176
Gidromonitorlar bilan gruntni yuvish pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga
qarab olib boriladi.
Pastdan yuqoriga
qarab yuvishda (
ro‘para zaboy
)
gidromonitor zaboy tubiga o‘rnatiladi, suv oqimi zaboyning tub qismini yuvadi,
o‘zining xususiy massasi ta’sirida yuqori qism birin-ketin qulay boshlaydi.
Ag‘darilgan grunt quyqa hosil qilish
oqibatida yengil yuviladi, bu quyqa qiya
joylashtiriladigan maxsus tayyornalgan lotoklar orqali tindirgichga yoki
joylashtiriladigan joyga ko‘chiriladi. Tindirgich bo‘lgan vaziyatlarda undagi grunt
nasos yordamida quvurlar bo‘ylab to‘kilmadagi joylashtirish o‘rniga ko‘chiriladi.
Ro‘para zaboy usuli eng unumdor usuldir.
Gidromonitorning yuqori
unumdorligi yuvilayotgan zona ustida joylashgan gruntning davriy ag‘darilishi
tufayli ta’minlanadi. Bu samaradorlik zaboy oldidagi gruntning yuqori qatlamlarini
namlash yo‘li bilan ta’minlanadi, bu esa o‘z navbatida gruntning oldindan
ag‘darilishiga olib keladi yoki zaboy fronti bo‘ylab gruntni portlatish hisobiga
erishiladi. Gidromonitorni quyqa oqimi orasida qoldirmaslik uchun quyqani ishlab
turgan qurilmaning ikki tomonidan quyqa yo‘nalishi
aylanib oqishini muntazam
ravishda nazorat qilib turish taqoza etiladi.
5.31.-rasm. Grunt qazishning gidromonitorli usuli:
a – gidromonitor sxemasi; b – ro‘para zaboy; v – yo‘l-yo‘lakay zaboy (yo‘ldosh) zaboy;
1 – suv o‘tkazgich quvur; 2 – boshqarish tortqisi; 3 – stvol; 4 – uchlik (nasadka); 5 –
sirpanadigan chanacha; 6 – zaboy fronti; 7–gruntni
yumshatish uchun suvli quduq; 8 –
quyqaning tindirgichga oqish yo‘nalishi.
Gruntni
yuqoridan pastga (yo‘l-yo‘lakay zaboy)
qarab yuvishda
gidromonitor zaboyning yuqori qismiga o‘rnatiladi.Bunda avval kuyqani oqizish
uchun zarur bo‘lgan transheya suv bilan yuvish yordamida hosil qilinadi, so‘ng suv
177
oqimining transheya yon devorlariga ko‘rsatadigan ta’siri
ostida butun zaboy
vaziladi. Bu usul ishchilarga yaxshi mehnat sharoitlarini ta’minlab beradi, lekin
suv bosimining energiyasidan to‘liq foydalanilmaydi. Yo‘l-yo‘lakay zaboyda
gidromonitorning ish unumdorligi ancha past bo‘ladi, lekin mexanizm quruq grunt
bo‘ylab suriladi, quyqa oqimi suv oqimidan yetarlicha tezlikni olib loyqaning jadal
oqishini ta’minlaydi
Ikki holatda ham grunt qazishning gorizontal burchagi 90...120
0
atrofida
bo‘ladi.
Ishlarni iqtisodiy jihatdan tejamkor bajarish uchun
kerakli miqdorda suvni
o‘zatishga qodir bo‘lgan nasos tanlanadi, bunday nasos uchun optimal diametrli
chiqib turuvchi naychaga (soploga) ega bo‘lgan forsunka katalog bo‘yicha
aniqlanadi. Suvning sarflanishi forsunkaga bog‘liq bo‘lsa, zarur bo‘lgan bosim esa
nasosga bog‘liq bo‘ladi.
Quyqa zaboydan lotoklar orqali tindirgich (zumpf)ga oqib tushadi, tindirgich
odatda zaboydan 10...50 m masofada joylashadi. Tindirgich (zumpf)dan quyqa
nasos yordamida so‘rilib, bosim ostida berk usulda quvurlar
orqali joylanadigan
o‘ringa uzatiladi. 1/100 dan kam bo‘lmagan nishablikdagi joyda quyqa tindirgich
(zumpf)larsiz lotoklar bo‘ylab gruntni tarqatish (joylashtirish) joyiga oqiziladi.
Suv osti zaboylarida grunt yer snaryadlaridan foydalangan holda ye
Do'stlaringiz bilan baham: