“derektiva” ni e’lon qilishdi. 1946 yil 1chi yanvarda yapon imperatorining
ilohiy ildizini va yapon xalqining boshqa xalqlardan ustun ekanligini targ‘ib
etuvchi oldingi davlat doktrinasini rad qiluvchi “reskript”ni mikado fosh etdi.
Maktablarda din o‘qitilishi man qilingan. Yaponiyaning zamonaviy xayotida
din faqatgina urf-odatlarda, marosimlarni o‘tgazishdagina ifodasini topgan.
Diniy marosimlar esa, katta omma uchun madaniy va qiziqarli tomosha sifatida
qabul qilinadi.
Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya
vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi.
Maktabgacha tarbiya bolalar bogʻchalarida (8389 xususiy bogʻchada 1,4 mln.,
5785 davlat bogʻchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6
yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻqish majburiy va bepul.
Taʼlimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangʻich maktab (2003 yil 23,6 ming
maktabda 7,2 mln. oʻquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik oʻrta maktab
(2003 yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oʻquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3
yillik katta oʻrta maktab (2003 yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oʻquvchi)da
taʼlim oladi. Oliy taʼlim unt, professional kollej va texnika intlaridan iborat.
2004 yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oʻqidi, 84,2 ming oʻqituvchi
ishladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto
universiteti, Osaka un-ti (1886 yil tashkil etilgan) va boshqalar Yaponiyada
ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida
mablagʻ sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. Yaponiya
sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi i.t.larni xususiy
kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar, 44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda
olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika, metallar,
elektronika boʻyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr
energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks,
Mitsubisi kompleks intlari. Yaponiyada 2711 ommaviy kutubxona, 3599
muzey, 79 hayvonot bogʻi, 79 akvarium, 90 botanika bogʻi bor. Yirik
kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio un-ti
kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871 yil tashkil
etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889)
va Milliy hoz. zamon sanʼat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy
muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Yaponiyada
70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari:
"Iomiuri" ("Reportyor", 1874 yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan quyosh", 1879
yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872 yildan), "Nixon keydzay simbun"
("Yaponiya
iqtisodiy
gazetasi",
1876
yildan),
"Sankey
simbun"
("Sanoatiqtisodiy gazetasi", 1950 yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik
jur., byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax",
1923 yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955 yildan), "Kurasi to
seyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946 yildan), "Tyuo koron"
("Markaziy sharh", 1886 yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923 yildan),
"Bunka xyoron" ("Madaniy sharh"), "Gekkan syakayto" ("Sotsialdemokratik
Do'stlaringiz bilan baham: