Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Eng yomoni ichki parokandalik



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Eng yomoni ichki parokandalik.
Bu nihoyatda og„ir va surunkali kasallik. Uni 
faqat ancha-muncha asablar va hayot-mamot kurashi evazigagina davolash mumkin. 
Aksariyat hollarda esa, ichki parokandalik siyosiy beqarorlikka aylanib ketib, butun 
jamiyatni ostin-ustun qilib tashlaydi. Minglab odamlarning yostig„ini quritadi, millat 
kushandasi sifatida ildiz otadi va uni yillar mobaynida kemirib tashlaydi. Ana 
shunday xalq boshiga qiron keltiruvchi hodisalar O„zbekistonda ham mavjud edi. 


172 
Demokratiya o„yinlari avj olgan bir paytda o„zini ko„z-ko„z qilishga ishqivoz 
bo„lgan siyosiy arboblar ham maydonga chiqishdi. Ularning ayrimlari turli mansab 
pillapoyalaridan tez-tez ko„tarilib hukumatning eng yuqori kursilarini egallashga ham 
ulgurishdi. O„zlarini mavjud siyosatga sadoqatli, hukumatga esa fidoyi qilib 
ko„rsatishdi. Eng achinarlisi, bular orasida uzoq yillar partiya va sho„ro idoralarida 
katta-kichik lavozimlarda faoliyat ko„rsatgan kishilar ham bor edi. Ular dahanaki 
«dasturlari»da yillar mobaynida sovet hokimiyati hukmronligi paytida to„planib 
qolgan qator muammolarni hal etish singari xalqimizga xush yoqadigan, uning 
kundalik turmushiga madad bo„ladigan masalalarni ko„tarib chiqardilar. Keyinroq 
xuddi ana shu masalalarni ko„tarishda ayyorlik qilishgani va vaziyatdan foydalanib, 
respublikaning eng yuqori mansab kursilarini egallashga harakat qilishgani ma‟lum 
bo„la boshladi. 
O„zbekiston mustaqilligini e‟lon qilish, uni mustamlakachilik iskanjasidan qutqarib 
olish jarayonlari qanchalik tahlikali ekanligi kitobxonga ayon. Oliy Majlisning 1991-
yil 31-avgustda bo„lib o„tgan navbatdan tashqari sessiyasida mamlakat Prezidenti 
O„zbekistonni mustaqil deb e‟lon qilish taklifini kiritganda zal go„yo muzlab qolgan 
edi. 500 deputat va sessiya qatnashchilari «shok» holatida edi. Prezident «Nima, 
mustaqillikdan cho„chiyapsizlarmi, nega qarsak chalmaysizlar?» degandan so„nggina 
deputatlar bir qalqib tushishdi va zalda gulduros qarsaklar boshlandi. 
Moskvada qon to„kilayotgan, markaz butun vujudi bilan ittifoqdosh 
respublikalarga tazyiq o„tkazayotgan, zug„um va zo„ravonlik bilan ular jilovini tortib 
turgan bir paytda, unga qarshi qo„l ko„tarish, respublika rulini butunlay tortib olish va 
harakatdagi mashinaga sakrab chiqib olish chindan ham jasorat edi. 
Mustaqillik e‟lon qilingach, orqada pisib o„tirib, zimdan ishlayotganlar asta-sekin 
bosh ko„tardilar. Endi o„zlarini istiqlol qahramoni, mustaqillik jarchisi, mamlakatni 
boshqarishda «nodir iste‟dod» ekanliklarini ko„rsata boshladilar. Butun mas‟uliyatni 
zimmasiga olib, hayotini xavf ostida qoldirib, mustaqillikni e‟lon qilganlarga 
ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar.
Bu borada O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18–21-noyabr 
kunlari bo„lib o„tgan sessiyasi O„zbekiston tarixida alohida voqea sifatida muhrlandi. 
Ayni ana shu sessiyada bir guruh soxta demokratlar ochiqdan-ochiq bosh ko„tardilar. 
Turli tomondan so„z olib, sessiya kun tartibini buzish, unga qo„shimchalar kiritish 
bahonasida turli, bir-biriga to„g„ri kelmaydigan muammolarni ko„tarib chiqishga 
intildilar. To„g„ridan-to„g„ri mamlakatda olib borilayotgan izchil siyosatga zid, 
bo„htondan iborat fikrlar bildira boshladilar. Jumladan, «Tashabbus» guruhi nomi 
bilan so„zga chiqqan bir guruh deputatlar «O„zbekistonda mitinglar va namoyishlar 
o„tkazilishini taqiqlash to„g„risida»gi Qarorni bekor qilish, respublika ma‟muriy 
organlari, shuningdek, Konstitutsiyaviy Nazorat Qo„mitasiga ultimatum qo„yish talabi 
bilan chiqa boshladilar. 
Ayni chog„da, o„zlarini mustaqillik va xalq tarafdorlari sifatida ko„rsatishga urinib, 
«demokratiyami yoki diktaturami?» qabilida sessiyaga, uning rahbariyati oldiga 
asossiz kesatiqli savollar qo„ya boshladilar. 


173 
Bir so„z bilan aytganda sessiyaga ma‟lum kuchlarning oldindan tayyorgarlik 
ko„rgani yaqqol sezila boshlandi. Bu o„z navbatida sobiq ittifoq hududida sarosimalik, 
barcha ittifoqdosh respublikalarda turli hadiksirashlar va ikkilanishlar, mustaqil 
O„zbekistonda esa iqtisodiy tanglik hukmronlik qilayotgan bir paytda muxolif 
kuchlarning turli hiyla va nayrang yo„li bilan hokimiyatni egallashga harakat 
qilayotganliklarini ko„rsatar edi. 
Sessiya jangovarlik, shafqatsiz kurash va hujumkorlik ruhida o„tdi. Unda Prezident 
Islom Karimovning qat‟iy iroda kuchi, har qanday tanqidiy fikr va qo„poruvchilik 
harakatlariga og„ir-vazminlik, siyosiy hushyorlik fazilatlari hamda asosli mulohazalari 
bilan munosabat bildirganligi natijasida muxolif kuchlar o„z maqsadiga yeta olmadi. 
Agar ana shu yig„ilishda Prezident ozgina ikkilanib qolganida o„z pozitsiyasini 
butunlay qo„ldan berib yuborishi, hokimiyat tepasiga esa bir to„da amalparastlar-u 
shuhratparastlar kelib qolishi, natijada butun mamlakat ham, xalq ham tubsiz jarga 
qulab ketishi mumkin edi. 
Sog„lom fikrli kishilar, aslida qo„poruvchilarning iddaosi nimada ekanligini aqlan 
chuqur his qilgan fuqarolar yuqoridagi soxta demokratlar chiqishlarini qo„llab-
quvvatlamadilar, kun tartibidagi masalalar yuzasidan amaliy takliflar bildirdilar, har 
bir masalada mamlakatda olib borilayotgan xalqchil siyosatni ma‟qullashlarini, 
mamlakat Prezidenti atrofiga yanada jipslashish zarurligini ayta boshladilar. 
Mamlakat aholisi, mustaqillik tarafdorlari o„zlarining fikr-mulohazalarini Oliy 
Kengash va sessiya nomiga yozib yubora boshladilar. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish