Jahonda qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish uchun kerakli miqdorda suvni yetkazib berish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha 4 mlrd 886,3 mln



Download 13,71 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi13,71 Kb.
#756055
Bog'liq
Jahonda qishloq xo


Jahonda qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish uchun kerakli miqdorda suvni yetkazib berish muhim masalalardan biri hisoblanadi. «Dunyo bo‘yicha 4 mlrd 886,3 mln. gektar maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib, ularning 43,2 foiz qismidagi ekinlarni sug‘orish uchun suvni nasos stansiyalari yordamida yetkazib berish tizimlaridan foydalaniladi».
Tobora ortib borayotgan ekin maydonlariga kerak bo‘ladigan suvni talab qilingan miqdorda yetkazib berish uchun nasos stansiyalaridan ishonchli foydalanishni ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada rivojlangan davlatlarda, jumladan Amerika, Osiyo va Yevropa davlatlarida ma’lum yutuqlarga erishilgan bo‘lib, ularda nasos stansiyalarining ishonchliligini oshirish va suvni uzluksiz hamda kerakli miqdorda yetkazib berish uchun sug‘orish tizimi nasos stansiyalarining foydalanish ko’rsatkichlarini oshirish va bu tizimdagi gidromexanik jihozlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida, jumladan «... milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish» ta’kidlab o‘tilgan. Bunga asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni barqarorlashtirish uchun sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini rivojlantirish, barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan tejamli va ratsional foydalanish kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular asosida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
- 734,9 kilometr magistral, tumanlararo va xo‘jaliklararo kollektorlarni, 348,3 kilometr tik yopiq drenaj tizimlarini, 6 meliorativ nasos stansiyalarini, 79 meliorativ tik quduqlar va 131 meliorativ ob’ektlarning gidrotexnik inshootlarini qurish va ekspluatatsiya qilish;
- 14537,2 kilometr ochiq kollektorlarni, 1330,5 kilometr tik yopiq drenaj tizimlarini, 15 meliorativ nasos stansiyalarini, 791 meliorativ tik quduqlar va 2277 meliorativ ob’ektlarning gidrotexnik inshootlarini ta’mirlash va tiklash;
-500 kilometr kanallarni, 674 kilometr sug‘orish nov tizimini, 10 kilometr bosimli quvurlarni, umumiy suv hajmi 625 mln. m3 suv omborlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 0,5 kilometr qirg‘oq hududlarni himoya qilish.
Umuman olganda gidrotexnik inshootlarni qurish, ekspluatatsiya qilish, ularning xavfsiz ishlashini ta’minlash mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shuvchi o‘ziga xos omillardan biridir. Bu sohani isloh qilishda mamlakatimizda bir qator ijobiy o‘zgarishlar qilinmoqda. Bularning bir qismi tegishli muassasa va institutlarga vazifa qilib belgilandi.
Mamlakatimiz hududi iqlim jihatidan arid zonasida joylashgan, ya’ni yer va suv hamda ekinlar yuzasidan bug‘lanib ko‘tarilayotgan suv miqdoriga qaraganda, yillik yog’ingarchilik miqdori 15-25 marta kam. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ekinlaridan sug‘orish orqali hosil olinadi. Bir necha o‘n yillardan buyon 4,3 mln. ga sug‘oriladigan yerlar mavjud bo‘lib ushbu ekin maydonlarining 53 % ga yaqin hududiga 43 dona ulkan va katta, 1660 donadan ortiq o‘rtacha, hammasi bo‘lib 1670 dan ortiq, hamda SIU va fermer xo‘jaliklarining 8100 donadan ortiq kichik nasos stansiyalari va qurilmalari suv ko‘tarib beradilar. Yer osti suvlari sathini tartibga solish, ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlash maqsadida Respublikada 7620 (4624 dona sug‘orish, 3474 dona meliorativ) donadan ortiqroq vertikal quduqlarga o‘rnatilgan nasos qurilmalari ekspluatatsiya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 10 iyuldagi 6024 sonli “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini ivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljalangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida “Suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobidagi 1687 ta nasos stansiyalarining 74 foizi 30 yildan, 20 foizi 20 yildan, 6 foizi 10 yildan ortiq xizmat qilmoqda yoki 94 foiz nasos stansiyalari norimativ xizmat muddatini (16-18 yil) o‘tab bo‘lib, ularni modernizatsiya qilish va almashtirish, jami 2887 km bosimli quvurlarning 10,3 foiz qismi esa birinchi navbatda almashtirishni talab etib, oqibatda ularni ishlatishda avariya holatlari ko‘plab kuzatilmoqda, shuningdek, elektr energiyasi sarfi yuqoriligicha qolayotganligi” aytib o‘tilgan. Ko‘plab nasos stansiyalari uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishi natijasida, ularning foydalish ish koeffitsienti kamayib ketgan. Natijada energiya isrofi, qishloq xo‘jalik ekinlari uchun talab etilgan suv sarfini ta’minlab berishdagi isrof bo‘lishlar, jihoz va uskunalarning ta’mirlashlar aro davrining kamayishi sababli 1,0 m³ suvni yetkazib berish katta xarajatlar talab qilmoqda. Shuning uchun nasos stansiyalari ko‘tarib beradigan suv resurslaridan samarali, tejab-tergab foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Download 13,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish