A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Kuzatish deganda, ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun  
narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi.  
Kasbiy kuzatish esa ichki ishlar idoralari xodimlarining operativ 
xizmat vazifalarini amalga oshirishida muhim voqea va hodisalarni 
maqsadga muvofiq tarzda idrok etish jarayonidir.  


 37 
Kasbiy kuzatuvchanlik xodimning shaxsiy xususiyati emas, balki 
tabiiy xususiyatiga aylanib, faoliyatning barcha turlarida namoyon 
bo‘lishida, kuzatuvchanligininng oliy darajaga chiqqanida namoyon 
bo‘ladi
1
.  
Kasbiy kuzatishda ko‘zga tushgan barcha narsa idrok etilmaydi, balki 
eng muhim, zarur, xizmat faoliyati uchun ahamiyatga molik bo‘lgan 
obyekt (narsa,predmet)lar idrok etiladi. Bu, odatda, kuzatish asosini 
tashkil qiladigan maqsadlar, vazifalar, rejalar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Kasbiy kuzatuvchanlik samaradorligi esa albatta psixologik mexa-
nizmlar, qonuniyatlar va omillar bilan belgilanadi. Ya’ni ular namoyon 
bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra obyektiv, sharoitga xos va subyektiv 
guruhlarga bo‘linadi.  
Kasbiy kuzatish jarayonini amalga oshirishda subyektiv omillarga 
muhim vazifa yuklatiladi. 
Obyektiv va sharoitga xos omillar kuzatilayotgan shaxs, obyekt va 
ular o‘rtasida mavjud sharoit xususiyatlarini qamrab oladi.  
Subyektiv tomon jinoiy guruh a’zolarining xatti-harakatlarini 
yashirish niyatida amalga oshiradigan niqobli (yashirin) harakatlari, ya’ni 
jinoyat sodir etilgan joyda iz qoldirmaslik, dalil-isbotlarni topishni 
qiyinlashtirish, dastlabki surishtiruv ishlarini olib borishda anglashil-
movchiliklarga sharoit yaratish kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Shu nuqtai nazardan kasbiy kuzatuvchanlik faoliyatini shakllan-
tirishda xodimdan kasbiy diqqat, idrok xususiyatlari va operativ xotira 
jarayonlarini rivojlantirish talab etiladi. 
Ichki ishlar idoralari xodimi operativ qiziqish uyg‘otgan shaxsga 
nisbatan kuzatuv ishlarini olib borishda quyidagi psixologik omillarni 
hisobga olishi kerak. 
– o‘zi kuzatayotgan gumonlanuvchi shaxsning xulq-atvoriga xos 
bo‘lgan xususiyatlar (masalan, jinoiy faoliyatiga xos xususiyatlari, 
yo‘nalishi, jinoiy tajribasi, nimalarga qiziqishi, moyilligi va boshq.)ni; 
– zarur bo‘lganda maxsus texnik vositalar va eslab qolish orqali 
kuzatilayotgan obyektning xatti-harakatlarini to‘liq esda saqlashi, kerak 
bo‘lsa aniq qayd etishi; 
– qayd etilgan faktlarni kuzatilayotgan obyekt to‘g‘risida olingan 
avval  ma’lumotlar bilan qiyoslashi va xulosalar chiqarishi. 
                                         
1
 Qarang: Асямов  С. В.,  Пулатов  Ю. С.  Ички  ишлар  идоралари  ходимла-
рининг касбий-психологик тренинги. – Т., 2002. – 39-б.
 


 38 
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy kuzatuvchanlikni rivoj-
lantirishda quyidagilarni e’tiborga olishi  zarur: 
– kuzatuvdan oldin o‘rganilayotgan shaxs, narsa yoki hodisa haqida 
to‘liq tasavvurga ega bo‘lish; 
– vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo‘lsa-da) va 
kuzatuv rejasi hamda tartibini tuzish; 
– kuzatilayotgan obyektda nafaqat topilishi kutilgan narsani, balki 
uning teskarisini  ham izlash; 
– kuzatish predmetini qismlarga bo‘lib o‘rganish bilan birga, butun  
jarayonni kuzatishni esdan chiqarmaslik; 
– bir martalik kuzatishga ishonmaslik, obyektni turli nuqtai nazar va 
turli vaziyatlarda tekshirish; 
– kuzatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?», «nima 
uchun?» kabi savollar qo‘yish, o‘z fikr va xulosalari asosida taxmin qilish; 
– kuzatuv obyektlarini solishtirish, ularni bir-biriga qarama-qarshi 
qo‘yish va ulardagi o‘xshash hamda farq qiluvchi tomonlarni topish; 
– kuzatish natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo‘lgan 
ma’lumotlar bilan qiyoslash; 
– kuzatish natijalarini aniq ifodalash va tegishli shaklda qayd etish; 
– kuzatishga turli mutaxassislarni jalb etish, kuzatish natijalarini 
solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish; 
– kuzatuvchi o‘zi ham kuzatish obyekti bo‘lishi mumkinligini esda 
tutishi
1

 Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi omili 
tegishli psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy kuzatish texnikasini 
egallash sanaladi. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish