirishda har bir soniyadan 
unumli foydalanish; 
– diqqat doirasining torayishini hisobga olish, ya’ni axborot 
qanchalik muhim bo‘lmasin, bir obyektga bog‘lanib qolmaslik; 
umumiy kuzatuv obyektida, sharoitni o‘rganish maqsadida, 
diqqatni teng taqsimlash orqali obyektni qismlarga bo‘lib kuzatish. 
   Diqqatni kuchaytirish usullari: 
– javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi 
ahamiyatli tomonlarni hisobga olish; 
– muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga 
tayanish; 
– obyektni «e’tibor bilan kuzat», «yaxshilab qara», «yana bir bor 
tekshir» kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish; 
– salbiy hissiyotlarni kuzatish jarayoniga aralashtirmaslik; 
– kuzatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik.  
Diqqatni jamlash prinsiplari: 
– muayyan holatga diqqatni yo‘naltirish; 
– ahamiyatsiz ma’lumotlarni miyada saqlamaslik
– keraksiz fikrlarga chalg‘imaslik. 
Diqqat jarayoni, o‘z navbatida, kuzatuvchanlik faoliyati bilan uyg‘un 
shakllanadi. Kuzatish ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy 
faoliyatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. U operativ qiziqish uyg‘otgan 
shaxslarning jinoiy faoliyatini fosh etishda, ularning aloqalarini, shaxsiy 
xislatlarini o‘rganishda, tergov jarayoniga tegishli ma’lumotlarni 
to‘plashda namoyon bo‘ladi.    

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish