Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg



Download 57,64 Kb.
Sana08.11.2019
Hajmi57,64 Kb.
#25336
Bog'liq
Mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
Kompyuter injiniringi(AT-Servis) yo’nalishi
Bitiruv malakaviy ishining hayot faoliyati xavfsizligi qismi
Bajardi: ________ _______ guruh talabasi

(imzo)

___________________
Qabul qildi: _______ ___________________

(imzo)

FARG’ONA - 2019
Hayot faoliyati xavfsizligi

Mehnatni muhofaza qilish – bu tegishli qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat - salomatligi va ish qobiliyati saqlanishi ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya - gigiyena va davolash – profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.

Kompyuterlar joylashgan xonaga qoʻyiladigan talablar

Xonani shifti oq koʻk fon bilan oqlanishi va devorlari esa yashil rangga oqlanishi kerak. Bu ranglar oftob nurlanishini bizga rang iqlimini yaratib beradi. Xonalarga qoʻyilgan talablar ishchi muhit ishchining (operator) ish joyi tashqi muhit faktorlari yigʻindisi boʻlib, ular quyidagi ishlardan iborat: fizik, ximik, biologik, axborot, sotsial-psixologik va estetik faktorlar tashqi muhit xossalari boʻlib operatorga ta'sir etadi. Ishchi muhit turlicha boʻlishi mumkin: ish joyida hayot faoliyatini ta’minlovchi vositalar operatorning talab etilgan mehnat qobiliyati sharoitini hosil qiladi va uni nohush faktorlar ta'siridan ximoya qiladi.

Xodimlar samarali faoliyat koʻrsatish uchun sharoit yaratish va texnik vositalarni ishlash uchun xonalar yorugʻ, toza, tovush va tebranishdan izolyatsiyalangan holatda loyihalanadi. Shkaf va devorlar tovush yutuvchi plitkalar bilan qoplanishi maqsadga muvofiqdir. Xona harorati optimal xaroratda 21-23° C da optimal namlik 40-60 %, chang konsentrasiyasi 0,2 mg/m3 dan va chang maksimal zarracha oʻlchash 3 mk dan oshmasligi lozim. Xonalarda bunday sharoitni ushlab turish maqsadida, xonalarni havo almashtirib turish koʻzda tutiladi.

Operatorning ishchi joyini tashkil etish

Operatorning uzoq vaqt davomida monitor ortida oʻtirishi natijasida koʻrish aparatining zoʻrikishi, ishdan qonikmaslik, bosh ogʻrigʻi, uyquning buzilishi charchoq va koʻz, boʻyin, bel, qoʻlarda ogʻriqlar sezila boshlanadi. EXM operatorining ish joyi deyilganda texnik manbalar va yordamchi qurilmalar bilan jihozlangan konkret ishlab chiqarish masalalarni yechishga moʻljalangan "operator -odam" ish faoliyati bilan shugʻulanadigan hudud tushiniladi.

Ish joyni mehnat xavfsizligi qoidalari va standartlar talablariga mos ravishda jihozlash kerak. Operatorning ish joyini toʻgʻri tashkil etilganida uning mehnat unumdorligi 8-20% oshadi. Kompyuter oʻrnatiladigan xonaga kompyuter soniga qarab turib quyidagi talablar qoʻyiladi: axborotlashtirish, bu tinglovchilarni yoki ishlovchilarning kompyuterda nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish bilan bajariladi. Shuning uchun kompyuter xonasida 2 tadan 5 tagacha kompyuter oʻrnatilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, kompyuter xonasini oʻlchamlari quyidagicha boʻlishi kerak (3x6x2,8 m).

Monitordan insonning koʻzigacha boʻlgan optimal masofa

Monitor koʻzdan ozgina pastroqda va 50 sm dan kam boʻlmagan masofada joylashishi kerak. Monitor va koʻz orasidagi masofa 80 sm gacha boʻlishi tavsiya qilinadi, bu masofa kichik boʻlsa insonning koʻzi tez charchaydi. Monitorni dizayni va ranggi oʻziga e’tiborni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning sirt tomonida har xil reklama yopishtirgichlar boʻlmasligi kerak. Monitorning ekrani zangori va koʻk ranglarga boʻyalishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki bu ranglar inson koʻziga eng yaxshi ranglardan hisoblanadi.

Ish joyining yoritilganligi

Ish joyini loyihalash vaqtida su’niy va tabiiy yoritish masalasi hal qilinishi kerak. Yoritish nafaqat ishlab chiqarish masalarini hal qilish balki u ishlayotgan odamning psixologik hamda fizik holatiga ta’sir koʻrsatadi. Ishlab chiqarish joylaridagi ratsional yoritganlikka qoʻyilgan talablar :



  • yorugʻlik manbai va yoritish tizimini toʻgʻri tanlash;

  • ishlab chiqarish tepaliklarini kerakli darajadagi yorugʻlik darajasi bilan ta’minlash;

  • koʻzni oladigan yorugʻlikni cheklash;

  • boʻliklarni yoʻqotish, tekis yorugʻlikni tashkillash;

  • yorugʻlik oqimining vaqtida tebranishini yoʻqotish yoki cheklash.

Kerakli darajadagi yoritilmaganlik oqibatida va koʻrish holatining zoʻriqishida bajarilyotgan ish davomida koʻzning charchashi kuchayadi umumiy ishlashi va ishlab chiqarish unumdorligi tushib ketadi va xatolar soni koʻpayadi.

Elektr tokining odamga ta`siri

Elektr jixozlari ishlatishi va tuzilish vaqtida odam elektr toki kuchlanishi ta`siri ostida qolishi mumkin.

Kuchlanishga ko`ra elektr qurilmalari 1000 V ga va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga ajratiladi.

Ishlab chiqarish industriyasining yanada rivojlanishi mamlakatimizning energiya bilan ta’sirlanganlik darajasining ustiga chambarchas bog’liqdir. Ishlab chiqarish korxonalarida mexanizatsiyalash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish keng joriy qilinmoqda. Elektr qurilmalariga xizmat ko`rsatishga bog’liq turli ixtisosliklarda ishlovchi ishchilar soni ko`payib bormoqda. Binobarin, ularning elektr tokidan shikastlanishi ehtimoli ham ortib bormoqda.Shu bois inson organizmiga elektr tokining ta`sirini o`rganish elektr tokidan shikastlanishi sabablarini tahlil qilish ishlab chiqarishda xavfsiz mexnat sharoitlarini yaratish uchun juda muhimdir.

Inson organizmiga elektr tokining ta`siri.

Elektr qurilmalarini ishlatishda izolyatsiya shikastlanishi natijasida mashina korpusi kuchlanish ostida qolib, odam unga tegib ketginida elektr toki uradi.

Odam tanasi orqali o’tgan elektr toki termik, elektr va biologik ta’sir ko`rsatadi.

Tokning termik ta`siri terining ayrim joylarini qo`yishida, qon tomirlari, qon, yurak, miya va boshqa a’zolarining yuqori haroratgacha qizishida namoyon bo`ladi.

Tokning elektr ta`siri qon va boshqa organik suyuqliklarning parchalanishida namoyon bo`ladi. Oqibatda ularning fizik – kimyoviy tarkibi buziladi.

Tokning biologik ta`siri organizmning tirik to’qimalari yallig’lanishi va asabiylashida namoyon bo`ladi.

Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va o’pka mushaklari ixtiyorsiz ravishda tortishib qoladiyu, natijada organizmda har – xil buzilishlar ro’y berishi, masalan, nafas olish va qon aylanish organlarining ishi buzilishi yoki xatto batamom to’xtab qolishi mumkin.

Elektr toki ta`sirining bu turlari shikastlanishining ikki turini keltirib chiqaradi. Elektr toki shikastlanishi va elektr toki urishi.

Elektr toki shikastlanishi bu, elektr toki yoyi ta`siri etishi natijasida organizmning ayrim joylaridagi to’qimalarning yaqqol shikastlanishidir. Elektr toki shikastlanishning quydagi turlari bilan farqlanadi: elektr tokidan kuyish, elektr izlari, terining metallanishi va mexanik shikastlanishlar.

Elektr izlari tok ta’sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko`rinib turadigan kulrang yoki och sarik rangdagi dog’lardir.

Izlar, tirnalishlar, kichik jarohatlar kesiklar yoki latlar ko`rinishida bo`ladi. Terining shikastlangan qismi kadoq singari qattiklashib qoladi.

Tering metallanishi elektr yoyi ta`sirida erigan metall mayda zarrachalarning terining ustki qatlamiga kirib qolishidir.

Bu hodisa, masalan, qisqa tovushlarda, kuchlanish ostida bo`lgan ajratgich va rubiliniklarni tarmoqdan uzatayotganda ro’y beradi.

Mexanik shikastlanishlar odam orqali o’tayotgan tok ta`sirida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib qolishi oqibatida yuz beradi. Natijada teri, qon tomirlari va asab to’kimalari uzilishi, shuningdek bunlar chiqishi va xatto suyaklar sinishi mumkin.

Elektr toki urishi deganda, organizm orqali elektr toki o’tganida tirik to’qimalarning asabiylashishi natijasida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda tortishib qolishi tushuniladi.

Odam organizmi elektr tokining ta`siri qanday oqibatlarga olib kelishiga qarab, elektr toki urishining shartli ravishda quydagi to’rt darajaga ajratish mumkin:

1. Daraja odamning mushaklari tortishib qoladi, ammo u xushidan ketmaydi;

2 Daraja odamning mushaklari tortishib qoladi, u xushidan ketadi, lekin u nafas oladi, va yuragi ishlaydi;

3 Daraja odamning mushaklari tortishib, yuragining ishlashi yoki nafas olishi buziladi, (yoki ikkalasi baravar ro’y beradi);

4 Daraja klinik o’lim yuz beradi, ya’ni nafas olish va qon aylanishi to’xtaydi.

Klinik o’lim hayot bilan o’lim o’rtasidagi holat bo`lib, yurak va o’pka ishlashdan to’xtagan paytdan boshlanadi. Klinik o’lim holatida bo`lgan odamda hech qanday hayot belgilari bo’lmaydi: u nafas olmaydi, yuragi ishlamaydi, og’riqni sezmaydi, ko’z qorachigi kengayadi va yorug’likni sezmaydi. Ammo bu davr organizmida hayot hali butunlay so’nmagan bo`ladi, chunki uning to’kimalari darrov o’lmaydi va turli a’zolari hali ishlab turadi. Garchi bu jarayon endi juda sust, odatdagidan farqli ravishda kechsada, ammo eng kichik hayot faoliyati uchun xatarli bo`ladi.

Birinchi navbatda kislorod yetishmasligiga juda sezgir bo`lgan bosh miya qobig`ining hujayralari o’la boshlaydi. Ong va taffakur ana shu hujayralarning faoliyatiga bog’liq. Shu sababli klinik o’limning davom etish vaqti yurakning ishlashi va nafas olish to’xtagan paytda to bosh miya xujayralari o’la boshlaydigan paytga qadar o’tadigan vaqt bilan aniqlanadi. Ko`p hollarda bu vaqt 4—6 minut, tasodifan elektr toki urishi natijasida o’lganda esa 7—8 minutni tashkil etadi.

Biologik (haqiqiy) o’limni qaytarib bo’lmaydi, hodisa bo`lib, bunda organizm hujayralari va to’kimalarida biologik jarayonlar to’xtaydi.

Elektr toki ta`sirining oqibati qator omillar ;

Odamdan o’tayotgan tok kuchi va uning ta`siri etib turishi vaqtiga o`tish yo`liga, tarmoq kuchlanishiga, odam tanasining qarsxiligiga, tok turi va chastotasiga hamda organizmning o`ziga xos xususiyatlariga bog’liq.

Elektr qurilmalarida qo`llaniladigan kuchlanishlar odamlarni shikastlash xavfi darajasiga ko`ra uch turga; past volt -12 va 42 V, o’rta - 42 dan 1000 V gacha hamda yuqori – 1000 dan ziyod kuchlanishlarga ajratiladi. Past voltli kuchlanish shartli ravishda xavfsiz hisoblanadi, ammo muhitga bog’liq ravishda bunday kuchlanish ham xavf tug’dirishi mumkin.

Odam tanasidan o’tuvchi tokning qiymati bosh omil bo`lib, shikaslanish oqibati unga bog’liqdir: tok qancha katta bo’lsa, uning ta`siri shuncha xavfli bo`ladi. Odam o`zi orqali o’tayotgan 50 Gts chastotali va nisbatan kichik 0,5-1,5 mA qiymatli tokni seza boshlaydi. Bu tok sezilarli tok deb ataladi. U odamni shikastlamaydi, shuning uchun xavfsiz hisoblanadi.

Tok kuchi kattalashib borgani sari og’riqni sezish ortib boradi. 10—15mA /50 Gts li tok mushaklarning kuchli va juda og’riqli tarzda tortishib qolishiga olib keladi, odam bunday tortishishlarni yenga olmaydi, ya’ni tok o’tayotgan qismiga tegib turgan qo`lni tortib ololmaydi, simni o`zidan olib tashlay olmaydi va xuddi tok o`tkazuvchi qismiga yopishib qolgandek bo`ladi. Bunday tok qo’yib yubormaydigan tok deyiladi.

Milliamperli tok turidan turi yurak muskullariga ta’sir qilib uning to’xtab qolishiga yoki muskullarga ta`siri qilib uning to’xtab qolishiga yoki vibratsiyasiga sabab bo`ladi. Bunday sharoitda yurak nasos singari ishlay olmaydi. Natijada qon aylanishi to’xtaydi va organizm o’ladi.

Odam tanasidagi har xil to’qimalar elektr tokiga turlicha qarshilik ko’rsatadi. Masalan,teri, uning epidermis deb ataladigan tashqi qatlamlarining qalinligi 0,1 –0,5 mm bo`ladi va asosan jonsiz qotib ketgan hujayralardan tashkil topadi. Bu qatlamning qarshiligi katta, bo`lib odam tanasining umumiy qarshiligini belgilaydi.Odam tanasi ichki to’qimalarning qarshiligi 300 - 500 Om ni tashkil etadi. Odam tanasining qarshiligi 3000 dan 1000000 Om gacha o`zgarib turadi. Shikastlangan tananing qarshiligi eng past 300 - 500 Om bo`ladi. Tok kattalashishi va uning tanadan o’tib turish vaqti ortishi bilan ter chiqishi ko`payishi va boshqa omillar tufayli tananing qarshiligi pasayadi. Qarshilikni hisoblashda odam tanasinining o’rtacha qarshiligi 1000 Om ga teng qilib olinadi.

Odamlarni elektr tokidan shikastlanishining asosiy sabablari quyidagalardan iborat:

1. Kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketish, tok o`tkazuvchi qismlarda kuchlanish borligini bilmay qolganda yuz berishi mumkin.

2.Elektr qurilmasining odatdagi sharoitda kuchlanish ostida bo’lmaydigan, ammo tasodifan kuchlanish ostida qolgan metall qismlariga tegib ketganda.

3.Odam turgan yer qadam kuchlanishining paydo bo’lish. Bu hol simning yerga tutashib qolishi, potentsial chiqib ketishi, himoyalovchi yerga ulash uskunasining, nollash simning buzilganligi va boshqa sabablar tufayli yuz beradi.


Yong’in xavfsizligi

Elektr toklarini qisqa tutashuvi natijasida kuchlanish ortib ketish yuzaga keladi. Natijada yong’in chiqish xavfi tug’iladi. Bu yong’in chiqish sabablaridan biri hisoblanadi. Xonalarning yong’inga qarshi toifasiga qarab bo’linadi. Agar yong’in chiqqan paytda operator darhol yong’inni sababini bilishi va uni bartaraf etish usullarini ko’rishi lozim. Buning uchun elektr tokidan yong’in chiqqan bo’lsa liniyani elektr tokidan uzib, so’ng o’chirishga kirishish kerak. Shu bilan birgalikda o’t o’chiruvchi guruhlariga habar qilishi lozim.

1-masala

YERGA ULASH QURILMALARINI HISOBLASH

Yechish:



Dastlabki berilganlar:

=300 Om.m; =10 Om; =1,4 Om;

=0,9 Om; =150 Om; l =6 m; d = 0,05m;

t =2,5 m; η= 0,67; UF 220V.



Yechish:

1. IQT.-qisqa tutashuv tokining qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:



IQT  Uf  Zn =220/1,4=157,1 A (1.2)




bu yerda Zn–faza–nol halqasi qarshiligi (Zn-transformator ikkilamchi cho’lg’amlari, faza o’tkazgichi, nolinchi o’tkazgichlar qarshiliklari qiymatlarini o’z ichiga oladi);

Uf-faza kuchlanishi.

2. Yerga nisbatan korpusning qayta yerga ulanishsiz kuchlanishi quyidagicha aniqlanadi:

UE  IQT ZN =157*0,9=141,4 V (1.3)

bu yerda ZN –nolinchi o’tkazgichning qarshiligi

3. Yerga nisbatan korpusning qayta yerga ulanishli kuchlanishi quyidagicha aniqlanadi:



UEK  UE Rn / (Rn + R0) =141,4*10/(10+4)=101 V (1.4)




bu yerda R0, Rn–mos ravishda neytralni yerga ulanish va nolinchi o’tkazgichning yerga qayta ulanish qarshiliklari, bunda R04 Om. Nolinchi o’tkazgichning yerga qayta ulanishi qisqa tutashuv momentida, ayniqsa nolinchi o’tkazgich uzilib qolganida korpusdagi kuchlanishni kamaytiradi.

4. Nolinchi o’tkazgich uzilganda va uzilgan joydan keyingi korpusga tutashuv yerga nisbatan korpuslar kuchlanishi quyidagiga teng

Nolinchi o’tkazgich yerga qayta ulanmaganida

a uzilish joyidan keyin nolinchi o’tkazgichga ulangan korpuslar uchun



U U=220 V (1.5)




b uzilish joyidan oldin nolinchi o’tkazgichga ulangan korpuslar uchun

U2=0 (1.6)



Nolinchi o’tkazgich qayta ulanganida

v uzilish joyidan keyin nolinchi o’tkazgichga ulangan korpuslar uchun



U  U· =220*10/4=1,57 V (1.7)



g uzilish joyidan oldin nolinchi o’tkazgichga ulangan korpuslar uchun

·=220*1000/14=15714 V (1.8)

5. Ko’rsatilgan hollarda inson tanasidan oqib o’tuvchi tok quyidagicha aniqlanadi:

a) =220/10=22 A (1.9)



b) ; (1.10)




v) =1,57/10=0,157 A (1.11)




g) = 15714/10=1571,4 A (1.12)



bu yerda R-inson tanasining qarshiligi (odatda R1000 Om qabul qilinadi).

6. Faza tasodifan yerga tutashib qolganida nolinchi o’tkazgich qayta yerga ulanmaganida nolga ulangan qurilma korpusidagi kuchlanish quyidagiga teng bo’ladi



=(220+4)/(150+4)=1,4 V (1.13)



bu yerda R0-neytralni yerga ulanish qarshiligi, R0 Om

R3M-faza o’tkazgichini yerga ulanish joyidagi qarshiligi.

7. t- chuqurlikka qoqilgan bittalik yerga ulagichning qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:

=0,366*300/6(lg(6*2/0,05)+1/2*lg((4*2,5+6)/4*2,5-6))=18,3*2,6=47,5 Om.

(1.14)




bu yerda -gruntning solishtirma qarshiligi, Om mm  1m3 hajmli grunt namunasining qarshiligi ;

-trubaning uzunligi, m; d-trubaning diametri, m; t-yer sirtidan trubaning o’rtasigacha bo’lgan masofa;



8. ‘3 ekranlash koeffitsientida zarur bo’ladigan yerga ulagichlar raqami quyidagicha aniqlanadi;

=47,5/0,67*4=17,7 (1.15)

bu yerda R3 Om-yerga ulash qurilmasining talab qilinadigan qarshiligi.
Download 57,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish