Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Birinchidan
, o„z g„oyasi, maqsad va vazifalariga ko„ra kommunistik diktaturaga 
qarshi turgan «Erk» demokratik partiyasi ayni kommunistik partiya tarqatib 
yuborilgandan so„ng ham endigina shakllanayotgan yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum 
sharoitlarida yuz berayotgan hodisalarga keskin qarshi turganligi mantiqsizlik edi.
Ular o„zlarining har bir chiqishlarida yangilanayotgan tuzum hukumati va 
mustaqillik tashabbuskorlarini eskicha ishlayotganga, islohotlar o„tkazishga qodir 
emaslikda ayblashardi. Xalqni oyoqqa turishga, qalqishga, keskin norozilik 
bildirishga da‟vat etishardi. Jamiyat qon-qoniga singib ketgan qatag„onchilik, 
byurokratiya va to„rachilik illatlarini tezda barbod etish, ertaklardagi singari «bir 
yumalab» yangi hayotga erishish mumkin emas edi. Bu tabiiy jarayon. Bir yuz o„ttiz 
yillik tobelik kayfiyatlarini, mutelik ruhiyatini sindirib, yangicha yashash 
tamoyillarini anglash uchun vaqt kerakligini tushunishmadi. Yoki aksincha, 
yaxshigina tushunishardi-yu norozilik kuchayishidan manfaatdor edilar. 
Vaholanki, qariyb 130 yillik mustamlakachilikdan ozod bo„lgan mamlakat taqdiri 
o„zini chinakam vatanparvar deb bilgan har qanday kishini qiziqtirishi, g„oyasi, 
e‟tiqodi, kasb-u kori, ijtimoiy kelib chiqishi va millatidan qat‟i nazar ana shu 
muqaddas zamin istiqboli yo„lida, yangi g„oya – mustaqil taraqqiyot g„oyasi atrofida
jipslashish lozim edi.
Ikkinchidan
, xalq uzoq yillik siyosiy iskanjadan ozod bo„lgach, u endi o„zini 
qayerga qo„yishini, qanday yo„ldan borishini, kelajagini qanday belgilashni bilmay 
qolgan edi. Mamlakatda sarosimalik vujudga keldi. Ishlab chiqarishda parokandalik 
yuz berdi. Sobiq ittifoqning yagona iqtisodiy makonida vujudga kelgan po„lat 
zanjirlar uzilgach, kun kechirish og„irlashdi. Odamlarda ruhiy horg„inlik, asabiy 
charchog„lik, ma‟naviy kemtiklik va asabiy taranglik kayfiyati paydo bo„ldi. Bu 
aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham siyosiy kuchlardan jiddiyroq o„ylashni, 
jiddiyroq harakat qilishni, har bir qadamini o„ylab bosishni taqozo etardi. Chunki 
ta‟bir joiz bo„lsa mamlakatning o„sha paytdagi ahvoli nihoyatda ulkan gaz bochkasiga 
o„xshardi. Uning tuynugiga befarqlik bilan bir gugurt chaqish halokatli va falokatli 


171 
hodisaga olib kelishi muqarrar edi. Ana shunday paytda «Erk» demokratik partiyasi 
mustamlakachilik siyosatiga nisbatan qanday pozitsiyada turgan bo„lsa, 
mustaqillikning qonuniy hukumatiga ham xuddi shunday pozitsiyada turdi. 
Vaholanki, yigirma milliondan ortiq aholi taqdiri bitta gugurt chaqilishi bilan bog„liq 
bo„lgan tahlikali vaziyatda edi. Bu muxolifatchilarning jiddiy siyosiy xatosi, uzoqni 
ko„ra olmaslik illati edi.
Ana shunday jiddiy xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, O„zbekistonda 
vujudga kelgan «demokratiya jarchilari»ning balandparvoz shiorlari-yu qalin-qalin 
nizom va dasturlari shunchaki gap bo„lgan, xolos. Chunki ularning oldingi hukumatga 
ham, keyingi hukumatga ham birday qarshi turishlaridan mamlakat va xalq manfaati 
uchun kurash emas, ayni hokimiyat uchun kurash, toj-u taxt jangi, amal-u kursi 
kurashi ekanligi ayon bo„ldi. «Erk» demokratik partiyasining nizomida «Erk» 
demokratik partiyasi jamiyatda totuvlikka, barqarorlikka intilishni qo„llab-
quvvatlaydi, konfrontatsion kurashish xavfli yo„l...» degan satrlar bor. Ayni ana 
shuning o„zi partiya rahbariyati tutgan yo„l boshqa, qog„ozda bayon etilgan g„oyalar 
boshqa ekanligini ko„rsatadi. 
* * * 
1991-yilning oxirlari O„zbekiston mustaqilligining eng tahlikali, iztiroblar va og„ir 
kechinmalar jo„sh urgan davri edi. Hali Moskvada sobiq ittifoqni saqlab qolish 
ilinjida yurgan siyosiy arboblarning jazavalari tutgan, asabiy va tund kayfiyat 
hukmronlik qilayotgan, kelajakka umid bilan qarayotgan bir paytlar edi. Ana shunday 
ziddiyatli bir paytda O„zbekistonda mustaqillikni butun choralar bilan 
mustahkamlash, uning huquqiy asosini yaratish borasida jiddiy ishlar amalga 
oshirilayotgan edi. 
Sobiq ittifoq tarqalishi arafasida turli mish-mishlar-u gap-so„zlar, siyosiy 
ig„vogarliklar avj oldi. Birinchilardan bo„lib o„z mustaqilligini e‟lon qilgan 
O„zbekiston go„yoki, faqat ittifoq tarkibidagina kun ko„rishi mumkin. U hech qachon 
mustaqil davlat bo„la olmaydi, mustaqil taraqqiyot yo„lidan bora olmaydi, oxir-
oqibatda esa Moskva marhamatiga zor bo„ladi, degan fikrlar mavjud edi.
Bunday munozaralarning bo„lishi tabiiy edi. Chunki, uzoq yillar Moskvaga qaram 
bo„lgan, xalqi kamsitilgan, unga noshud-notavon, o„z taqdirini o„zi belgilashga qodir 
bo„lmagan mavjudot sifatida qaralib kelinganligi sababli O„zbekiston o„z 
mustaqilligini e‟lon qilgach, «ulug„ og„a»larning taajjubi oshdi. Biroq, bu tashqi 
g„animlarning shunchaki diydiyosi edi, xolos. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish