Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an‟analari va madaniyatining



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an‟analari va madaniyatining 
qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma‟naviy axloqiy kamol topishini 
ta‟minlashi mumkin»,
– deb qat‟iy ko„rsatib bergan edi. 
I.A.Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur 
tahlil qilib, O„zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining 
o„zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o„rtaga tashladi: 
Birinchidan,
iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u 
biror mafkuraga bo„ysundirilishi mumkin emas. Buning ma‟nosi shuki, iqtisodiyot 
siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni 
mafkuradan holi qilish kerak. 


52 
Ikkinchidan,
o„tish davrida davlat bosh islohotchi bo„lishi lozim. U islohotlarning 
ustuvor yo„nalishlarini belgilab berishi, o„zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni 
izchillik bilan o„tkazishi shart. 
Uchinchidan,
qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo„lishi lozim. Buning 
ma‟nosi shuki, demokratik yo„l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va 
qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og„ishmay rioya etishi 
lozim. 
To„rtinchidan,
aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy 
siyosat o„tkazish. 
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash 
yuzasidan oldindan ta‟sirchan choralar ko„rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti 
yo„lidagi eng dolzarb vazifa bo„lib keldi va bundan keyin ham shunday bo„lib qoladi. 
Beshinchidan,
bozor iqtisodiyotiga o„tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini 
hisobga olgan holda, yaqin o„tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz, ya‟ni 
evolutsion yo„l bilan puxta o„ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Ana shu muhim qoidalar O„zbekistonning Mustaqil rivojlanish va taraqqiyot 
yo„liga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o„tish davrining negizini tashkil etdi. O„tgan 
davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo„lidan izchil harakat 
qilishni ta‟minladi. 
O„zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o„tish 
haqidagi tamoyili vaqt o„tgani sayin o„zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini 
ko„rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular 
iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo„lini va xarakterini 
belgilab berdi.
Darhaqiqat, O„zbekistonning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o„tishi bir 
tomondan, avvaldan meros bo„lib qolgan barcha ijobiy tajribalarni chuqur 
o„zlashtirish imkonini berdi, ikkinchi tomondan esa isloh qilishning asosiy 
bosqichlarini aniq ajratib berdi. Bu bosqichlarning har biri uchun konkret 
maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishga sharoit yaratdi. Aniqrog„i, bu 
tamoyil «yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik» haqidagi xalqning dono fikriga 
asoslanganini ko„rsatadi. 
Xususan, jahon jamoatchiligi tomonidan atroflicha o„rganilayotgan «O„zbekiston 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo„lida» kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh 
qilishga doir beshta tamoyil ahamiyatiga yana bir bor to„xtaladi. Xususan, bozor 
munosabatlariga bosqichma-bosqich o„tishning O„zbekiston uchun naqadar 
afzalliklariga alohida urg„u beradi. Jumladan, «bir bosqichni tamomlagandan 
keyingina, zarur shart-sharoitlarni yaratib, yangi bosqichga o„tish mumkin, – deydi 
I.A.Karimov. Har bir bosqichda tafakkurimizni o„stirib, erishilgan real natijalar bilan 
odamlarni yangi tuzumning afzalligiga ishontiribgina islohotlarni oxirigacha amalga 
oshira olamiz. Iqtisodiy strukturasi rivojlangan, samarali ijtimoiy munosabatlarga ega 
bo„lgan jamiyatni qura olamiz. 


53 
Hozir biz kerakli yondashuvlarni, zarur ish maromini topdik, muayyan foydali 
tajriba orttirdik. 
Dastlabki yakunlarni chiqarish, navbatdagi bosqichning vazifalari va ustuvor 
yo„nalishlarini belgilash zarur». Shuning uchun I.A.Karimov ushbu kitobning 
ikkinchi qismida mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar – 
xususiylashtirish 
va 
raqobatchilik 
muhitini 
shakllantirish 
jarayonlarini 
chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustah-
kamlash, ijtimoiy kafolatlari kuchli bo„lgan demokratik davlatni shakllantirish 
vazifalarini belgilab beradi. 
Jumladan, uning fikricha, mazkur masalaning ustuvor yo„nalishlari quyidagicha 
bo„lmog„i lozim: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish