Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Aytish joizki keyingi yillarda hukumat diqqat markazida bo„lib kelgan



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Aytish joizki keyingi yillarda hukumat diqqat markazida bo„lib kelgan 
ikkinchi masala – bu iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarini kengaytirish va 
chuqurlashtirishdan iborat bo„ldi.
Bu borada asosiy e‟tibor soliq yukini kamaytirish, soliq-budjet siyosatini 
liberallashtirish va unifikatsiya qilish, soliqqa tortish tartibini soddalashtirish, soliq va 
moliya organlari mas‟uliyatini kuchaytirishdek aniq maqsadlarga yo„naltirilgan 
siyosatni amalga oshirishga qaratilganini ta‟kidlash joiz. 
2005-yilda yuridik shaxslar daromadlari (foyda)dan olinadigan soliq stavkasi 18 
foizdan 15 foizga tushirildi, bu esa qariyb 40 milliard so„mlik mablag„ni korxonalar 
ixtiyorida qoldirish imkonini berdi. Yagona ijtimoiy to„lov stavkasi 31 foizgacha 
qisqartirildi, jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi o„zgartirildi, mulk solish 
stavkasi esa 3,5 foizgacha kamaytirildi. 
Amalda jami 15,2 foizni tashkil etgan soliq va to„lovlar o„rniga 13 foiz 
miqdoridagi yagona soliq to„lovining joriy etilishi tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirishda, ayniqsa, kichik korxonalar uchun muhim ahamiyatga ega bo„ldi. Bu 
o„z navbatida kichik korxonalarga faqat 2005-yilning ikkinchi yarmida qariyb 10 
milliard so„m mablag„ni tejash imkonini berdi. 
Soliq yukini kamaytirish borasida ko„rilgan choralar tufayli davlat budjetiga 
to„planayotgan kirimlar, ya‟ni fiskal chegirmalar 22,6 foizgacha qisqartirildi. 
Natijada korxonalar ixtiyorida qoldirilgan 130 milliard so„mdan ziyod pul ularning 
aylanma 
mablag„larini to„ldirishga yo„naltirildi va moliyaviy 
ahvolini 
mustahkamlashda muhim omil bo„lib xizmat qildi. 
Xo„jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish faolligini oshirish va moliyaviy 
barqarorligini ta‟minlashda puxta o„ylangan, birinchi navbatda soliq yukini 
kamaytirishga qaratilgan soliq siyosatining o„tkazilishi muhim ahamiyat kasb etdi. 
2006-yil yuridik shaxslar daromadlari (foyda)dan olinadigan soliq stavkalari 15 fo-
izdan 12 foizgacha, dividend va foizlardan olinadigan soliq 15 foizdan 10 foizgacha, 
yagona ijtimoiy to„lov esa 31 foizdan 25 foizgacha kamaytirildi. Ekologiya solig„i 
butunlay bekor qilindi. 
Soliq imtiyozlaridan foydalanish natijasida respublikamiz korxona, kompaniya va 
xo„jaliklari 2006-yilda o„z moliyaviy resurslarini qo„shimcha ravishda 425 milliard 


311 
so„mga ko„paytirdi. Bu esa investitsiyalarning aylanma mablag„ini to„ldirish va 
mehnatga haq to„lashni oshirish uchun qo„shimcha manba bo„lib xizmat qildi. 
Naqd pul olishdagi cheklovlarning bekor qilinishi va bu boradagi talablarga 
banklar tomonidan qat‟iy rioya etilishi, naqd pul tushumining o„z vaqtida va to„liq 
topshirilishi 
ustidan 
nazoratning 
ko„chaytirilishi 
bank-kredit 
tizimini 
liberallashtirishda muhim qadam bo„ldi. Tijorat banklari uchun ularning Markaziy 
bankdagi korrespondentlik hisob raqamlaridan cheklovsiz foydalanish imkoniyati 
yaratilgani, shuningdek, naqd va naqd bo„lmagan pul aylanmalarini unifikatsiya qilish 
bo„yicha ko„rilgan keyingi chora-tadbirlar, naqd pulsiz hisob-kitobning ilg„or shakli 
bo„lgan plastik kartochkalarning amaliyotda keng joriy etilishi tufayli o„tgan yilda 
bunday kartochkalarning soni taxminan besh barobar ortgani muhim ahamiyatga ega, 
albatta. 
2005-yilda O„zbekiston Respublikasi tashqi savdoni liberallashtirishda, jahon 
xo„jalik aloqalariga integrasiyalashuv borasida yanada salmoqli natijalarga erishdi. 
Bunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishni 
rag„batlantirish, eksport-import operatsiyalarini bojxona tariflari orqali tartibga 
solishni yanada takomillashtirish, bojxona to„lovlarini unifikatsiya qilish, soliq va 
bojxona ma‟muriyatchiligi bilan bog„liq jarayonlarni soddalashtirish bo„yicha 
ko„rilgan chora-tadbirlar muhim rol o„ynadi. 
2006-yil 12-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 2006-yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari hamda 2007-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 
eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlangan majlisi bo„ldi. Majlisda 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ma‟ruza qildi. 
Davlatimiz rahbari ma‟ruzasida islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni 
erkinlashtirish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida iqtisodiy o„sishning 
barqaror yuqori sur‟atlari inflatsiya darajasining pasayishi va xalq farovonligining 
oshishi tendensiyalari mustahkamlanganligini qayd etdi. 
2006-yil yakunlari bo„yicha yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga, sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarish hajmi 10,8 foizga, qishloq xo„jalik mahsulotlari yetishtirish 6,2 
foizga, pulli xizmatlar ko„rsatish 19,3 foizga, pudrat qurilish ishlari 12,8 foizga o„sdi. 
Respublika iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar, eng avvalo 
to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar hajmi o„sdi. 
Jami investitsiyalarning yarmidan ko„prog„i ishlab chiqarish bazasini 
modernizatsiya qilishga va texnologik jihatdan yangilashga, yangi asbob-uskunalar 
sotib olishga yo„naltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlandi, mahsulotni eksportga 
chiqarish hajmi ko„paydi, tashqi savdo va to„lov balanslari mustahkamlandi. 
Qishloq xo„jaligida islohotlar davom ettirilmoqda. Bugungi kunda Respublikada 
yetishtirilayotgan qishloq xo„jalik mahsulotlarining asosiy qismi fermer xo„jaliklari 
hisobiga to„g„ri kelmoqda, aholining ish bilan bandlilik darajasi o„sdi. Masalan, 2006-
yil oxirida mamlakatda 190 ming fermer xo„jaligi faoliyat ko„rsata boshladi, shu 
yilning o„zida birgina kasanachilikni joriy qilish evaziga 60 ming odam ish bilan 
ta‟minlandi, birgina 2006-yil 570 ming ishchi o„rni yaratildi. Keyingi yillarda 


312 
aholining turmush darajasi birmuncha yaxshilandi. Birgina 2006-yil barcha toifadagi 
ishchi xizmatchilarning real ish haqi 36 foizga o„sib, o„rtacha ish haqi 185 ming 
so„mni tashkil qildi. 
2006-yilga mo„ljallangan rejalar oshirib bajarildi. Jumladan, yoqilg„i energetika 
majmuasi va rangli metallurgiya tamoqlari yuqori sur‟atlarda o„sdi. O„tgan yili faqat 
yoqilg„i-energetika majmuasini rivojlantirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 
uchun 250 million dollar hajmidagi xorijiy sarmoya jalb qilindi. 
2006-yilda o„sish sur‟ati mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida 25,7 
foiz, kimyo va neft-kimyo sanoatida 19,6 foiz, oziq-ovqat sohasida 28 foiz, yengil 
sanoatda 20 foiz, yog„ochni qayta ishlash va mebel sanoatida 18 foiz, qurilish 
materiallari sanoatida 12 foizga oshdi. 
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini 
himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan choralarning amalga oshirilishi 
mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib 
borayotgan xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda ijobiy ta‟sir ko„rsatdi. 
2006-yilda moliyalashning barcha manbalari hisobidan o„zlashtirilgan kapital 
mablag„lar hajmi 3 milliard 140 million AQSH dollariga teng darajani tashkil etdi. 
Iqtisodiyotga yo„naltirilgan sarmoyalarning qariyb 50 foizi texnologiyalarni 
yangilash va zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflandi. 
Barcha 
sarmoyalarning 
77,5 
foizini 
tashkil 
etadigan 
markazlashmalar 
sarmoyalarning asosiy o„sishi xorijiy investitsiyalarni to„g„ridan-to„g„ri jalb 
qilish,korxonalarning o„z mablag„i va bank kreditlari hisobidan ta‟minlandi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish