323
324
Mavzuga doir materiallar
«ITAR-TASS» davlatimiz rahbarining «2006-yili iqtisodiyotning o„sishi 2000-
yilga nisbatan taqqoslama baholarda 45 foizni tashkil etdi. Bunda sanoatning yalpi
ichki mahsulotdagi ulushi 22,1 foizga, xizmatlarning ulushi esa 39,5 foizga yetgan»,
degan so„zlarini keltiradi.
«Interfaks» «O„zbekiston hukumati ish haqini oshirish, xususiy mulk himoyasi
hamda sarmoyalar jalb etishga alohida e‟tibor qaratish niyatida» sarlavhali xabarida
qayd qilishicha, O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2007-yilning birinchi darajali
vazifalari orasida iqtisodiyot o„sishining izchil sut‟atlarini ta‟minlashni, tizimli
o„zgarish va modernizatsiyalashni ro„yobga chiqarish, soliq siyosati liberallashtirilishi
davom ettirilishini belgilab berdi. «Islom Karimov 2007-yil budjeti parametrlarini
parlament tasdiqlagani, u joriy yilda yalpi ichki mahsulotni 7,7 foizga, sanoat ishlab
chiqarishini – 7,8 foizga, qishloq xo„jaligini – 5 foizga oshirish rejalari hisobga
olingan holda ishlab chiqilganini eslatdi. Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlantirilishiga jalb
etiladigan sarmoyalar hajmini 25,5 foizga oshirish ko„zda tutilmoqda, qat‟iy pul-
kredit siyosati sharoitida pul qadrsizlanishi darajasi esa 5–7 foizdan oshmasligi
kerak», deb yozadi Rossiya axborot agentligi.
O„zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning ma‟ruzasini sharhlar ekan,
Britaniyaning
Bi-bi-Si agentligi
2006-yili O„zbekistonda ta‟lim tizimini takomillashtirishda sezilarli
natijalarga erishilganini qayd etdi. Bunda u joriy yili respublikada mazkur jabhani
yanada yaxshilashga yo„naltirilgan qator loyihalarni ro„yobga chiqarish ko„zda
325
tutilayotganiga e‟tibor qaratdi. Mamlakat ijtimoiy siyosatidagi bu yo„nalishining
muhimligini ta‟kidlar ekan, Bi-bi-Si mamlakat rahbarining «ma‟rifatli yosh avlod –
O„zbekistonning eng katta boyligidir» degan so„zlarini keltiradi.
* * *
Real iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham jadal rivojlanib bormoqda. Masalan,
qishloq xo„jaligida ishlab chiqarish darajasi biroz pasayishdan so„ng asosan barqaror
darajada saqlanib turdi, 1997-yildan boshlab esa ushbu sohada o„sish boshlandi. Real
sektorning davlat miqyosidagi barqaror taraqqiyoti sharoitida moliyaviy muvozanat
ta‟minlanadi. 1996-2000-yillar mobaynida budjet kamomadi yalpi ichki mahsulotning
3 foizidan oshgani yo„q. Tovar resurslari bilan ta‟minlanmagan pul massasining
o„sishini cheklaydigan anchagina qattiq monetar siyosat olib borilmoqda, bu esa
hozirgi vaqtda o„rtacha oy hisobida 1,7 foizdan ortiq bo„lmagan inflatsiya darajasini
izchil kamaytirishning muhim sharti xizmatini o„tamoqda.
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, yangilanish va taraqqiyot yo„li
bo„yicha muvaffaqiyatli harakat O„zbekistonning tashqi aloqalarini faollashuvi, uning
dunyo xo„jalik aloqalariga keng kirib borishi bilan uzviy bog„liq. Tashqi iqtisodiy
faoliyatni erkinlashtirish bilan valyuta siyosatini erkinlashtirish juda jips
bog„langandir.
Valyuta siyosatini erkinlashtirish deganda Xalqaro valyuta fondi Moddalar
Bitimining VIII moddasi talablariga muvofiq ravishda kundalik xalqaro operatsiyalar
bo„yicha milliy valyutaning to„liq konvertatsiyalanishiga bosqichma-bosqich o„tishiga
doir huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarning yaratilishini bildiradi.
Buning uchun avvalo respublika iqtisodiyoti tuzilmasini, eksport tuzilmasini va
ichki iste‟mol bozori tuzilmasini tubdan o„zgartirish lozim edi. Iqtisodiyot tuzilmasida
faqat ichki bozorda emas, balki tashqi bozorlarda ham raqobatlashadigan, ko„proq
o„zimizdagi tabiiy va xomashyo imkoniyatiga asoslanadigan, ilg„or zamonaviy
texnologiyani qo„llaydigan ishlab chiqarishlar ustunlik qilishi kerak edi. Shuning
uchun texnik jihatdan qayta jihozlashni rivojlantirishni qo„llab-quvvatlash siyosati
olib borildi.
Valyuta siyosatini erkinlashtirish birjadan tashqaridagi valyuta bozorini jiddiy
ravishda mustahkamlashni, unda amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmini
kengaytirishni, tijorat banklarining valyutalarini tezda pulga aylantira olish quvvatini
oshirishni nazarda tutadi. Bu esa, import qiluvchilarning litsenziyalash (ularning chet
elda tovar olib kelish uchun ruxsat berish)ning mavjud tizimini yo„q qilish, valyutaga
bo„lgan haqiqiy talab va taklifga mos keladigan almashuv kursini belgilash imkonini
berdi.
Ana shu tarzda 1991–2000-yillar iqtisodiy, moliyaviy islohotlarning muhim davri
sifatida tarixga kirdi. 2001–2008-yillar esa islohotlarning pirovard natijasini aniq
ko„radigan voqelikka aylandi.
2008-yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham
barqaror rivojlandi. Xo„jalik yurituvchi subyektlarning soliq yukini yanada
326
kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to„lovining 10
foizdan 8 foizga, 2009-yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig„i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash
tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy tartiblarining
takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun
kuchli rag„batlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada so„nggi olti yil mobaynida faoliyat
yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni, 1,9 barobar ko„paydi va 2008-yili qariyb
400 mingtani tashkil etdi.
Kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari
hajmi 2008-yili salkam 22 foizga ko„paydi. Bu sanoat tarmog„idagi o„rtacha o„sish
ko„rsatkichidan ancha ko„pdir. Shuning natijasida kichik biznesning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi 2007-yildagi 45,5 foizdan 2008-yilda 48,2 foizga ko„tarildi.
Bugungi kunda mamlakatimimizda ish bilan band bo„lgan jami aholining 76
foizdan ko„prog„i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa e‟tiborlidir.
Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko„p
bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa
shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb
etmoqda.
Birgina 2008-yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so„mlik mahsulot ishlab
chiqarildi va xizmatlar ko„rsatildi. Kasanachilik uchun ish o„rinlari ochgan
korxonalar, shu borada o„zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 millard so„mdan
ortiq mablag„ni tejashga erishdi.
2008-yilda yalpi ichki mahsulotning o„sish sur‟atlari 9 foizni, sanoatda 12,7 foizni,
jumladan, iste‟mol tovarlari chiqarishda 17,7 foizni tashkil etdi, xizmat ko„rsatish
hajmi 21,3 foizga o„sdi.
Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur‟atlar bilan rivojlandi:
qurilish – 8,3 foiz, transportda yuk va yo„lovchi tashish hajmi – 10,2 foiz, savdo
sohasi – 7,2 foizga o„sdi. Qishloq xo„jaligida 4,5 foiz o„sishga erishilib, 3 million 410
ming tonna paxta xomashyosi tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g„alla, shu
jumladan, 6 million 145 ming tonna bug„doy yetishtirildi.
2008-yilda o„rtacha ish haqi budjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butun
iqtisodiyot bo„yicha esa, 1,4 barobar oshdi. Natijada o„tgan yili o„rtacha ish haqi
miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo„ldi. Aholining real daromadlari esa yil
davomida jon boshiga 23 foiz ko„paydi.
Joriy 2009-yilni oladigan bo„lsak, o„rtacha ish haqi miqdorini budjet sohasida va
shunga mos ravishda xo„jalik yurituvchi subyektlarda ham 1,4 barobar oshirish
ko„zda tutilmoqda. Inflatsiyaning o„sish ko„rsatkichini 7–9 foiz darajasida saqlab
turish mo„ljallanmoqda.
2008-yilda umumiy eksport hajmida xomashyo bo„lmagan tovarlarning ulushi 71
foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O„zbekiston uchun an‟anaviy eksport
xomashyosi bo„lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003-yildagi 20 foizdan
2008-yilda 12 foizga tushdi.
327
Mamlakatimizda tarkibiy o„zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya
muhitining yaratilgani asosiy omil bo„lib kelmoqda. 2008-yilda iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari
miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007-yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko„p
bo„lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizga tashkil etdi.
O„zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo„naltirilganini ta‟kidlash darkor.
Keyingi yillarda O„zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar
hajmining izchil va barqaror o„sib borayotgani e‟tiborga sazovordir. 2008-yilda 1
milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o„zlashtirildi.
Bu 2007-yildagiga nisbatan 46 foiz ko„p demakdir. Eng muhimi, xorijiy
investitsiyalarning 74 foizini to„g„ridan-to„g„ri investitsiyalar tashkil etadi.
Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009-yilda mamlakatimiz
iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million
dollarga ko„payadi, buning to„rtdan uch qismi to„g„ridan-to„g„ri investitsiyalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |