1.2.
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
fani o’qitilishidan maqsad va vazifalari
Ma’lumki, keyinga 80 yil davomida fan va texnika keskin rivojlandi, sanoat, transnort,
qurilish, energetika tarmoqlari tez sur’atlar bilan o’sdi, tabiiy boyliklar (neft va gaz, ko’mir,
rangli metallar) dan haddan tashqari foydalanildi, quriq yerlar-yaylovlar, to’qayzorlar,
botqoqliklar o’zlashtirildi, sanoatda va qishloq xo’jaliga tarmoqlarida turli zaharli kimyoviy
moddalardan qo’llanib kelindi. Natijada tabiiy muhitda ekologik muvozanat buzildi, tuproq,
suv va atmosfera havosining tabiiy tarkibi o’zgaradi, turli ifloslanishlar paydo bo’ldi. Bular
nafaqat iqtisodiy - ijtimoiy tangliklarni, balki ekologik tangliklarni kelib chiqishiga asosiy
sabab bo’ldi va tabiiy boyliklarni kun sayin kamayishiga olib keldi. Masalan, Jarqoq va Gazli
yer osti boyliklari yildan yilga kamayib borishi ko’pchilikka ma’lum bo’lib qoldi.
Bundan tashqari, ba’zi-bir mintaqalarda suv muammolarining kelib chiqishi (masalan,
Orol dengizining qurib borishi, Zarafshon daryosining qurib borishi, Arnasay ko’llari atrofidagi
ekologik muammolar va hokazolar), o’simlik va hayvonot turlarining qirilib ketishiga sabab
bo’ldi. Agar 17 - 18 asrlar davomida hammasi bo’lib 32 turlari yo’qolib ketgan bo’lsa, 20 asr
oxirlariga kelib 235 hayvonot turlari va 400 dan ortiq o’simlik turlari yo’qolib ketdi.
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan bog’liq
holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning hayotida, iqtisodiyotida xo’jalik ahamiyatiga
molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq har qanday hodisa tushuniladi. Masalan,
iqlimning o’zgarishi yoki suv toshqini natijasida paydo bo’ladigan muammolar, ishlab
chiqarish korxonalarida vujudga keladigan ba’zi bir favqulodda vaziyatlar va hodisalar, ba’zi
bir hayvonot turlarining bir joydan ikkinchi joyga. ko’chib borishi va hokazolar, ekologik
7
muammo bo’la oladi.
Ekologik muammolarni ko’lami va dolzarbligiga qarab 3 guruhga ajratish mumkin.
1.
Umumbashariy (global) ekologik muammolar. Bu guruhga ozon qatlamining
siyraklanishi, “Atmosferaning dimiqishi”, chuchuk suv muammolari misol bo’la oladi.
2.
Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Bu guruhga Orol dengizining
qurib borishi, Arnasoy ko’llari atrofidagi ekologik muammolar, Sarez ko’li muammosi va
boshqalar misol bo’la oladi.
3.
Mahalliy (lokal) ekologik muammolar. Bu guruhga sanoat korxonalari
joylashgan mintaqalarda (masalan, Navoiy, Angren, Olmaliq, Chirchiq va b.) tabiatni muhofaza
qilish muammolari, suv tanqisligi muammolari, chiqindilar, pestisidlar, gerisidlar va boshqa
kimyoviy moddalar bilan bog’liq agrosanoat ekologik muammolari misol bo’la oladi.
“Ekologiya” yunoncha so’z bo’lib, “oykos”–uy va “logos”–fan, ta’limot degan
ma’nolarni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olimi Ernest Gekkel
“Organizmlar marfologiyasining umumiy prinsiplari” asarida izohlab bergan edi. E.Gekkel
“umumiy ekologiya” ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro aloqalarini va ta’sirini
o’rganadigan fan deb, ta’riflagan edi.
Umumiy ekologiya biologiya fanining bir bo’lagi bo’lsa-da, ammo botanika, zoologiya
nisbatan yangi fan bo’lib, u XX asrning boshlarida rivojlana boshladi.
Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti va ulariing o’zi yashab turgan muhit
bilan o’zaro murakkab munosabatlari, hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni
o’rganadi. Ya’ni tirik mavjudot va uning ma’lum hududiga mos keladigan muhitlaridan iborat
tizimlar tabiatini tadqiq yetadi. Bu esa ekologik tizimlar yoki ekotizimlar deb ataladi.
Populyasiyalar, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar
ekologiya fanining asosiy tushunchalari va manbalari hisoblanadi. Shuning uchun umumiy
ekologiya 4 bo’limga bo’lib o’rganiladi.
1.
Autekologiya
2.
Populyasiyalar ekologiyasi
3.
Sinekologiya
4.
Biosfera
1. Autekologiya (“autos”– yunoncha so’z bo’lib, “o’zi” degan ma’noni bildiradi) ayrim
turlarning yashab turgan muhiti bilan o’zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga ko’proq
va uzviy moslashganini o’rganadi.
2. Populyasiyalar ekologiyasi (“populyasion”– fransuzcha so’z bo’lib, “aholi” degan
ma’noni bildiradi) populyasiyalar tuzilmasi va dinamiqasi. ma’lum sharoitda turli organizmlar
sonining o’zgarishi (biomassa dinamiqasi) sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya ("sin"– yunoncha so’z bo’lib, “birgalikda” degan ma’noni bildiradi)
biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simliklar va hayvonot turlarining o’zaro
aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.
4. Ekotizmlarni tadqiq qilish va ularning rivojlanishi biosfera (yunoncha “bios”–hayot,
“sfera”–shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni
Er qobig’idagi barcha mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi. Ushbu ta’limotning asoschisi
akademiq V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi.
Ekologiya fanining rivojlanishiga taniqli olimlar YA.N.Pavlovskiy, V.L.Sukachev,
S.I.Vavilov, K.A.Timiryazev va xususan V.I.Vernadskiy salmoqli hissa qo’shganlar.
Ingliz olimi Ch.Darvin (1809-1885)ning “Tirik organizmlarning yashash uchun kurash"
qonuni ekologiya fanining negizini tashkil yetadi.
Tabiiy muhitda tirik organizmlarning issiqlikka, namlikka, bosim va qurg’oqlikka
moslanishi va turlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatlari asosida vujudga keladigan
o’zgarishlar ushbu qonunning negizi (asosi) hisoblanadi.
Rus olimi, Moskva Davlat Universiteti professori K.F.Rul`e (1814-1858) tirik
organizmlarning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini “tabiat qonuni” yoki “munosabat
qonuni” deb atagan edi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Markaziy Osiyo,
shuningdek O’zbekiston tabiatini, o’simliklar va hayvonot dunyosini o’rgangan olimlar
D.N.Kashkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.M.Muhammadiev va boshqalarning ilmiy
8
maktablari, shogirdlari bilan birga olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari
ekologiyaning yanada rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “ekologiya” va “ekonomiqa” atamalari bir ildizli
yunoncha so’zlardir. Agar “oykos”-uy, ro’zg’or, xo’jalik bo’lsa, “nomos”-qoida, qonun
demakdir. “Ekonomiqa” (iqtisodiyot fani)–uy–ro’zg’or xo’jaligini boshqarish san’atidir.
Demak, “ekologiya” fani “iqtisodiyot” faniga chambarchas bog’liqdir. Bundan tashqari,
ekologiya fani fizika, matematika, kimyo, biologiya, fiziologiya, mineralogiya, geografiya,
metrologiya, tibbiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liq fandir.
Oxirgi 20-25 yil davomida insonning atrof-muhitga bevosita ta’siri tufayli ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlar tubdan o’zgarib, sohalar ekologiyasi (ijtimoiy ekologiya, iqtisodiy
ekologiya, suv ekologiyasi, energetika ekologiyasi, qurilish ekologiyasi, sanoat ekologiyasi va
hokazolar) vujudga keladi. Lekin ekologiya fanini o’rganmasdan, sanoat ekologiyasini o’rganib
bo’lmaydi.
“Ekologiya” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Hayot jarayoni qonuniyatini o’rganish, shuningdek, insonning tabiiy tizimlarga va
biosferaga ko’rsatayotgan ta’sirini bir butun holda o’rganish.
2. Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqarish, inson
faoliyati tufayli o’zgargan tabiatdagi jarayonlar va o’zgarishlarni oldindan bashorat qilish,
ularni boshqarish va inson uchun eng qulay muhitni saqlash.
Z. Populyasiyalar sonini boshqarish, ya’ni kimyoviy moddalardan oqilona foydalanish.
4. Ekologik-huquqiy qonun-qoidalarni o’rganish va ularga qat’iy rioya qilish.
5. Zararli chiqindilar, ularni zararsizlantirish yoki qayta ishlov berish yo’llarini
ko’rsatish.
Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi.
Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - chaqmoq
chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada
uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida
yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi.
Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng
ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga
tog`ri keladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi,
ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz orasida "Suv
yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli
oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga
chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz
qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga
chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan oshib
ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib
bormoqda.
Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik
(litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib
chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish
yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan
ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari,
mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va
chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining
yomonlashuviga olib kelmoqda.
Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va uy-
ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida ifloslanmoqda.
Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. Bunday holatlar dunyoda
aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr,
Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda.
Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan
qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va
9
halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda. Hozirgi vaqtda O`rta,
Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika
qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan.
Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli
ifloslanmoqda.
Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi neft pardasi
bilan qoplanganganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri
demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga to`sqinlik qiladi,
suvning bug`lanishini va kislorod bilan to`yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar
rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy
qismlari eng ko`p iflos ifloslangan.
Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari,
transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong`inlar tufayli
ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar
atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari
(SO
2
) salmog`ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi.
Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan: "Dahshatli termoyadro
qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo`q qilib yuborish xavfini
tug`dirmaydimi?” – deb so`raganlarida, u: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari
emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf tug`diradi, ya`ni iqlimning global miqyosda isib
borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi.
Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli,
qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi
natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z navbatida, bu iqlimning o`zgarib
borishiga, sayyoramiz qutblari va baland tog`lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab
borishiga olib kelishi mumkin.
Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni
qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko`p chiqarib yuborilishi
natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi
kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning
Antarktidaga tutash hududlari, so`nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida
ham kuzatila boshlandi.
Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi
munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog`liq. Demak, insoniyat
oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bo`lish vazifasi turadi.
Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo`llarini izlash va bu
murakkab muammolarni hal qilishga undaydi.
Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yo`llari ishlab chiqilgan. Ulardan
birinchisi – atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yo`l bermaslik choralarini
ko`rishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg`ilarni
ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan
yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo`llardan foydalanish lozim.
Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay oladigan
yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan ishlab chiqarish
tizimlarini joriy qilishdir.
Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish
tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari qatoriga
issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-qog`oz, sement kabi
sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning ko`pchilik yetakchi induatrial
mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam
o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday
tamoyillarga mustaqillik yillarida O`zbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi.
So`nggi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gaz-
kimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik
sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi.
10
Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha foydalanish, atrof-muhitning
ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora betoblik girdobiga
boshlamoqda. Bu, o`z navbatida, jamiyat oldiga qarshi choralarni ko`rishdek murakkab
vazifalarni qo`ymoqda.
Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda, bizni
o`rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog`lomlashtirishga, tabiiy resurslardan
samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar majmuasidir. Odatda, bunday
siyosat davlat, regional va global doirada olib borilishi mumkin va o`zida tabiatni muhofaza
qilishning huquqiy asoslari (qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni ko`zda tutadi.
Keyingi o`n yilda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari, ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni sog`lomlashtirishga qaratilgan zaruriy-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul qildilar va amaliyotda qo`llay boshladilar.
Ularda ekologiyani sog`lomlashtirishga bel bog`lagan xalq harakati va partiyalar
(masalan, "Yashillar”, "Grinpis” va boshqalar) faol ish olib bora boshladi. Natijada, o`tgan 80-
yillar monaynida, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitning ifloslanish
darajasi sekin-asta pasayib bordi. Bu ijobiy holatni aynan ana shunday harakatlarning natijasi,
deb baholamoq kerak.
Shunga qaramay, ko`pchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat hamon keskinligicha
qolmoqda. Keng doirada amaliy natijalarga erishish uchun butun jahon doirasida kuchlarni
birlashtirish zaruriyati mavjud. Shu maqsadda 1972-yilda Stokgolmda, 1975-yilda Xelsinkida,
1992-yilda Rio-de-Janeyroda, 1998-yilda Kiotoda atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro
anjumanlar bo`lib o`tdi va ularda muhim qarorlar qabul qilindi.
Muhim tomoni shunchaki, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiyani
sog`lomlashtirish muammolarini hal qilishda BMT va uning ko`plab bo`limlari faol ish olib
bormoqda. Jumladan, BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (YUNEP) dir. Bu dastur
atrofida shakllangan rasmiy idoralar turli mamlakatlarda bu sohada olib borilayotgan ishlarni
muvofiqlashtirib turadi, mamlakatlarda to`plangan tajribalarni umumlashtiradi, istiqbolli
ishlarni qo`llab-quvvatlaydi. YUNEPning bosh irodasi Nayrobi (Keniya) shahrida joylashgan.
Atrof-muhitni sog`lomlashtirishda, ekologik muammolarni ijodiy hal qilishda
jamoatchilikning ham katta xizmat qilishi kutiladi. Aynan shu maqsadda O`zbekistonda
jamoatchilik asosida "Ekosan” harakati tashkil topdi. U nafaqat O`zbekistonda, balki butun
Markaziy Osiyo mintaqasida tabiatni muhofaza qilish, aholi yashash muhitini sog`lomlashtirish
yo`lida harakat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |