52
Ikkinchidan,
o„tish davrida davlat bosh islohotchi bo„lishi lozim. U islohotlarning
ustuvor yo„nalishlarini belgilab berishi, o„zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni
izchillik bilan o„tkazishi shart.
Uchinchidan,
qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo„lishi lozim.
Buning
ma‟nosi shuki, demokratik yo„l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va
qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og„ishmay rioya etishi
lozim.
To„rtinchidan,
aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy
siyosat o„tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash
yuzasidan oldindan ta‟sirchan choralar ko„rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti
yo„lidagi eng dolzarb vazifa bo„lib keldi va bundan keyin ham shunday bo„lib qoladi.
Beshinchidan,
bozor iqtisodiyotiga o„tish obyektiv iqtisodiy
qonunlar talablarini
hisobga olgan holda, yaqin o„tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz, ya‟ni
evolutsion yo„l bilan puxta o„ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Ana shu muhim qoidalar O„zbekistonning Mustaqil rivojlanish va taraqqiyot
yo„liga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o„tish davrining negizini tashkil etdi. O„tgan
davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo„lidan
izchil harakat
qilishni ta‟minladi.
O„zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o„tish
haqidagi tamoyili vaqt o„tgani sayin o„zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini
ko„rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular
iqtisodiy islohotlarning
butun ichki mantiqini, rivojlanish yo„lini va xarakterini
belgilab berdi.
Darhaqiqat, O„zbekistonning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o„tishi bir
tomondan, avvaldan meros bo„lib qolgan barcha ijobiy tajribalarni chuqur
o„zlashtirish imkonini berdi, ikkinchi tomondan esa isloh qilishning asosiy
bosqichlarini aniq ajratib berdi. Bu bosqichlarning
har biri uchun konkret
maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishga sharoit yaratdi. Aniqrog„i, bu
tamoyil «yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik» haqidagi xalqning dono fikriga
asoslanganini ko„rsatadi.
Xususan, jahon jamoatchiligi tomonidan atroflicha o„rganilayotgan «O„zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo„lida» kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh
qilishga doir beshta tamoyil ahamiyatiga yana bir bor to„xtaladi. Xususan, bozor
munosabatlariga bosqichma-bosqich o„tishning O„zbekiston uchun naqadar
afzalliklariga alohida urg„u beradi. Jumladan, «bir
bosqichni tamomlagandan
keyingina, zarur shart-sharoitlarni yaratib, yangi bosqichga o„tish mumkin, – deydi
I.A.Karimov. Har bir bosqichda tafakkurimizni o„stirib, erishilgan real natijalar bilan
odamlarni yangi tuzumning afzalligiga ishontiribgina islohotlarni oxirigacha amalga
oshira olamiz. Iqtisodiy strukturasi rivojlangan, samarali ijtimoiy munosabatlarga ega
bo„lgan jamiyatni qura olamiz.
53
Hozir biz kerakli yondashuvlarni,
zarur ish maromini topdik, muayyan foydali
tajriba orttirdik.
Dastlabki yakunlarni chiqarish, navbatdagi bosqichning vazifalari va ustuvor
yo„nalishlarini belgilash zarur». Shuning uchun I.A.Karimov ushbu kitobning
ikkinchi qismida mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar –
xususiylashtirish
va
raqobatchilik
muhitini
shakllantirish
jarayonlarini
chuqurlashtirish, makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustah-
kamlash, ijtimoiy kafolatlari kuchli bo„lgan demokratik davlatni shakllantirish
vazifalarini belgilab beradi.
Jumladan, uning fikricha, mazkur masalaning ustuvor yo„nalishlari quyidagicha
bo„lmog„i lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: