22
Masalan, ayblanuvchini so‘roq qilishda amalga oshirilgan magnitofon
yozuvini eshitib, uning hissiy holatiga doir ma’lumotlarni aniqlash
mumkin.
Kuzatish nafaqat psixolog-tadqiqotchi, balki tahlil ma’lumotlaridan
jinoyatchilikka qarshi kurashda foydalanish uchun tegishli axborot
olishi
zarur bo‘lgan har qanday mansabdor shaxs tomonidan o‘tkazilishi
mumkin. Xususan, kuzatishni tergovchi shaxsga to‘g‘ri tashxis qo‘yish
(uni diagnostika qilish) maqsadida qo‘llashi mumkin.
So‘roq qilinayotgan shaxsning jinoyat hodisasiga aloqasi bo‘lishi
mumkinligiga doir axborotni olishda uning mimikasi va imo-ishorasini
kuzatish katta ahamiyatga ega. Bunday kuzatish natijalarini bir
tomonlama subyektiv baholashning oldini olish uchun kuzatuv xolisona
o‘tkazilishi, kuzatish chog‘ida olingan barcha faktlar qayd etilishi va
kuzatish natijalari yetarlicha ilmiy talqin etilishi kerak.
Tergovchi tintuv qilinayotgan shaxsning xatti-harakatini kuzatish va
ushbu kuzatish natijalarini tahlil qilish orqali juda muhim ma’lumotlarga
ega bo‘lishi mumkin.
Eksperiment metodi. Ushbu metoddan foydalanganda eksperiment
o‘tkazuvchi ruhiy jarayonlar xususiyatlarining tekshirilayotgan
shaxsga
ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi stimul (rag‘batlantiruvchi omil)larga
bog‘liqligini o‘rganadi. Eksperiment tashqi stimulyatsiya (qo‘zg‘ovchi)ga
aniq belgilangan dastur bo‘yicha o‘zgaradigan qilib o‘tkaziladi.
Eksperimentning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, kuzatishda
tadqiqotchi u yoki bu ruhiy hodisaning yuz berishini kutishi kerak,
eksperimentda esa u tashqi vaziyatni o‘zgartirish orqali kerakli ruhiy
jarayonni atayin keltirib chiqarishi mumkin. Sud-psixologik tadqiqotlar
amaliyotida laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment keng
tarqalgan.
Laboratoriya eksperimenti
asosan ilmiy tadqiqotlarda, shuningdek,
sud-psixologik ekspertiza o‘tkazishda keng qo‘llaniladi. Unga ancha
murakkab laboratoriya asbob-uskunalari (ko‘p kanalli ossillograflar,
taxistaskoplar va boshq.)ning qo‘llanishi xosdir. Laboratoriya eksperi-
menti yordamida, xususan, tergovchilarning diqqat, kuzatuvchanlik kabi
kasbiy xislatlari tadqiq etilgan. Laboratoriya eksperimentining kamchilik-
lariga huquqni muhofaza qilish idoralarining
amaliy faoliyati sharoitida
texnikadan foydalanish qiyinchiliklarini, shuningdek,
laboratoriya
sharoitlarida ruhiy jarayonlar kechishining odatdagi sharoitlarda
kechishidan farqli tomonlarini kiritish lozim. Bu kamchiliklar tabiiy
eksperiment usulidan foydalanishda bartaraf etiladi. Birinchi navbatda, bu
23
gap jabrlanuvchilar, guvohlar va boshqa shaxslarning muayyan
psixofiziologik xislatlarini aniqlash maqsadiga ega bo‘lgan tergov
eksperimentlarini o‘tkazishga taalluqlidir. Murakkab vaziyatlarda tergov
eksperimentlarini o‘tkazishda mutaxassis-psixologni
taklif etish tavsiya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: