Eslash va eslashga harakat qilish bir-biridan ajralgan jarayonlar
emas. Bir tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni
tiklash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrni
erkin hikoya, bayon qilish natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik
kerakki, zaruratsiz guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchining fikrini chalg‘itmaslik, savol berib gapini bo‘lmaslik,
hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan latent qobiqni
faollashtirish uchun so‘roqni erkin bayondan boshlash lozim
3
.
Esdan chiqarish – eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo‘lib,
normal fiziologik hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma’lumotlar
inson ongiga qalqib chiqsa, samarali tafakkur bo‘lmaydi.
1
Qarang: Зинченко П. И. Непроизвольное запоминание. – СПБ., 2000. – С. 26.
2
Qarang: Лук А. Н. Памят и кибернетика. – М., 1999. – С. 11.
3
Qarang: Васильев В. Л. Юридическая психология. – СПБ., 2005. – С. 75.
44
Inson faqat iroda kuchi yordamidagina aynan kerakli manbalarni
eslay oladi. «Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokidan tezkor
xotira blokiga o‘tishni ta’minlovchi ip»
1
deydi A. N. Luk. Bu jarayon
unchalik oson kechmaydi. Me’yorida faoliyat yuritadigan miya individ-
ning butun hayotiy tajribasini saqlab qoladi. Uning murakkab tomoni
ma’lumotlarni erkin eslash mumkin emasligidadir. Xotiraning faqat
ma’lum sharoitga aloqador qismigina zarurat tug‘ilganida tiklanishi, ya’ni
yodga tushishi mumkin. Inson xotirasidagi doimiy ishlatilmaydigan, eslab
yangilanmaydigan axborot tez yoddan chiqadi. Gohida doimiy
harakatdagi axborot ham, agar ayni vaqtda muhim deb hisoblanmasa,
esdan chiqishi mumkin.
Xodimning kasbiy xotirasini maqsadli rivojlantirish quyidagi yo‘na-
lishlarda mashqlar bajarishni taqozo etadi:
– odamlarning yuzlari, tashqi qiyofasi, belgilari va xatti-harakatla-
ridagi o‘ziga xosliklarni eslab qolish va tanish;
– xizmat vazifalarini bajarishda doimo yuzaga keladigan muammo-
larni hal etish xususiyatlarini ifodalovchi so‘zdagi axborotni eslab qolish
va xotirada saqlash;
– qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarning nomeri va belgilarini eslab
qolish va tanish;
– o‘g‘irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va
tanish;
– joy chizmalari, harakatlanish yo‘nalishlarini eslab qolish va
xotirada saqlash.
Xodimlarning kasbga oid muhim ma’lumotlarni eslab qolish, esda
saqlash, esga tushirishlarida bir qator psixologik usullardan foydala-
nishlari kasbiy xotirani rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’lumotni esda saqlash prinsiplari:
1) maqsadni to‘g‘ri tanlash;
2) axborotni saqlash uchun (hissiy, obrazli, eshitish, ko‘rish orqali)
turli bog‘liqliklarni o‘rnatish.
Ma’lumotni yodlash prinsipi:
– ma’lumot idrok qilinganidan so‘ng 20 soniya ichida takrorlash;
– ma’lumotni takrorlash, takrorlashni har ikki soatda amalga oshirish;
– mavjud imkoniyat chegarasidan ortiqcha ishlashga harakat qilish;
– ma’lumotni mantiqiy butunlikda takrorlash.
1
Qarang: Лук А. Н. Память и кибернетика. – М., 1999. – С. 80.
45
Kasbga oid muhim ma’lumotni eslab qolish samaradorligini oshirish
usullari:
Eslab qolish haqida o‘ziga buyruq (ustanovka) berish. Xodim har
safar kasbga oid muhim axborotga duch kelganida o‘ziga: «Buni eslab
qolish kerak!», deb aytishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |