153
uzoqligi, mashinalar alohida tiplarining tor doirada ixtisoslashtirilganligi, yer
qazuvchi-tashuvchi mashinalarining qo‘llanilishi bo‘yicha
aniqlangan bir qator
cheklanishlarga qaramasdan ularning yordamida ishlarni olib borishning turli
sharoitlarida ko‘plab asosiy, yordamchi va tayyorgarlik
jarayonlarini bajarish
mumkin. Buldozer va skreperlar bir tsikl davomida gruntni qaziydi, uni kuchiradi,
ko‘tarmaga to‘kadi va zaboyga bo‘sh holatda qaytib keladi. Bu mashinalar
yordamida bajarilgan ishlarning qiymati bir cho‘michli
ekskavatorlar yordamida
bajarilgan ish qiymatiga nisbatan 3...4 marta arzondir.
Buldozerlar
qurilishda katta hajmdagi yer ishlarini bajaradi. Asosiy texnik
parametrlar bazaviy mashinaning quvvati va massasi. Texnologik parametrlar –
buldozer surgichining uzunligi Hozirgi paytda bazaviy traktor quvvati 600 kVt dan
yuqori bo‘lgan buldozerlar qo‘llanilmoqda.
Buldozerning texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga bazaviy traktorga
buldozer jihozlari bilan birgalikda almashtiriladigan
qushimcha jihozlar
yumshatgich, nishab qiluvchi, buta kesuvchi, qanotchalar, uzaytirgich, tayanchlar
(buldozerdan skreperlarni itargich sifatida foydalanish) o‘rnatish orqali erishiladi.
Gidroyuritmaning keng qo‘llanilishi surgichni reja bo‘yicha boshqarish tizimini
yaxshilash va ko‘ndalang qiyshayishini boshqarish imkonini berdi. Buldozer ishchi
organini avtomatik boshqarish va tekislash ishlari sifatini oshirishni ta’minlovchi
avtomatik tizimlarni bo‘ldozerlarga o‘rnatish orqali ularning
ish samaradorligini
oshirishga erishiladi. 5.18 – rasmda zamonaviy buldozer sxemasi ko‘rsatilgan.
Buldozerni kompleks texnologik jarayon tarkibida qo‘llash ko‘p sonli
yordamchi, tayyorgarlik va asosiy jarayonlarni mexanizatsiyalashni ta’minlaydi.
to‘nka va butalarni kovlab olish;
gruntning o‘simlik qatlamini qirqib olish va chetga surish;
tushadigan qiya yo‘llar va gruntni tashishga mo‘ljallangan
yo‘llarni qurish hamda ularni asrash;
tekislash, yer inshootlari elementlarini tozalash va pardozlash;
drenaj ariqlarni qazish;
kirish yo‘llarini qurish;
154
turli turdagi yer inshootlarida gruntni qazish va qazilgan gruntni
joylashtirish;
gruntni qurilish maydoni chegarasida surish;
joylanayotgan gruntni qavatma-qavat tekislash;
qiyin ishlanadigan va muzlagan gruntlarni yumshatish;
qazilma va yon bo‘shliq (pazuxlar)larni zichlab qayta to‘ldirish;
Buldozerlardan gruntni qazilmadan ko‘tarmaga 100 m masofagacha surishda
foydalaniladi, quvvatli traktorlar ishlaganda bu masofa uzaytirilishi mumkin.
Buldozerlar transheya va kotlovanlarni chetida
joylashgan grunt bilan yon
bo‘shliqlari (pazuxlari)ni qayta to‘ldirishda, kotlovanlarning tubini boshqa
mexanizmlar bilan
ishlangandan keyin tozalashda, gruntni tekislash va
rejalashtirishda, katta va chuqur bo‘lmagan kotlovanlarni qazishda qo‘llanadi.
Gruntni uzoq masofaga surishda buldozer surgichining
yon tomonlari qanotlar
bilan jihozlanishi mo‘mkin.
.
5.18. – rasm. Buldozerning printsipial sxemasi.
Buldozerlar gruntlarni ishlash qiyinligi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi.
Uchinchi guruh gruntlari oldindan yumshatgichlar bilan yumshatiladi.