birinchidan
, ichki va
tashqi sarmoyalarni jalb qilish,
ikkinchidan
, istiqbolli texnologiyalar joriy qilish va
boshqaruvga oid yangicha uslublarni tajribada qo„llash maqsadida maxsus huquqiy
tartibotga ega bo„lgan hududda xo„jalik yuritishdir. Qolaversa, bunday zonalarni
respublikada tashkil qilinishi kishilarda iqtisodiy bilimlarni kengaytirish uchun ham
kerak edi.
Erkin iqtisodiy zonalar orqali ish yuritish rivojlangan mamlakatlarda keng
tarqalgan. Masalan, Amerika Qo„shma Shtatlarida 2000 dan ortiq maxsus huquqqa
ega bo„lgan iqtisodiy zonalar mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi
mamlakatlarning iqtisodiy rivojida ham ana shunday erkin iqtisodiy zonalar salmog„i
katta. Singapurning jadal rivojlanishining asosiy sababi mamlakatni butunlay «Erkin
iqtisodiy zona» deb e‟lon qilinganidandir. Shu sabab, Singapur «Umumjahon
omborxonasi» deb ta‟riflanmoqda.
Rivojlangan G„arb mamlakatlari ham bundan istisno emas. Ularda ayrim hudud,
shaharlar uzoq o„tmishdan hozirgacha maxsus huquqlarga ega. Erkin shahar Genuya,
Bremen, Rotterdam, Gamburg – bularning ro„yxatini davom ettirish mumkin. Bunday
hudud va shaharlar aytish mumkinki, o„sha mamlakat iqtisodining rivojlanishiga
«lokomotiv» bo„lib hissa qo„shyapti.
Keyingi yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligiga kiruvchi mamlakatlarda ham
erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishga intilish kuchaydi. Jumladan, Rossiyada,
Qozog„istonda va boshqa mamlakatlarda shunday zonalar barpo qilindi.
Shu maqsadda O„zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar haqidagi Qonun loyihasi
tayyorlandi. Loyihani tayyorlash mobaynida yuqorida zikr etilgan mamlakatlar qonun
va boshqa me‟yoriy hujjatlari har tomonlama o„rganildi. Xorij tajribalariga suyanib
erkin iqtisodiy zonalarni bir necha guruhga, ya‟ni: erkin savdo, erkin ishlab chiqarish,
erkin ilmiy-texnik va boshqa zonalar tarzida tuzilishi qonun loyihasiga kiritildi va u
1996-yil 26-aprelda Oliy Majlisning V sessiyasida qabul qilindi.
1995–1998-yillarda eksport tarkibida ham sezilarli o„zgarishlar ro„y berdi. Agar
1995-yilda paxta tolasi eksportning 50 foizini tashkil qilgan bo„lsa, 1998-yilda uning
ulushi 43 foizgacha kamaydi. Ayni paytda tayyor mahsulotlar ulushi 17 foizdan 25
foizgacha, mashina va uskunalar ulushi 2 foizdan 4 foizgacha, xizmatlar ulushi 8
307
foizdan 9 foizgacha ortdi. Import tarkibidagi xuddi shunday o„zgarishlar mustaqil
davlat iqtisodiyotining qad ko„tarish jarayonini yaxshi aks ettiradi. Agar ilgari asosiy
import qilinadigan mahsulotlar oziq-ovqat (1994-yilda 34,7 %) va yoqilg„i (24,2 %)
bo„lsa, hozirgi paytda oziq-ovqat importi ikki barobar qisqardi (1998-yilda 15,2
foizgacha), yoqilg„i importi esa deyarli umuman to„xtatildi. Mamlakat don va yoqilg„i
mustaqilligiga erishdi, ushbu strategik tovarlarga bo„lgan ehtiyoj endilikda uning o„z
ishlab chiqarishi hisobiga qoplanmoqda. Natijada bo„shagan valyuta mablag„lari
iqtisodiyotni rivojlantirishga, import o„rnini bosuvchi va eksportga mo„ljallangan
ishlab chiqarishlarni barpo etishga, zamonaviy uskuna va texnologiyalar sotib olishga
qaratildi. Shunga muvofiq ravishda, import tarkibida mashina va uskunalar ulushi shu
davrning ichida 15,9 foizdan 47,3 foizgacha oshdi.
2007-yilga kelib mamlakatimiz 80 dan ortiq jahon mamlakatlari bilan savdo qiladi.
Tashqari savdo muomalasi o„sib, 1998 yilda 9 mlrd. dollardan oshib ketdi, bu esa
1994-yildagidan taxminan ikki barobar ortiq. Tashqi savdoning jug„rofiy tarkibi ham
o„zgarib bormoqda: agar 1994-yilda tovar muomalasining 58 foizi sobiq sovet
respublikalariga to„g„ri kelgan bo„lsa, 1998-yilda ularning ulushi faqat 27 foizni
tashkil qildi.
Respublika makroiqtisodiy barqarorlikka birinchilardan bo„lib erishdi. 1996-
yildayoq yalpi ichki mahsulot 1,7 foiz, 1997-yilda u 5,2 foiz, 1998-yilda esa 4,4 foiz
ko„paydi.
Xuddi shunday o„sish keyingi yillarda ham kuzatildi. 2005-yilning nihoyasidagi
yakunlar tahlili shuni ko„rsatmoqdaki, o„tgan yilda deyarli barcha makroiqtisodiy
ko„rsatkichlar bo„yicha prognoz hajmi va ko„rsatkichlariga erishildi, aksariyat
ko„rsatkichlarning esa sezilarli darajada oshirib bajarilishi ta‟minlandi.
2005-yilda yalpi ichki mahsulotning o„sish sur‟atlari 7 foizni, inflatsiya darajasi
esa 7,8 foizni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, jumladan, iste‟mol tovarlari ishlab chiqarish
17,7 foiz, qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish esa 6,2 foizga o„sgani
quvonchli hol, albatta.
2005-yil
davlat
budjeti
yalpi
ichki
mahsulotga
nisbatan
kutilgan
1 foiz taqchillik o„rniga 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi, uning daromad qismi esa
prognoz ko„rsatkichlaridan 39 foiz ziyod bo„ldi.
Yalpi ichki mahsulotning barqaror sur‟atda o„sib borayotgani, so„nggi 2005-2006-
yillarda bu ko„rsatkichning 7 foizdan ortayotgani, ayniqsa, diqqatga sazovor. Shuni
ta‟kidlash zarurki, O„zbekiston erishayotgan barqaror iqtisodiy o„sish sur‟atlarinint
asosiy manba va omillari tariqasida dunyo xomashyo va tovarlar, avvalo, neft va gaz
bozorlarida mavjud bo„lgan qulay konyunktura va qandaydir tashqi omillar
ko„maklashib turgani yo„q.
Iqtisodiyotimizda erishilgan natijalar negizida avvalo bozor islohotlari va
mamlakatni modernizatsiya qilishning puxta o„ylangan modeli va uzoq muddatga
mo„ljallangan dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo„yicha olib
borilayotgan tizimli, izchil va qat‟iy harakatlar turganini kuzatish qiyin emas.
308
2005-yilda iqtisodiyotimizni isloh qilishning eng muhim yo„nalishlarini quyidagi
misoldan ko„rish mumkin.
Birinchi yo„nalish – iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan izchil yangilash.
Bu boradagi harakatlar avvalo iqtisodiyotda makroiqtisodiy mutanosiblikni
ta‟minlash, iqtisodiy o„sishda yetakchi o„rin tutishi lozim bo„lgan ishlab chiqarish,
soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish, shu bilan birga, O„zbekistonning o„ziga xos
demografik xususiyatlari, bandlik, aholi daromadlarini ko„paytirish bilan bog„liq va
boshqa o„ta muhim muammolarni hal etishga qaratildi.
Mamlakatimiz uchun ustuvor bo„lgan mazkur vazifaning ahamiyatini yana shu
bilan izohlash lozimki, ichki va tashqi investitsiyalarni kiritishni talab etadigan
tarkibiy o„zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, xomashyo yetishtirishga
yo„naltirilgan bir yoqlama iqtisodiyotdan xalos bo„lish, tom ma‟nodagi iqtisodiy
mustaqillikka erishish mumkin emas.
Ko„rilayotgan qat‟iy tadbir va choralar amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning tarkibiga ijobiy ta‟sir
ko„rsatmoqda. Yetakchi sohalarimizdan bo„lmish sanoatning ulushi 2002-yildagi 14
foiz o„rniga 2005-yilda 20,7 foizni tashkil etgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
2006-yilda iqtisodiyotning o„sishi, solishtirma narxlarda olib qaraganda, 2000-
yilga nisbatan 45 foizni tashkil etdi, bunda sanoat ishlab chiqarishi 1,6 marta, qishloq
xo„jaligi 1,5 barobar, tashqi savdo aylanmasi 1,7 marta, eksport hajmi 1,9, oltin-
valyuta zaxirasi 3,7 barobar, real ish haqi esa 4 marta oshganini ko„rish mumkin. Shu
bilan birga, inflatsiyaning yillik darajasi 4 martadan ziyod pasayganini ham qayd etish
lozim.
Ayni paytda, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida ham jiddiy
yutuqlarga erishildi. Buning natijasida sanoatda mehnat unumdorligi 1,7 marta oshdi.
Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur‟atlar bilan o„sishi
an‟anaviy xomashyo tarmoqlari, jahon bozoridagi qulay konyunktura va ayrim
xomashyo turlari hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki
birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda
zamonaviy xizmat ko„rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy
tarkibiy o„zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta‟min-
lanmoqda.
2006-yilda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 14,2 foiz
o„rniga 22,1 foizni, xizmatlar ko„rsatish sohasining ulushi 30 foiz o„rniga 39,5 foizni
tashkil etdi. Qishloq xo„jaligida esa aksincha – bu ko„rsatkich pasayib, 32 foizdan 24
foizga tushdi.
Xizmat ko„rsatish sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Sohaning yalpi ichki mahsulot
tarkibidagi ulushi 38,5 foizdan oshgani, jumladan, kommunikatsiya, transport va
aloqa tarmoqlari bo„yicha xizmat ko„rsatish hajmi besh yil mobaynida bir yarim
baravar o„sgani buning yaqqol tasdig„idir.
2006-yilda yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga o„sdi. Ishlab chiqarish hajmining
sanoatda 10,8, qishloq xo„jaligida 6,2 foizga oshgani, investitsiyalarning 11,4,
309
qurilish-pudrat ishlarining 12,8, xizmat ko„rsatish sohasidagi ko„rsatkichlarning 19,5
foizga o„sgani iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari bo„lib xizmat qiladi.
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, o„tgan yilda erishilgan ana shunday o„sish
sur‟atlari va yuksak makroiqtisodiy ko„rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini
tubdan isloh qilish va yangilash bo„yicha amalga oshirilgan ko„p yillik mashaqqatli va
murakkab ishlarining mantiqiy natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va barqaror
rivojlantirishning amaliy namoyoni bo„ldi.
Ayniqsa, keyingi yillarda telekommunikatsiya aloqasi va moliya-bank tizimida
xizmatlarning yangi turlari tez sur‟atlar bilan rivojlanayotgani e‟tiborga sazovor.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va ulardan
ko„zlangan maqsadlarning bajarilishi yengil sanoatning jadal sur‟atda rivojlanishida
ham o„z ifodasini topmoqda.
Bu tarmoqlar 2005-yilda o„sish sur‟ati 2004-yilga nisbatan 12 foizni tashkil etgani,
shu jumladan, to„qimachilikda 17 foiz, tikuvchilikda 24,5 foiz, trikotaj mahsulotlari
ishlab chiqarishda 53 foiz o„sish kuzatilganini qayd etish zarur.
Zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan korxonalarning ishga
tushirilishi, xorijiy investorlar bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish
quvvatlarining tashkil etilishi, jahon bozoriga raqobatga bardoshli tayyor engil sanoat
mahsulotlarini eksport qilish hajmining sezilarli darajada ortib borayotgani –
bularning barchasi mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridir.
Eng muhimi, bunday o„zgarishlar natijasida yangi ish o„rinlari yaratilmoqda, aholi,
ayniqsa, xotin-qizlar ish bilan ta‟minlanmoqda.
2005-yilda chetga mahsulot eksport qilish hajmi 11,5 foizga o„sgani yurtimizda
amalga oshirilayotgan
islohotlar
va
iqtisodiyotni
modernizatsiya
qilishda
erishilayotgan yutuqlarning muhim natijasi desak hech qanday mubolag„a bo„lmaydi.
Ayni paytda umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi 50
foizdan oshdi.
Bu esa tashqi savdoda mustaqillik yillaridagi eng yuqori ko„rsatkich – 1,3 milliard
AQSH dollari miqdoridagi ijobiy saldoga erishish imkonini berdi. Natijada
mamlakatimizning oltin-valyuta zaxirasi 1,3 marta ko„paydi, bu esa, avvalo,
iqtisodiyotimizning tashqi bozor o„zgarishlariga barqarorligi ortib borayotganidan
dalolat beradi.
O„zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan sifat o„zgarishlarini baholash uchun
e‟tiborni yana bir misolga qaratsak.
Agarki yaqin-yaqinlargacha, ya‟ni 2000-yilda eksport tarkibida paxta tolasining
hissasi 27,5 foiz bo„lgan bo„lsa, 2005-yilda bu ko„rsatkich 19 foizni tashkil etganining
o„zi ko„p narsani bildiradi, deb aytish mumkin.
Shu davrda importning tarkibi ham o„zgarib, mamlakatga olib kirilayotgan
umumiy mahsulot hajmida texnika va uskunalar ulushi 44 foizdan ortgani ayniqsa
e‟tiborga loyiq.
310
Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlarining sifat jihatidan yuksalishi ko„p
tomondan investitsiya hajmidagi tarkibiy o„zgarishlar bilan bog„liq bo„lib, ularning
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizdan oshdi.
Markazlashtirilgan holda mablag„ bilan ta‟minlash hajmi qisqarayotgan bir paytda
korxonalar va aholining xususiy mablag„-qo„yilmalari keskin oshib bormoqda,
to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar va tijorat banklari resurslari faol jalb
etilmoqda.
Buni 2005-yilda nomarkaz investitsiya manbalari ulushi 76,6 foizni tashkil etgani,
to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi esa qariyb 1,5 barobar
ko„paygani ham ko„rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |