Teatri.
Teatr sarchashmalari qadimiy xalq
dehqonchilik bayramlarida
koʻrsatilgan tomoshalardan boshlanadi. 7-8-asrlarda gigaku va bugaku deb
nomlangan musiqali raqs tomoshalari paydo boʻldi; ular yapon mumtoz
teatrining shakllanishiga yordam berdi. 8-12-asrlarda sangaku musiqali raqs
tomoshalari keng yoyildi. 12-asr boshlarida musiqali tomoshalarning yangi
turlari - dengaku va sarugaku rivojlandi. 14-asr oxiri - 15-asr
boshlarida yapon
teatrining yangi turi - noo teatri (musiqa, raqs va dramatik harakatlardan iborat)
vujudga keldi. 16-asr oxiri - 17-asr boshlarida Kiotoda dzyoruri qoʻgʻirchoq
teatri va kabuki teatri, 19-asr oxiri - 20-asr boshlari teatrning yangi turlari-
simpa va sinkokugeki paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Yevropa teatri taʼsirida
singeki teatr yoʻnalishi (hoz. drama teatri) shakllandi. 20-asrning 1-choragida
Tokioda "Rodo gekidan" nomidagi birinchi ishchi teatri faoliyat koʻrsatdi.
Keyinchalik Tokioda "Sukizi syogekidzyo" va "Hayuza" teatrlari vujudga
keldi; ularning repertuaridan milliy dramaturglar Kobo Abe, Koyama Yushi
pyesalari oʻrin oldi. 1947 yil "Mingey" teatri oʻz faoliyatini boshladi.
Teatr
qoshida "Mingey" kinostudiyasi ishladi. 1966 yil Tokioda "Kokuritsu gekijo"
milliy teatr markazi tashkil etildi va u anʼanaviy janrlarni saqlash va
rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Yaponiyaning zamonaviy teatr sanʼati
anʼanaviy teatr (bugaku, noo, kabuki, dzyoruri) va Yevropa tipidagi teatr
(drama, opera, balet)ga boʻlinadi. Bugaku teatrining anʼanalari mumtoz musiqa
va raqsning rivojlanishida asos boʻldi. Teatr artistlaridan Kita Minoru, Hosho
Motomasa Kuro, Itimura Manzeamon,
Nakamura Kanzaburo, Nakamura
Utaemon, Nakamura Bungori, Matsumoto Koshiro, Mizutani Yaeko, Shimada
Shogo, Tatsumi Ryutaro va boshqalar mashhur. Kinoshi.
Yaponiyada birinchi
badiiy film 1899 yilsuratga olingan. 1903 yil Tokioda birinchi doimiy kinoteatr,
1908 yil birinchi kinostudiya tuzildi. 1923 yildan Kioto shahri kino markaziga
aylandi. 1931 yil birinchi ovozli film ("Qoʻshni ayol va xotinim", rej. Gosho
Heynosku) yaratildi. 1936 yil Mizoguti Kenji "Elegiya Naniva" va "Gionlik
opasingillar" filmlarini yaratdi. 1930-y.larda "YA. filmlar ishlab chiqarish
boʻyicha jahonda 2-oʻrinni egallab turdi. Urushgacha boʻlgan kinofirmalar
("Toho", "Shinko" va boshqalar)ning asosiy filmlari
militaristik mazmunda
boʻlgan. Urushdan keyingi yillarda yapon kinoshida Imai Tadashi, Yamomoto
Satsuo, Kinosita Keysuke va boshqalar rej.lar ijodi bilan bogʻliq boʻlgan ilgʻor
gʻoyalar oʻz aksini topdi. Ular oʻz filmlarida Xirosima fojiasi,
mehnatkashlarning ogʻir hayoti haqida hikoya qildilar. 1950-60 yillardagi eng
yaxshi filmlar: "Rashomon" (1950), "Qizil soqol" (1964; ikkalasining rej.
Kurasava Akira), "Har qalay biz yashayapmiz" (1951, rej. Imai Tadashi),
"Hiroshima bolalari" (1952) va "Yalang orol" (1960; ikkalasining rej. Sindo
Kaneto). 1960-y.lardagi mashhur rej.lar: Yamamoto Satsuo, Koboyasi Masaki,
Imai Tadasi. 1960-70-y.larda koʻproq hujjatli filmlar shuhrat qozondi.
S.Ogava, N. Sutimoto, M.Miyagi kabi ijodkorlar oʻz
filmlarida zamonning
nizoli muammolarini koʻtarib chikdilar. 1958 yildan boshlab "Toey"