Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Beshinchidan
, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo„li bilan aholi 
bandligi masalalarini hal qilish; 
Oltinchidan
, bank-moliya tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
kengaytirish; 
Yettinchidan
, kommunal tizim sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishdan 
iborat, deb belgilab berildi. 
Umuman, o„tgan davr mobaynida milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uni tubdan 
isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining eng muhim omili va asosini 
tashkil etganini alohida ta‟kidlash zarur. Bu borada, avvalo respublika va aholi 
ehtiyojini, birinchi navbatda yoqilg„i-energetika resurslari, iste‟mol va oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo„lgan talabni ishonchli tarzda qondirishdek dolzarb hayotiy vazifa 
turar edi. 
Mustaqillikning dastlabki kunidanoq, yurtimizda yoqilg„i-energetika va g„alla 
mustaqilligiga erishish muhim strategik vazifa sifatida kun tartibiga qo„yildi. Bu 
o„rinda avvalo, neft va gaz kondensati bo„yicha aniqlangan ulkan sanoat zaxiralariga 
ega bo„lganiga qaramasdan, ilgari iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojini qondirish 
uchun yiliga 6-7 million tonna neft va neft mahsulotlarini chetdan keltirish va buning 
uchun katta miqdordagi valyuta resurslarini sarflashga majbur bo„lar edi. 
Bu jiddiy muammoni hal etish maqsadida qisqa fursat ichida O„zbekistondagi 
uglevodorod xomashyosini qazib olish va qayta ishlash bo„yicha maqsadli dasturlar 
qayta ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Yangi neft-gaz konlarini aniqlash, neft va 
tabiiy gazni qazib olish uchun zarur bo„lgan investitsiyalar topildi, jumladan, xorij 
sarmoyasi jalb etildi. Buxoroda neftni qayta ishlaydigan yangi zamonaviy zavod 
barpo qilindi. Farg„ona va Oltiariqdagi neftni qayta ishlash zavodlari modernizatsiya 
va rekonstruksiya qilindi, ularning barqaror va ishonchli faoliyat ko„rsatishi uchun 
shart-sharoit yaratildi. 
Shuningdek, o„zining ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatiga ko„ra o„xshashi 
bo„lmagan Sho„rtan gaz-kimyo majmuasi kabi noyob inshoot barpo etildi. Ushbu 
korxonada tayyorlanayotgan suyultirilgan gaz, turli markadagi polietilen va boshqa 
mahsulotlarga nafaqat mamlakatimiz, balki chet ellarda ham talab katta ekanini qayt 
etish lozim.
Mustaqillik yillarida ana shunday yirik korxonalarning qurilishi va rekonstruksiya 
qilinishi natijasida hozirgi vaqtda yurtimizda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 
1990-yilga nisbatan 3 barobar ortdi. Bugungi kunda O„zbekiston bu borada 
mamlakatning va aholining o„sib borayotgan ehtiyojlarini ta‟minlash bilan birga, 
eksport hajmini ham ko„paytirishga erishdi. 
Asaka va Samarqand shahrilarida avtomobil zavodlarini barpo etilgani tufayli 
mustaqillik yillarida avtomobillar soni keskin oshdi va har yuz oilaning avtomobil 
bilan ta‟minlanish darajasi 6 barobar o„sdi. O„z-o„zidan ayonki, respublikamizda 
benzin va yoqilg„i moylash mahsulotlariga bo„lgan talab ham shunga mos ravishda 
o„sib bormoqda. 


315 
Aynan neft va neft mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish hisobiga bugun 
respublikamizning rivojlanayotgan sanoati va aholining keskin o„sib borayotgan mana 
shunday talab va ehtiyojlarini ta‟minlashga erishilmoqda. 
2008-yil 9-fevral Vazirlar Mahkamasida 2007-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor 
vazifalarini belgilab olishga bag„ishlangan yig„ilish bo„ldi.
Unda Prezident I.Karimov shu mavzuda ma‟ruza qildi. Majlisda qayd qilindiki
2007-yilda iqtisodiyotning yuqori barqaror o„sish sur‟atlari va makroiqtisodiy 
barqarorligi ta‟minlandi, iqtisodiyotni tarkibiy o„zgartirish, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ishlari davom ettirildi. 
Mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 9,5 foizga o„sdi, sanoat mahsuloti ishlab 
chiqarish hajmining o„sish sur‟atlari 12,1 foizni, qishloq xo„jaligi bo„yicha – 6,1 
foizni, qurilish ishlari bo„yicha – 15,7 foizni, chakana tovar aylanmasi bo„yicha – 21,0 
foizni, pullik xizmatlari ko„rsatish bo„yicha – 20,6 foizni tashkil qildi. Davlat budjeti 
profitsit bilan ijro etildi, inflatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz ko„rsatkichdan 
oshmadi. 
Qishloq xo„jaligini isloh qilish bo„yicha aniq maqsadga yo„naltirilgan ishlar 
natijasida fermer xo„jaliklari qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga 
aylandi. Qishloq bozor infratuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq xo„jaligi 
ishlab chiqarishini tashkil etish va rag„batlantirish sifat jihatdan yangi tamoyillar 
asosida olib borildi, tarmoqni boshqarish tamoyillari va tizimi o„zgarmoqda. 
Shuningdek, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish