179
Dastlab
suv oqizib yuviladigan xaritasi
deb nomlangan, quyqa oqib
tushadigan maydon atrofida do‘ngliklar hosil qilinadi. (bo‘ldozer yordamida bu
hudud perimetri bo‘ylab berilgan balandlikda grunt do‘ngliklari hosil qilinadi). Suv
oqiziladigan yuvilish xaritasining eni tiklanadigan to‘kilma
asosining eniga teng
qilib olinadi, xaritaning uzunligi 100...200 m oraliqda qabul qilinadi. Suv oqizib
yuviladigan xarita enining uning uzunligiga nisbatan optimal nisbati 1: 3 dan 1: 8
gacha bo‘ladi. Shunga bog‘liq ravishda xaritaning uzunligi ko‘pincha bu nisbatga
keltiriladi, ya’ni bu uzunlik kamaytiriladi yoki uzaytiriladi.
Bir vaqtning o‘zida ish joyida kamida uchta xarita-qamrov joylashishi lozim:
birinchi xarita-qamrovda
quyqani tindirish
,
ikkinchisida
quyqani uzatish
,
uchinchisida esa
do‘ngliklar hosil qilish
joylashadi. Bu xaritalarda navbat bilan
gruntni yuvish, tindirish (suvsizlantirish) va keyingi qatlamni suv oqizib yuvishga
tayyorgarlik ishlari bajariladi. Har bir xarita konturi bo‘ylab buldozer yordamida
quyqaning yuviladigan qatlami balandligida yer do‘ngliklari tiklanadi va bu xarita
chegarasida oldindan o‘rnatilgan, xarita chegarasiga chiqarilgan quvurga ega
bo‘lgan drenajli (suv yig‘uvchi) quduq o‘stiriladi.
Quyqani oqizib yuvish va tashishning mavjud bo‘lgan estakadali va
estakadasiz usullaridan ko‘proq foydalaniladi (5.33. - rasm).
Gruntni oqizib
yuvib joylashtirishning
estakadali usuli
shundan iborat
bo‘ladiki, bunda magistral quyqa oqizgich quvurlarii to‘kilmaning bo‘ylama o‘qi
bo‘ylab inventar estakadalarga joylashtiriladi, bu estakadalarning balandligi
tiklanayotgan to‘kilmaning balandligidan yuqoriroq bo‘ladi.
180
5.33 rasm. Gruntni oqizib yuvib joylashtirish:
a – estakadali usul bilan; b – past estakadali usuli; 1 – do‘nglik; 2 – quyqa oqizgich; 3 –
suv yig‘adigan quduq (drenaj); 4 – suvni chetlatuvchi quvur; 5 – yuvilib cho‘ktiriladigan grunt
qatlamlari; 6 – quyqa oqizgichning ko‘chiriladigan tayanchi.
Quyqaoqizgichdan quyqa ketma-ket
xaritaga yoki oqizib yuvish
uchastkasiga uzatiladi. Bu usul keng to‘kilmalarni oqizib yuvib cho‘ktirish uchun
qo‘llanadi. Yuvishning ikki usuli – quyqa oqizgichning ko‘ndalang tomonidan olib
boriladigan past estakadali oqizib yuvish va, quyqa oqizgichning oxirgi bug‘ini
(zvenosi)ning yon teshiklari orqali amalga oshiriladigan yuqori estakadli oqizib
yuvish.
Estakadasiz usul
shunisi bilan farqlanadiki,
unda magistral quyqa
oqizgichlar to‘kilmadan tashqarida joylashtiriladi, ya’ni ularni bo‘lajak to‘kilma
tag qismi yoniga xaritaning ikkala tomonidan joylashtiriladi va har bir 10...20 m
dan keyin quyqa oqizgichga patruboklar (qisqa truba) biriktiriladi, o‘z navbatida
ularga teshiklarga ega bo‘lgan gorizontal quvurlar biriktirilgan bo‘ladi, bu
teshiklardan quyqa yuviladigan tekislikka oqib tushadi. Bu usul ancha ilg‘or
usullardan biridir, chunki uning qo‘llanishi bir million kubometr gruntni yuvishda
estakada hosil qilishga sarf bo‘ladigan 1000 kubometr atrofidagi yog‘och
materiallarni tejash imkonini beradi. Gruntning eng
yirik zarralari bu usulda
to‘kilmaning yon qismlari bo‘ylab o‘tiradi (cho‘kadi), bu esa yon qismlarni
mustahkamlaydi, demak ular suv bosimi qarshisidagi qurilayotgan damba,
to‘g‘onlar va boshqa inshootlarni yanada ustivor qiladi.
To‘kilmalarning atrofidagi yer do‘ngliklari suvning bir marta yuvilishi
uchun 1,0...1,5
m balandlikda tiklanadi, yuvilishning o‘zi esa joylashtirilayotgan
gruntning drenajlanuvchanlik qobiliyatiga bog‘lik ravishda 20 dan 100 sm gacha
qalinlikda bajariladi. Suvning yuvilayotgan to‘kilmadan tezroq oqib ketish
jadalligini oshrish uchun
chiqarib tashlovchi quduqlar
quriladi, ulardagi tiniq
(aralash gruntdan bo‘shagan) suv to‘kilmaning chegarasidan tashqariga
181
yo‘naltiriladi. Grunt qatlamlarining yuvilish me’yoriga qarab quduqlar o‘z
balandligi bo‘yicha o‘stirilib boriladi.
Oqizib yuvish usuli orqali to‘kilmalarni barpo etish gruntning sezilarli
darajadagi zichligini ta’minlaydi, shu tufayli uni sun’iy
ravishda zichlashtirish
talab etilmaydi, to‘kilmalarga esa balandlik bo‘yicha keyingi tabiiy cho‘kishiga
katta bo‘lmagan zahirani beriladi (qumli loy va loyli qum gruntlar uchun 1,5%,
qumli gruntlar uchun esa 0,75 %).
Do'stlaringiz bilan baham: