A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMI SHAXSIGA



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMI SHAXSIGA  
PSIXOLOGIK TAVSIF 
 
2.1. Psixologiyada «shaxs» tushunchasi. Ichki ishlar idoralari  
xodimi shaxsini o‘rganishning psixologik muammolari 
 
«Shaxs» tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Shaxsni u yoki bu 
yo‘nalishda bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, 
tibbiyot va psixologiya o‘rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan 
farqli o‘laroq, shaxsning ichki dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning 
ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy holatlarini, individual psixologik 
xususiyatlarini tadqiq qiladi. 
Psixologiya fanida shaxs muammosini o‘rganish bo‘yicha turli  
nazariyalar mavjud bo‘lib, ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, 
kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar 
kiradi.  
Biogenetik nazariya negizida insonning biologik rivojlanishi bosh 
omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti 
ixtiyoriy xususiyat kasb etadi, ular bilan o‘zaro aloqalar tan olinadi, xolos. 
Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik 
determinantlarga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan 
sotsial-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. 
Taraqqiyot jarayonining o‘zi avval biologik rivojlanishning universal 
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. 
Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf 
qilingan bo‘lib, ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti nazariyasini tashviqot 
qilish hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy 
rol o‘ynagan. Biroq, inson organizmining individual va tarixiy taraqqiyoti 
munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, 
biogenetik qonuniyatga ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual 
taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) 
asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya yotadi. 
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko‘rinishi Z. Freydning 
shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan, shaxsning 
barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar 
bilan shartlangan, ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) bog‘liqdir. 


 29 
Bunga o‘xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-
bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi. 
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi 
ko‘rinishi sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga 
binoan, shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi, 
ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan 
o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. 
Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra, inson biologik tur sifatida tug‘ilib, 
hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga 
aylanadi. 
Kognitivistik yo‘nalish. Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari 
qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. 
J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan 
bo‘lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o‘z 
ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik 
(tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko‘nikish)dan iborat bo‘lib, 
intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. 
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni 
ajratadi: 
1) sensomotor intellekti (tug‘ilishdan to 2 yoshgacha); 
2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 
yoshgacha); 
3) muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha); 
4) formal (rasmiy) operatsiyalar davri. 
J. Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini 
kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo‘nalishning 
namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, 
G. Grimm va boshqalar kiradi. 
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o‘rganishga 
Rossiyalik  atoqli  olimlar  L. S. Vigotskiy,  P. P. Blonskiy,  S. L. Rubin-
shteyn,  A. N. Leontyev,  B. G. Ananyev,  A. G. Kovalev,  L.I.Bojovichlar 
o‘zlarining salmoqli hisslarini qo‘shganlar.  
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.  
A. G. Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ham 
obyekti, ham subyekti. A. 
N. 
Leontyevning tushuntirishicha, shaxs 
faoliyat subyektidir. K. K. Platonov jamiyatda o‘z vazifasini anglovchi, 
ishga layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu muammo 
mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. L. Rubinshteynning 


 30 
ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, ichki shart-
sharoitlar mahsulidir. 
A. V. Petrovskiyning quyidagi ta’rifini shaxsning psixologik ta’rifi 
sifatida qabul qilish mumkin: «O‘z mehnati tufayli hayvonot olamidan 
ajralib chiqqan, jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida 
munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol 
o‘zgartiruvchi subyektga aylanadi». Ko‘rinib turibdiki, psixolog olimlar 
shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib, unga har xil ta’rif 
berishgan. 
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin.  «Shaxs o‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan o‘zaro muno-
sabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza 
oladigan  har qanday individ». 
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning 
fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushunish 
bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin.  
1) jamiyatning  a’zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir 
individ shaxsdir; 
2) shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan murakkab 
individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar 
shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-
avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi; 
3) odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot 
jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. 
4) shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo‘lgan 
jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda 
o‘rganish mumkin. 
Ushbu xulosalardan ichki ishlar idoralari faoliyatida amalda 
foydalaniladigan bo‘linsa, shaxs muammosini o‘rganishning ikki tenden-
siyasi (tendensiya lotincha so‘z bo‘lib, «intilish», «g‘oya», «fikr», 
«mayl», «tamoyil» degan ma’nolarni anglatadi) birligini kuzatish 
mumkin. 
Birinchi tendensiya ichki ishlar idoralari xodimlarini jamiyatda 
mavjud shaxs sifatida tan olib, uning shaxsiy individual psixologik 
xususiyatlarini o‘rganish, ya’ni uni psixologik jihatdan tavsiflash, 
tasniflashdir. Buni xodimning yuridik mehnati psixologiyasi nuqtai 
nazaridan talqin qilish mumkin. Ya’ni yuridik mehnat huquqni qo‘llash 
faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq etadi va huquqshunoslikka 
oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, huquqiy usul va mahoratni, 
mutaxassislik ko‘nikmalari va malakalarini, kadrlarni tanlash va joy-


 31 
joyiga qo‘yishni, huquqni muhofaza qilish faoliyati shakllari va 
boshqaruvini, mutaxassislik yo‘nalishini, mutaxassislikka tanlovni; 
huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari shaxsini shakllantirish va 
ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik deformasiyasi (buzilishi) va 
uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini to‘g‘ri tashkil etishini va boshqa 
masalalar bo‘ycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadi. 
Ikkinchi tendensiya ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat faoliya-
tining obyekti va predmetini tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har 
tomonlama o‘rganish. Bu tendensiya jinoyatchi shaxs, aybdor, 
jabrlanuvchi, guvoh va hokazolarning ichki ruhiy holatlarini tadqiq qilish 
ishlarini o‘z ichiga oladi. Bu tendensiyaning yechimi ichki ishlar idoralari 
xodimlari zimmasiga yanada murakkabroq bo‘lgan vazifalarni yuklaydi
1
.  
Bu ikki tendensiya ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida shaxs 
muammosini psixologik jihatdan chuqur o‘rganishni taqozo etadi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida shaxs muammosini 
o‘rganishning bu ikki tendensiyasi rasman ikki xilda ko‘rinsa ham uning 
yechimi bir nuqtaga, ya’ni mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan 
shaxslarning psixologiyasini o‘rganib, jamiyatda barqarorlikni ta’min-
lashga kelib taqaladi. Bu har ikki tendensiya uchun ham ustuvor vazifa 
hisoblanadi. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish