50
murakkab holatlarni anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi,
idrok, tasavvur obrazlari bilan tafakkur uzluksiz bir-birlarini boyitib
turadi.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan
ajralgan holda rivojlanishi
mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun shaxsning tafakkuri rivojlanishi
bilan birga nutq faoliyati ham o‘sadi. Bu esa shaxsda o‘z fikrini to‘g‘ri,
aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi, nutqining tuzilishini takomil-
lashtiradi va lug‘at boyligini oshiradi.
Ichki ishlar idoralari faoliyatida tafakkur kasbiy masalalarni
yechishga oid holat va hodisalarning mohiyatini tez anglash, turli tuman
axborotlar ichidan zarurini ajratib olish, ular o‘rtasidagi farq va tafovut-
larni oson aniqlash, ko‘pchilik ilg‘ay olmaydigan mayda narsalarni
ko‘rish bilan
ularni turli harakat, shakllarda obrazlashtirish, jonlantirishda
namoyon bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimi oldida turgan vazifalarni hal etishi uchun
uning kasbiy tafakkurini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Idrok va
tasavvurda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va
umumlashtiriladi.
Ichki ishlar idoralari xodimi fikrlash orqali masalani samarali hal
qilishda to‘xtovsiz ishlaydi, bunda ijodiy jarayon – tafakkur ishga tushadi.
Bu bosqichda yangi ma’lumotlar
izlanadi, zarur materiallarni yig‘ish,
ishga daxldorlarni so‘roq qilish amalga oshiriladi. Keyin barcha
ma’lumotlar umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va ular asosida turli
taxminlar ilgari suriladi.
Ichki ishlar idoralari faoliyatda tafakkurga «o‘ta xavfli sharoitda
ongning yuqori darajada samarali ishlash qobiliyati»
1
, deb ta’rif berish
mumkin.
Umumiy psixologiya asoschilari talqinida esa tafakkur voqelikning
umumlashtirilgan, bevosita, to‘liq hamda eng aniq ifodasi hisoblanadi.
Tafakkur, xususiyatiga ko‘ra, shaxs
faoliyatida vujudga kelgan
muammo va masalalarni hal qilishga yordam beradi, muammoning
yechimini topish bilan bir qatorda, muammoli vaziyatga aloqador narsa
va hodisalarning noaniq xususiyatlari, ayni vaziyatdagi munosabatlariga
ham aniqlik kiritadi. Tafakkur yuritishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
muayyan
vaziyatdagi turli munosabatlar, holatlar yuzasidan avval alohida,
1
Qarang:
Теплов Б. М. Проблемы индивидуальных различий. – М., 1998. –
С. 328.
51
so‘ngra umumlashtirilgan holda olingan manbalarni o‘zaro solishtirish
orqali masalaga oydinlik kiritish usullarini ongda shakllantirishdir
1
.
Kasbiy tafakkur nafaqat harakatga keltirish zarur bo‘lgan
aqliy
imkoniyat, balki inson omilini faollashtirish qurolidir
2
. Shu nuqtai
nazardan, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy tafakkuri deganda,
o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida muhim ahamiyat kasb etadigan
Voqea, hodisa va holatlardagi umumiylikni ko‘ra olish, analiz va sintez
qilish, taqqoslash, asoslash va taxminiy xulosalar
chiqarish jarayoni
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: