Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

* * * 
 
Shuni aytish kerakki, respublikada yuk va yo„lovchilarni mamlakat ichkarisida va 
tashqariga tashishni MDH, Yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy 
aloqalarni ta‟minlovchi transport tizimi shakllandi. Mustaqillik yillarida transportning 
barcha tarmoqlari jadal rivojlandi. 
O„zbekistonning bevosita ishtirokida «TransOsiyo» magistralining bir qismi 
hisoblangan, Janubi-Sharqiy Osiyoni G„arbiy Yevropa bilan tutashtiradigan va 
TransSibir Magistralidan 1500 kilometr qisqa bo„lgan Tajan – Seraxs – Mashhad 
yangi yo„li ishga tushirildi. 
O„zbekiston Milliy Aviakompaniyasi A-310, Il-86, Il-76, TU-154, «Boing» va 
boshqa shu kabi zamonaviy havo laynerlariga va mahalliy yo„llarga mo„ljallangan 
ko„p miqdordagi samolyotlarga ega. 
2007-yilga kelib O„zbekiston MDHning barcha yirik shaharlari va jahonning 
AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya 
Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur singari ellikka yaqin mamlakatlari bilan 
bevosita havo yo„llari orqali bog„landi. 
O„zbekiston energetika tizimi ko„p tarmoqli sohaga aylandi. Uning tarkibida 
loyiha, qurilish-montaj, sozlash, ta‟mirlash va energiyadan foydalanish korxonalari 
mavjud. Bugungi kunda respublikamizda 37 ta issiqlik va gidroelektrostansiyalar 
ishlab turibdi. Ular yiliga 55 milliard kilovatt-soatdan ziyodroq elektr energiyasi hosil 
qilish imkoniyatiga ega. Mamlakatimizda elektr tarmoqlarining uzunligi 228 ming 
kilometrdan ko„pdir. 
Markaziy Osiyodagi eng yirik Tolimarjon GRESi jadal sur‟atlar bilan qurilmoqda. 
Sobiq Ittifoqdagi ayrim respublikalardan farqli ravishda O„zbekistonda hosil 
qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi respublika aholisi va xalq xo„jaligi ehtiyojini 
to„liq qondirib kelmoqda. 


302 
Mustaqillik yillarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog„liq yangi institutsional 
tizimlar vujudga keldi. Jumladan, Tashqi Iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi Iqtisodiy 
faoliyat milliy banki tashkil qilindi. Bojxona xizmati butunlay yangidan tuzildi. 
O„zbekistonda tashqi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, chet ellik 
sarmoyadorlarning mamlakat hududida faoliyat ko„rsatishini rag„batlantirish va ularni 
ishonchli kafolat bilan ta‟minlash bo„yicha normativ-huquqiy zamin yaratildi. 
1992–1995-yillarda – eng og„ir sharoitlarda O„zbekistonning umumiy tashqi savdo 
oboroti qariyb 2 marta ko„paydi. MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiya 
chuqurlashdi. O„z navbatida iqtisodiy jihatdan rivojlangan uzoq xorijiy mamlakatlar 
bilan savdo hajmi va geografiyasi birmuncha kengaydi. Uzoq xorijiy mamlakatlarga 
an‟anaviy paxta tolasidan tashqari elektr manbalari chiqarish, to„qimachilik sanoati 
mahsulotlari, shuningdek, transport xizmati, santexnika va boshqa xizmatlarni eksport 
qilish yo„lga qo„yildi.
Eksport 
korxonalarimiz 
faoliyatining 
eng muhim yo„nalishiga, butun 
iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi. 
2007-yilga kelib deyarli ko„pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy 
faoliyatga to„liq jalb etilgan bo„lib, tashqi bozorlarni faollik bilan o„zlashtirmoqda. 
Birgina 2006-yilning o„zida tovar mahsulotlarini eksport qilish hajmi 31,5 foizga 
o„sib, 2000-yilga nisbatan 2 martadan ko„proq ortdi. 
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi yil davomida qariyb 2 milliard AQSH 
dollarigacha o„sdi. 
Eksport hajmining ana shunday o„sishi O„zbekiston uchun an‟anaviy resurslar 
bo„lmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xomashyo yetkazib berish 
hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral 
o„g„itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish 
materiallari va boshqa shu kabi ko„plab eksport tovarlari hajmi va turlarini ko„pay-
tirish evaziga ta‟minlanmoqda. 
Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlarning ulushi 53 foizdan 
oshgani, paxta tolasining ulushi esa 17 foizgacha kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi. 
Import tizimida oziq-ovqat mahsulotlari keltirish kamayib, texnologiya va asbob-
uskunalar olib kelish salmog„i keskin ortdi. 
1994–1996-yillarda chet el sarmoyalari ishtirokida «O„zelmas», «Zarafshon-
Nyumont», «O„zsalaman» va «O„zDEU» qo„shma korxonalari ishga tushirildi. 
Mazkur korxonalar ishga tushirilganidan keyin aholini sifatli poyabzal, gugurt, 
avtomobil va boshqa iste‟mol mahsulotlari bilan ta‟minlash hajmi ortdi. 
Mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda 1993-yil avgust oyidan boshlab 
qurilayotgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi katta 
ahamiyatga ega bo„ldi. Yiliga 2,5 million tonna gaz kondensatini qayta ishlab 
chiqarishga mo„ljallangan ushbu zavodning birinchi navbati loyiha va texnologik 
qismi qurilishlarini Fransiyaning «Teknip» firmasi, umumzavod xo„jaligi obyektlarini 
qurishni esa mahalliy qurilish tashkilotlari olib bordilar.


303 
Zavod Qorovulbozor tumanining suv toshqinidan xoli, temir yo„lga yaqin bo„lgan 
va barcha boshqa ishlab chiqarish hamda iqtisodiy talablarga javob beradigan qulay 
joyidan tanlandi. Uning umumiy maydoni 205 gektarni tashkil etadi. 1993–1997-
yillar davomida ushbu zavod qurilishiga jami qariyb 21 milliard so„m mablag„ 
sarflandi.
Zavodning asosiy ishlab chiqarish obyektlari bilan bir qatorda ishchi-xizmatchi, 
muhandis-texnik xodimlar uchun ikki yarim ming kishi yashaydigan shaharcha 
qurildi. Shaharchaning infrastrukturasida umumiy maydoni yuz ming kvadrat metr 
bo„lgan uy-joylar hamda maktab, bolalar bog„chasi, dorixona, ambulatoriya-
poliklinika, tez yordam stansiyasi, mehmonxona, aloqa uzeli, maishiy xizmat 
ko„rsatish va sog„lomlashtirish majmualari, savdo do„konlari, dehqon bozori va 
boshqa bir qator obyektlar qurildi. 
1998-yilda neft va gaz kondensati ishlab chiqarish 1990-yildagiga nisbatan qariyb 
3 barobar oshdi. Agar 1990-yilda O„zbekistonda iste‟mol qilinadigan neftni 70 dan 
ortiq foizi va neft mahsulotlarining deyarli yarmi import qilingan bo„lsa, 1998-yilga 
kelib ular importining ulushi deyarli yo„qqa chiqdi. Undan tashqari, davlatimiz neft 
importeridan uning eksporteriga aylandi. Neft eksporti 1992-yildagi 270 ming 
tonnadan 1998-yildagi 912 ming tonnagacha, yoki qariyb uch barobar oshdi. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, mustaqillikning eng og„ir 1992, 1993 va 1994-
yillari mamlakat aholisi uchun qanchalik qiyinchiliklarni ro„baro„ qilmasin, hukumat 
og„ir vaziyatdan chiqish bilan birga strategik maqsadlar bilan ham yashadi. U 
kundalik muammolarni hal etish, aholini kundalik ehtiyoj mollari bilan ta‟minlash va 
boshqa bir qator talablarni amalga oshirish, eng og„ir iqtisodiy tanglikdan hech 
qanday larzalarsiz o„tib olish chora-tadbirlarni belgilash bilan birga mamlakat 
istiqbolini va xalq kelajagini ta‟minlaydigan ulkan maqsadlarni ham amalga oshirish 
yo„lidan bordi. Asakadagi avtomobil zavodi, Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodi, 
mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi yuzlab sanoat korxonalari qurilishlariga 
xuddi ana shu qiyinchilik yillarida poydevor qo„yildi. 
Hatto eng mushkul yillarda – ya‟ni, o„tish davrining boshlanishida ham 
O„zbekistonda kapital sarmoyalarning keskin tushib ketishi kuzatilmadi. 1995-yildan 
boshlab esa investitsiyalarning o„sishi yaqqol ko„rinmoqda. 1997-1998-yillarda 
O„zbekistonda 
kapital 
sarmoyalar 
yiliga
17 foizga o„sib bordi. Shu jihatdan respublikamizdagi vaziyat shu paytgacha 
investitsiyalarni milliy miqyosda amalga oshirish mexanizmlarini ishga tushira 
olmagan o„tish davri iqtisodiyotidagi boshqa davlatlarnikidan afzalliklari bilan 
farqlanadi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish