Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«buguni va kelajagini 
o„z qo„li bilan bunyod etayotgan millionlab vatandoshlarimizning irodasi, aql-
zakovati va fidokorona mehnati»
bilan bog„lash mumkin. Jumladan, jamiyatdagi 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, hududiy daxlsizlik va milliy 
xavfsizlik, tarixiy, milliy va axloqiy qadriyatlar hamda an‟analarning tiklanishi, 
iqtisodiy taraqqiyot, shaharsozlik sohasidagi olamshumul o„zgarishlar, siyosiy 
hayotning erkinlashuvi, mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasidagi 
amaliy qadamlar islohotlardagi izchillik samarasi deyish mumkin. Ushbu fikrning 
tasdig„i sifatida Prezident I.A.Karimovning 2003-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2004-yil iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy 
yo„nalishlariga bag„ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida qilgan ma‟ruzasidagi 
quyidagi xulosani keltirish o„rinlidir: «O„tgan yil yakunlarining asosiy ko„rsat-
kichlarini chuqur va atroflicha tahlil qilar ekanmiz, quyidagi mulohaza va xulosalarni 
chiqarishimiz zarur, deb o„ylayman. 
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o„sish sur‟atlarining 
izchilligi ta‟minlanmoqda. Keyingi olti yil davomida yalpi ichki mahsulotning o„sish 
sur‟atlari har yili muntazam ravishda 4 foizdan ko„proq oshmoqda. 
O„tgan yili bu ko„rsatkich 4,4 foizni tashkil etdi. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, O„zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi 
davlatlari orasida 2001-yildayoq islohotlar boshlangan 1990-yilga nisbatan yalpi ichki 
mahsulot hajmini oshirishga erishgan yagona mamlakatdir». 
Ma‟lumki, har qanday jamiyat hayotida ro„y beradigan tub o„zgarishlar eng avvalo 
uning iqtisodiy jabhalarida yaqqol ko„zga tashlanadi. Chunki iqtisodiy munosabatlar 
jamiyatdagi siyosiy, ma‟naviy, ijtimoiy jarayonlar va voqeliklarning uzviyligini, 
aloqadorligini ta‟minlaydi. Tom ma‟nodagi iqtisodiy taraqqiyotga erishish pirovardda 
jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy va ma‟naviy barqarorlikning shakllanishiga olib keladi. 
Shu ma‟noda ham O„zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni ta‟minlash, moddiy 
farovonlikka erishish masalalari har doim ustuvor jabha sifatida qaralib kelinmoqda. 


55 
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi davrida iqtisodiy barqarorlikka erishish, 
mamlakat iste‟mol bozorlarini to„ldirish, milliy ishlab chiqarishni rag„batlantirish 
masalalariga katta e‟tibor qaratilib kelingan bo„lsa, 1995–2000-yillarga kelib import 
o„rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarini keng jalb qilish, 
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo qilish bilan bog„liq tadbirlar asosiy o„rinni 
egalladi. 
2000–2006-yillarda esa iqtisodiyotdagi umumiy holatning keskin o„zgarganligiga 
guvoh bo„lmoqdamiz. Chunonchi, endi asosiy e‟tibor milliy eksport salohiyatini 
oshirish, mahalliy resurslarga tayangan holda ishlab chiqarish pirovardini tashqi va 
ichki bozorlarga yo„naltirish kabilarga qaratilmoqda. Bu borada, ayniqsa, kichik va 
o„rta biznes tuzilmalari iqtisodiyotning eng harakatchan, faol, shu bilan birga 
istiqbolli qatlamlari sifatida e‟tirof etilmoqda. Ayni paytda O„zbekiston 
taraqqiyotining asosi bo„lmish xususiy va milliy investitsiya oqimlarining vujudga 
kelishi kichik va o„rta biznes tuzilmalarining bundan keyingi faoliyatiga bevosita 
bog„liq sanaladi. Shu jihatdan ham Prezident I.A.Karimov 2006-yil yakuniga bag„ish-
langan ma‟ruzasida muhim ustuvor yo„nalish sifatida iqtisodiyotda tarkibiy 
o„zgarishlarni amalga oshirish, uni erkinlashtirish, xususiylashtirish jarayonlarini 
yanada chuqurlashtirish, xorijiy sarmoyalarning faol ishtirokini ta‟minlash, kichik va 
o„rta biznesga aholi farovonligi va daromadlari o„sishining, mamlakatda ishsizlik 
muammosini kamaytirishning yechimi sifatida qarash, boshlangan islohotlarni 
rivojlantirish, ularni mantiqiy davom ettirish ekanligiga alohida e‟tibor berdi. 
Chunonchi, Prezident I.Karimovning 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish