160
Skreperlarning ekspluatatsion xarakteristikalari kerakli holatda ulardan
kotlovanlarni qazish va yuzalarni tekislashda foydalanish imkonini beradi.
Skreperning ishchi organi – pichog‘li cho‘michdan iborat bo‘lib, u gruntni
qatlamlab kesishni amalga oshirish bilan bir vaqtning o‘zida gruntni cho‘michga
yig‘adi. Skreperning transport holatiga o‘tishi cho‘michni ko‘tarish bilan bir
vaqtning o‘zida uni berkitish orqali amalga oshiriladi. Gruntni to‘kish skreperning
harakatlanish jarayonida cho‘michini og‘dirib unda to‘plangan gruntni
qatlamlab
to‘kish orqali amalga oshiriladi yoki cho‘michning orqa devorini surish bilan grunt
erkin yoki majburiy
ravishda to‘kiladi
.
5.23-rasm. Skreperlarning ishlash sxemalari:
a – skreperning umumiy ko‘rinishi; b – gruntni yig‘ish; v – tashish; g – qatlamlab
to‘shirish zichlash bilan birgalikda; 1 – mexanizmning harakatlanuvchi orqa devori; 2 –
skreperning cho‘michi; 3 – gruntni kesish va cho‘michni to‘ldirish jarayoni; 4 – shatak
(tortqich); 5 – old devori berk grunt bilan to‘ldirilgan skreper cho‘michi; 6 – pichoqli moslama
grunt
tashilayotgan holatda; 7 – mexanizmnng harakatlanuvchi devori chumichni to‘liq
bo‘shatilgan holatida; 8 – gruntni berilgan qalinlikda to‘kish; 9 – to‘kma qatlami
Skreperlar tirkamali (pritsepli), yarim tirkamali (yarim pritsepli), o‘zi
yuradigan turlarga bo‘linadi. Skreperning bosh parametri – bu cho‘mich sig‘imidir,
m
3
. Asosiy texnologik parametrlari; yuk ko‘tarish qobiliyati, gruntni qirqish
161
qatlamining
chuqurligi va eni, to‘kilayotgan grunt qatlamining qalinligi. Hozirgi
paytda qurilishda cho‘michining sig‘imi 3...15 m
3
bo‘lgan skreperlar
qo‘llanilmoqda. Jahon amaliyotida yer qazish ishlarida cho‘michining sig‘imi 60
m
3
gacha bo‘lgan skreperlardan foydalanilyapti.
Cho‘mich sig‘imi 4...25 m
3
li skreperlarning gruntni qirqish eni 2200...2800
mm oraliqda o‘zgarib turadi. Bu mashinalarningmaksimal qazish chuqurligi
250...400 mm ni tashkil etadi. “Tekislanadigan maydon” tipidagi yer inshootlarida
gruntni ishlash va gruntni tekislash jarayonlarini ancha aniq bajarish uchun joyning
relefiga bog‘liq holda skreper cho‘michi holatini avtomatik
boshqarish tizimini
qo‘llash mumkin
Gruntlar skreper bilan qazilganda IVta guruhga bo‘linib, ularning oxirgi
guruhi o‘lchamlari 300 mm dan katta bo‘lmagan yumaloq xarsang tosh hamda
boshqa toshlar aralashgan og‘ir loyli gruntlardan iborat bo‘lib, bunday gruntlar
oldindan yumshatiladi. Loyli qum va qumli loy
gruntlarni qazishda skreper
cho‘michlari grunt bilan “qalpoq” ko‘rinishida to‘liq yuklanishi mumkin. Yumaloq
xarsang toshlarsiz yengil gruntlar yumshatilmasdan birdaniga qazilishi mumkin,
ancha zich bo‘lgan gruntlarni esa oldindan yumshatish zarur. Quruq sochiluvchan
gruntlarni qazishda skreper cho‘michi 60...70% dan ortiq bo‘lmagan hajmda
to‘ldiriladi. Yopishqoq va o‘ta namlangan gruntlarni qazishda ularning cho‘michga
yopishib qolishi oqibatida o‘ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi.
An’anaviy konstruktsiyali skreper cho‘michini grunt bilan to‘liq va tez
to‘ldirish uchun traktor-itargichlardan
foydalanilib, ular cho‘mich qirrasi bilan
gruntni kesish kuchini oshirib beradi va cho‘michning to‘lish koefitsientini
oshiradi. Skreperning ish unumdorligini oshirish, ish
tsikli vaqtini kamaytirish
maqsadida skreper cho‘michini majburlab to‘ldiruvchi konstruktsiya, ikki motorli
skreperlar, skreper poezdlari ishlab chiqilgan. Bu ba’zi hollarda itargichsiz ishlash
imkonini beradi va gruntni ishlash narxini pasaytiradi.
Skreper yordamida yer ishlarining quyidagi jarayonlarini mexanizatsiyalash
mumkin: turli yer inshootlarida gruntni qazish va joylashtirish; gruntni 100 dan
162
5000 m gacha bo‘lgan masofaga ko‘chirish; o‘simlik qatlamini qirqib olish va
ko‘chirish; gruntni qatlamlab tekislash.
Skreper bilan gruntni ko‘chirishning optimal uzoqligi quyida keltirilgan.
Cho‘mich sig‘imi, m
3
3, 6, 10,
15, 50
Gruntni ko‘chirish uzoqligi, m 300 gacha, 500 gacha, 700 gacha, 1000 gacha 3...5km gacha;
Skreperning ishlashi quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: skreper
cho‘michiga gruntni yig‘ish, grunt bilan yuklangan skreperni ko‘tarmaga
ko‘chirish, cho‘michni bo‘shatish, tekislash va qisman zichlash bilan, skreperning
bo‘sh holatda qazilmaga qaytishi va tsiklni takrorlashi. Aniq (konkret) sharoitlar −
ish frontining uzunligi va ko‘chiriladigan yer
massalarining hajmlari, qazilma va
ko‘tarmalarning o‘zaro joylashishi tekislanayotgan hududning nishabiga bog‘liq
holda – skreperning harakatlanish sxemasi turlicha bo‘lishi mo‘mkin.
Grunt qazilayotgan va uni to‘kish joyining o‘zaro joylashganligiga hamda
ishlarni olib borish sharoitlariga bog‘liq holda bir nechta ishchi sxemalardan
foydalaniladi (5.24 rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: