O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Yer ishlarini bajarishning yer osti usullari



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

5.10. Yer ishlarini bajarishning yer osti usullari 
 
Yer ishlarini bajarishning yer osti usullari jadal harakatga ega bo‘lgan 
transport magistrallari kesishgan joylarda quvurlarni yotqizish zaruriyati yuzaga 
kelgan vaziyatlarda qo‘llaniladi, bu magistrallarni hattoki qisqa muddatga ham 
to‘xtatib bo‘lmaydi. Quvurlarni yotqizish, kollektorlar va yer osti o‘tish yo‘llari, 
transport tunellarini qurishning bunday sharoitlarida gruntni qazishning 
transheyasiz usuli qo‘llanadi. Transheyasiz usul yer osti qazilmalarini yer 
yuzasidan gruntni ustki qismini ochmasdan turib bajarishni, ya’ni 
kommunikatsiyalarni bevosita yer qa’riga yotqizishni ko‘zda tutadi. Gruntlarni yer 
ostida qazishning bir nechta – bosim ostida itarish, teshib o‘tish, gorizontal 
burg‘ilash kabi usullari mavjud. 
Bosim ostida itarish
diametri 700...1800 mm bo‘lgan po‘lat quvurlarni 80 
m gacha uzunlikda yotqizish uchun qo‘llanadi. Quvurlarni bosim ostida o‘tkazish 
qurilmasi (5.34 - rasm) bitta rama yoki bir nechta gidravlik domkratlardan tashkil 
topgan bo‘lib; ular quvurlarning uchiga qisib kiydirilgan flanetslar orqali 
quvurning ko‘ndalang tomoniga kuch beradi. Quvurning qarama-qarshi uchi 
pichoqli xalqa bilan jihozlanadi, quvurning oxirgi uchiga payvandlab 
mahkamlangan bu pichoqli xalqa gruntning qarshiligini kamaytirish uchun xizmat 
qiladi, chunki uning diametri quvur diametridan katta bo‘ladi. Qoziqlar yoki 
yog‘och bruslar qatoridan tashkil topgan “maxsus devor” domkratlarning tayanchi 
sifatida xizmat qiladi.


182 
Quvurni domkrat shtoki uzunligida birinchi marta itargandan keyin uni 
teskari harakatlantirib dastlabki holatga qaytarish amalga oshirilib, qisuvchi flanets 
va quvurning ko‘ndalang yon tomoni orasiga domkrat shtoki uzunligiga teng 
bo‘lgan qisuvchi patrubok (kalta quvur) o‘rnatiladi va bosim ostida itarish tsikli 
takrorlanadi. Patruboklar shtok uzunligiga va shtokning ikkilangan uzunligiga teng 
bo‘ladi. 
Bosim ostida itarish natijasida quvur oxiri priyamkaga yetganda, quvurga 
qo‘shimcha ya’ni navbatdagi quvur bug‘ini (zvenosi) payvandlanadi, quvur 
ichidagi grunt kanatli tortgichga ega bo‘lgan kurak bilan chiqariladi yoki suv bilan 
yuviladi. 
5.34 rasm. Gruntni domkrat shtoki uzunligida bosim ostida itarib qazish (a ) va uzunligi L 
va 2L bo‘lgan patruboklardan (kalta quvur) foydalangan holda gruntni qazish (b): 
1 – tayanch devor; 2 – nasos; 3 – domkrat; 4 – qisuvchi flanets; 5 – quvur; 6 – chuqurcha; 
7 −qisiluvchan patruboklar; 8 – pichoqli xalqa; 9 – domkratning shtoki 
Bosim ostida itarish orqali yotqiziladigan quvurlardan asosan ularning ichiga 
ishchi quvuro‘tkazgichlarni (truboprovod) joylashtirish uchun foydalanilib, bu 
quvurlar ishchi quvuro‘tkazgichlar uchun qobiq sifatida xizmat qiladi. Bosim 
ostida itarish usulining tezligi bitta smenada 1,5...3 m ni tashkil etadi.


183 
Bosim ostida itarish usulining kichik tezligi, qisuvchi patruboklarni doimiy 
ravishda almashtirish va quvur bo‘laklarini o‘stirib borish (ularning uzunligi 
domkrat shtokining uch karra uzunligidan ortiq bo‘lmasligi yoki 3 m dan 
oshmasligi kerak) zarurligini inobatga olib grunt quvur ichidan katta bo‘lmagan 
portsiyalarda chiqariladi, lekin domkratlar ishlayotgan vaqtda ishchilarning quvur 
ichida bo‘lishi ta’qiqlanadi. Gidravlik domkratlarning nasoslari yerning 
ko‘rinadigan sirtiga joylashtiriladi, domkratlarning jamlangan kuchi odatda 500 t 
dan oshmaydi. Gruntning qarshiligi katta bo‘lgan hollarda quvurlarni itarib 
surishda ko‘rsatiladigan katta kuchlar quvuro‘tkazgich trassalarining qayrilishiga 
va ularning deformatsiyalanishiga olib kelishi mumkin. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish