27
A.Gushta (Lvov) va 3-kurs aspirantlari D.N. Pasternak, T.P. Nikoda
N.I.Sensarenkolar bilan yotoqxonada inoq yashagan. Kosmonavtlar maydonidagi
2-va 4-yotoqxonada, Taras Shevchenko ko‘chadagi 1
-
yotoqxonada D.N.Pasternak
bilan bir xonada yashagan.
Professor V.E.Mixaylenkoning ilmiy raxbarligida 75ta
nomzodlik
dissertatsiyasi va 12ta doktorlik dissertatsiyalar himoya qilingan. Shulardan:
1.
Murodov Sh.K. (O‘zbekiston).
2.
V.T.Sheyn
3.
A.V. Agalsev (cherkask),
4.
T.P.Nixodalar
birinchilardan
bo‘lib
himoya qilganlar.
1974-yilda Samarqand arxitektura instituti
prorektori dotsent Xamid Uzoqov tashabbusi bilan
chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlari
muammolari to‘g‘risida
ilmiy seminar tashkil
qilindi. Ushbu seminarda Kiyev va Moskva
professorlaridan V.E.Mixaylenko, N.N.Rijov, A.M.Tevlin, V.I.Yakunin va
boshqalar qatnashdilar. Sh.K.Murodov ushbu ilmiy seminarda nomzodlik
dissertatsiyasidan so‘ng ilmiy ishlarni borishi xaqida ma’ruza qildi. N.N. Rijov va
V.E.Mixaylenkolar so‘zga chiqib, Sh.K.Murodov tomonidan qilinayotgan ilmiy
ishni ma’qullab, uni yanada rivojlantirish xaqidagi fikrlarini berdilar. Seminarning
ikkinchi kuni birga o‘tirib, Sh.K.Murodovning doktorlik
ilmiy ishi rejasi tuzib
chiqildi. Bir necha yil uzluksiz ishlab, doktorlik ilmiy ishini yakunlagan
Sh.K.Murodov dissertatsiya yozishni tugatdi. Bir necha ilmiy maqolalarini
Ukraina, Rossiya va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining ilmiy
jurnallarida chop ettirdi. 1988- yilda “FAN” nashriyotidan 9 b.t.li “Аналитико-
графические методы решения обратных метрических задач и их применение
в инженерной практике” nomli monografiya chop etildi.
Shu yillarda sobiq ittifoqda “Jamiyatni qayta qurish” siyosati barcha
sohalarda, shu jumladan, fanlar bo‘yicha ham avjiga chiqib ketayotgan davr edi.
5-rasm.
Sh.K.Murodovning
aspirantlik davri.
28
05.01.01. “Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi” mutaxasisligi
sohasida doktorlik dissertatsiyalar ximoya qilish kengashlari Moskva va Kiyevda
to‘xtatilgan edi. Ammo Kiyevlik olimlar Professor V.E.Mixaylenko
rahbarligida
Ukrainada tayyorlangan nomzodlik dissertatsiyalar ximoyasi uchun 13.05.01.
“SAPR” mutaxasisligi bo‘yicha yangi ilmiy kengash tashkil qilindi va bu ilmiy
kengash ikki yil muvofaqqiyatli ishladi. 1990-91 yillarda sobiq ittifoq
respublikalari mustaqillik e’lon qildilar va ularning mustaqil OAKlarini tuzdilar.
Fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlik va doktorlik ilmiy kengashlar tuzildi.
O‘bekistonda 05.01.01. mutaxasisligi bo‘yicha birorta xam fan doktori bo‘lmagan.
Faqat fan nomzodi professor R.Horunov bo‘lib, grafika fanlari yo‘nalishi bo‘yicha
doktorlik ilmiy kengash tuzish uchun bu etarli emas edi. 1992-yilda TIMIda
R.Horunov tashkilotchiligida 05.01.01 mutaxasisligi
nomzodlik dissertatsiyasi
ximoyasi uchun bir marta ilmiy kengash tuzilib, unga ikkita fan doktorlari
V.E.Mixaylenko va S.N.Kovalyovlar taklif qilingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: