6
1998-2001 yillarda Toshkent shahrida yiliga 7 ming tonna atrofida
sanoat chiqindilari hosil
bo'lgan. 2002 yildan boshlab sanoat chiqindilari miqdori keskin ortdi. Bu bir tomondan,
korxonalarning iqtisodiy faolligini ortishi bilan,
ikkinchi tomondan esa, sanoat chiqindilarini
hosil bo'lishi, to'planishi, saqlash va utilizatsiyalashni hisobga olishning yaxshilanishi bilan
bog'liq.
20-asrning
oxirlariga kelib, Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va tashib ketish
bilan bog'liq juda og'ir vaziyat yuzaga keldi. Avvaldan mavjud tartibga ko'ra, bu vazifani o'rta
va kichik (1,5-3 tonnali) yuk mashinalari bilan amalga oshirilar, bu esa juda samarasiz edi.
Kommunal tizim xodimlarining sa'yi-harakatlariga
qaramasdan, qattiq maishiy chiqindilarni
yig'ish va tashib ketish muammosi dolzarbligicha qolaverdi. Bu muammo chiqindilarni yig'ish
va tashish uchun zarur maxsus mashinalarni yetishmasligiga ham bog'liq edi. Mashinalarning
eskiligi va butlovchi qismlarni yetishmasligi sababli hosil bo'layotgan maishiy chiqindilar o'z
vaqtida olib ketilmas edi.
Shuningdek, chiqindilarni tarkibiga ko'ra ajratib yig'ish va qayta
ishlash ham tashkil etilmagan edi. Shaharda hosil bo'lgan chiqindilar Ohangaron, Hasanboy va
Zangiota yo'lidagi axlatxonalarga tashlanar edi. Hasanboy va Zangiota yo'lidagi axlatxonalar
turar joylarga yaqinligi sababli aholining noroziligiga sabab bo'layotgan edi.
O'zbekistondagi
ekologik muammolar
Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo'lib, kelajakda
dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq - ovqat sanoati, transport majmuini
yanada rivojlantirish ko'zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi
Respublikada ijtimoiy - ekotizmlarning holatiga muayyan darajada salbiy ta`sir ko'rsatadi.
Respublikada keskin bo'lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza
qilishga oid muammolar
quyidagilar:
1. Yirik hududiy - sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren -olmaliq Chirchiq,
Farg'ona- Marg'ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari.
Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan
turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda.
2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.
3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisetlar va mineral o'g'itlar bilan ifloslanishi
ham muammolardan biridir.
4. O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish
va qayta tiklash muammolari,
qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish .
Do'stlaringiz bilan baham: