A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Ketma-ketlik qonuni. Harflarni alifbodagi tartibida yoddan aytish 
oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham 
ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib 
bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir. 
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qilinadigan narsa to‘g‘risidagi 
birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham 
shunchalik yorqin bo‘ladi va siz uchun ahamiyatli ma’lumotlar oqimida 
eslanayotgan material ham yaxshi esga tushadi. 
Tormozlanish qonuni. Har qanday yangi ma’lumot o‘zidan oldingi 
ma’lumotni tormozlaydi. Oldingi ma’lumotning o‘chib ketmasligi uchun, 
yangini esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko‘ri-
shingiz kerak
1

Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida «kasbiy xotira – 
xodimning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor 
xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik 
yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat»
2
.  
Ichki ishlar idoralari xodimlaridan faoliyatini tashkil etishda xotira-
ning muvaffaqiyatga erishtiruvchi asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. 
Xotirada axborotni eslab qolish, keyin esga tushirish jarayoni subyekt 
faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi va bu axborotdan qanday maqsadda 
foydalanishga bog‘liq. 
Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog‘liq material ko‘proq esda 
qoladi, u hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo‘ladi. 
Shuni ta’kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his-tuyg‘ularning 
ham ta’siri kuchli bo‘ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi 
saqlanadi. 
Voqea-hodisalar his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atsa (ya’ni kechirilgan 
hissiyotlarning qayta-qayta qo‘zg‘alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati 
yoki aqliy faoliyat yanada faollashadi. 
                                         
1
 Qarang: Каримова  В. М.,  Акрамова  Ф. А.    Психология. – Т., 2000. – 75–
76-б.
 
2
 Qarang: Столяренко  А. М.  Психологическая  подготовка  сотрудников 
ОВД. – М., 1997. – С.20.
 


 43 
«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar 
ko‘p hollarda ahamiyatga ega bo‘lmay qolganda turli muddat ichida 
yoddan ko‘tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi 
ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi 
sharoitlar, o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, uning birlamchi ahamiyatini 
susaytirib yuborishi mumkin»
1
.    
Tergov jarayonida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki 
ayblanuvchi ayni vaziyatda ularga qaysi bir holat ahamiyatli bo‘lsa (ijobiy 
yoki salbiy ta’sir), o‘sha holatni eslashi mumkin. Xodim guvoh, 
jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga xos alohida 
xususiyatlarni hisobga olishi, shaxsning ko‘tarinki (optimistik) yoki 
tushkun (pessimistik) kayfiyatiga qarab bir xil vaziyatni turli shaxslar 
turlicha talqinda (yaxshi va yomon taassurotlar asosida) eslab qolishi 
mumkinligini inobatga olishi zarur. Sodir etilgan jinoyat tafsilotlarini 
guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi turlicha talqin 
qilishi, eslab qolishi va yodga olishi kuzatilgan. 
Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va 
uzoq muddatli bo‘lib, ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo‘ladi. 
Har qanday Voqea-hodisa, avvalo, birlamchi qisqa muddatli xotira 
blokiga  tushadi. Ishlatilish ahamiyatiga qarab uzoq muddatli xotira 
blokiga o‘tishi mumkin. 
Aks etish reverbatsiyaning davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning 
asab katakchalarida turg‘un o‘zgarishlarni qo‘zg‘atadi. Bu jarayon uzoq 
muddatli xotira mexanizmi hisoblanadi
2
.  

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish