Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«SSSR parchalanib ketganidan so„ng eng dahshatli voqea



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«SSSR parchalanib ketganidan so„ng eng dahshatli voqea 
O„zbekistonda yuz berishi lozim edi. Lekin, bunday bo„lmadi. Karimov birorta 
ham xatoga yo„l qo„ymadi. 
Karimovning mitinglarni taqiqlab qo„yishi qirg„izlar, tojiklar bilan o„zaro 
munosabatlardagi murakkab vazifalarni hal etish kabi juda to„g„ri ish edi. 
Uning kolxoz va sovxozlar rahbarlarini saylash emas, balki tayinlash 
to„g„risidagi taklifi ham o„rinli edi. Agar shunday qilinmaganida oxir-oqibat 
qanday bo„lishini bilish qiyin edi. Karimov musulmon mamlakatlari bilan 
munosabatlarni ham zargarlarga xos noziklik bilan yo„lga qo„ydi... Bularning 
hammasi Islom Karimovning ulug„ligini belgilaydigan sifatlardir».
Mustaqillik osonlik bilan qo„lga kiritilmadi. Kurashlar va iztiroblar 
turmushimizdagi qator qiyinchiliklar va muammolar bilan birga qorishib ketdi. Ichki 
va tashqi g„animlar bilan olishib, mustaqillik himoya qilindi. O„tgan davr xalqimizni 
ko„p narsaga o„rgatdi. Endi u o„z istiqboliga va istiqloliga qat‟iy ishondi.
Mustaqillikning o„tgan davri xalqimizni ko„p narsalarga o„rgatdi. Butunlay yangi 
tarixiy sharoitlarda butunlay yangi tajribalar dunyoga keldi. Bu tajribalar «O„zbek 
modeli» sifatida jahon demokratik jarayonlarini boyitmoqda. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralida bo„lib o„tgan 
birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov mamlakatda 
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini kafolatlash, eng 
insonparvar, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish xususida gapirar ekan 
«O„zbekiston XXI asr ostonasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari» dasturini ishlab chiqish zaruriyati haqida alohida to„xtalgan 
edi. Oradan ko„p o„tmay ana shu keng tarmoqli dastur Prezidentning o„z tashabbusi 
bilan yaratildi. «O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» deb nomlangan yirik ilmiy, nazariy, tahliliy asar 
O„zbekiston davlat siyosatining bosh dasturi sifatida dunyoga keldi. 
Muallif demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini 
shakllantirish xususida gapirar ekan, dunyo muammolarini, dunyo tajribalarini, 
insoniyat taraqqiyoti davrida to„plangan ijobiy xulosalarni chuqur o„rganadi va unga 


177 
o„ziga xos baho beradi. Jumladan, u bugun jahon siyosatida har qanday zo„ravonlik va 
kuch ishlatishdan, har qanday qurol-yaroq va tazyiqlardan ustun keladigan tafakkur 
dunyoga kelayotganini, endi yoqavayronlik, portlatish va qirg„inbarot keltirishlar 
ibtidoiy hodisa ekanligini, «zo„r bo„lsang o„zingni aqling bilan ko„rsat» qabilida ish 
ko„rsatish vaqti kelganligini boshqalardan ko„ra tezroq angladi, boshqalardan ko„ra 
chuqurroq tushundi. Endi borgan sari ochiqlik, yuzma-yuz turib fikrlashish, 
muammolarni muzokaralar yo„li bilan hal etish va ana shu ayovsiz muzokaralar 
paytida sog„lom aql-idrok tantanasiga erishish zarurligini ko„rsatib bermoqda. 
Prezident Islom Karimov mazkur kitobda mustamlakachilik va irqiy 
kamsitishlarning yo„q qilinganligini, sotsializm va kommunistik mafkuraning 
zo„ravonlik da‟volari barbod etilganligi, jahon xaritasida yangi mustaqil davlatlarning 
paydo bo„lganligi, mintaqalararo munosabatlarda muvozanatning o„zgarib ketganligi, 
aniqroq qilib aytganda, jahon taraqqiyotida Osiyo qit‟asi mamlakatlari rolining oshib 
borayotganligi XXI asr ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining o„zgarib borishiga sabab 
bo„lishini chuqur tahlil etadi. 
Muallif nazarida demokratik taraqqiyotning turli qadriyatlari, tamoyillari va 
me‟yorlari takomillashib, bir-birini boyitib ommabop tus olmoqda. Endi ana shu 
qadriyatlar yer yuzining turli mamlakatlarida turli xalqlar va millatlarning yagona, 
umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlariga aylanmoqda. Zotan, inson yer yuzining 
qaysi burchagida yashamasin, u eng avvalo insonligini tushunmog„i lozim, inson kabi 
yashashga haqli. O„zbekiston siyosati nazarida jahon taraqqiyoti va demokratiya 
jarayonlari ana shunga asoslanmog„i lozim. 
Kitobda 
demokratik 
jarayonlarni 
chuqurlashtirish, 
fuqarolik 
jamiyatini 
shakllantirish borasida fikr yuritilar ekan, quyidagilar muhim omil sifatida ko„rsatib 
beriladi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish