Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

To„rtinchidan,
O„zbekistonning bozor munosabatlariga o„tishida ijtimoiy ong, 
ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham ko„rsatib berildi. 
Chunki, sho„rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tushunchasi, ya‟ni yaxshi 
ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat bari bir boqadi, degan fikr shakllanib, 
boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuyg„usidan uzoqlashgan edi. 
Bu, albatta, kishilarning mehnatga intilishini so„ndirar, ish natijasi uchun 
mas‟uliyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatar edi. Ularda boqimandalik, tekinxo„rlik illatlarini 
chuqurlashtirar edi. Shuning uchun, bozor munosabatlariga o„tishda odamlardagi 
mana shu kayfiyatni e‟tiborga olish kerak, deb hisoblandi. Islohotlar davrida 
xususiylashtirish jarayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini 
shakllantirish sari dadil qadamlar qo„yilishi mana shu omildan kelib chiqqan 
xulosadir. 
Beshinchidan,
hukumat mustaqil O„zbekiston siyosatini belgilashda islom diniga 
munosabatni tubdan o„zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi. Chunki din turmush 
tarzimizga o„chmas muhrini bosgan. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi 
siyosatimizda, ayniqsa, musulmon davlatlari bilan o„zaro aloqalarimizni 
kengaytirishda katta ahamiyatga ega, – deb ko„rsatadi. 
Oltinchidan,
O„zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini 
himoya qilish va ta‟minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma‟naviy hamda ishlab 
chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma 
gap ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishda edi. 
Ushbu xulosalar I.A.Karimov tomonidan muntazam to„ldirilib, qadam-baqadam 
yangi qoida va yo„l-yo„riqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992-yil avgust oyi 
oxirida O„zbekiston Mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning 
«O„zbekistonning o„z istiqlol va taraqqiyot yo„li» nomli O„zbekiston mustaqilligining 
nazariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu risola keng 
jamoatchilik tomonidan ma‟naviy hayotdagi yangilik va muhim qo„llanma sifatida 
kutib olindi. Unda O„zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari 
ilmiy jihatdan o„rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, 
ma‟naviy poklanishining asosiy yo„l-yo„riqlari yangicha mushohada va yondashuv 
bilan ko„rsatib berildi. 
Ma‟lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan 
ikkinchi bir holatga o„tish jarayoni bir necha muhim ijtimoiy muammolar bilan uzviy 
bog„liq.
Bular: 
– davlatning islohotlarni o„tkazishdagi rahnamolik roli; 
– jamiyatning moddiy, ma‟naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini safarbar etish; 
– o„rta hol sinfni shakllantirish; 
– xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir. 
Ta‟bir joiz bo„lsa, bu omillarning bosqichma-bosqichligi, ularning ahamiyati, 
shuningdek, ulardan alohida, har birining va barchasi bir butun bo„lgan holatda 
beradigan samaradorligi har xil sabablarga bog„liq.


50 
Lekin, o„tish davrining eng muhim omili, bu kuchli davlatni barpo etishdir. 
Bunday davlatsiz mavjud ijtimoiy imkoniyatlarni safarbar etish ham, o„rta hol sinfni 
shakllantirish ham, xalqaro munosabatlarda muvaffaqiyatlarga erishish ham mumkin 
emas. 
I. Karimov O„zbekistonning o„z istiqlol va taraqqiyot yo„lini ishlab chiqar ekan, 
avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e‟tibor berdi va 
uning fikricha, O„zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha «izm»lardan va u 
qanday nomlanishidan qat‟i nazar adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo„lmog„i 
lozim edi. 
Shuning uchun ham, respublika ichki va tashqi siyosatining asosiy yo„nalishlari 
pirovard natijada chinakam mustaqil O„zbekistonda yangi, adolatli jamiyat barpo 
etishga qaratildi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish