143
chuqurligi 12 m gacha bo‘lganligidadir. Ekskavatorning kovlash chuqurligi amalda
cheklanmagan bo‘lib, mashina konstruktsiyasi transport vositalarini yer ustida va
kotlovan tubida o‘rnatish imkoniyatiga ega, ya’ni ekskavatorning ishlashiga grunt
suvlari satxi ta’sir ko‘rsatmaydi. Ekskavator bilan yumshoq va zich gruntlarni shu
bilan birga suvga to‘yingan gruntlarni qazish samaralidir.
Ekskavator cho‘michi kran tipidagi uzaytirilgan strelaga po‘lat arqonda
(kanatda) osilgan bo‘ladi. Cho‘mich qazilmaga strela uzunligidan o‘zoqroq
masofaga tashlanib, yer yuzasi bo‘ylab strela tomon tortilib cho‘mich grunt bilan
to‘ldiriladi. So‘ng cho‘mich yotiq holda ko‘tariladi va mashina grunt to‘kiladigan
joyga qayiltiriladi. Tortilib to‘rgan kanat-arqon bo‘shashtirilib cho‘mich
bo‘shatiladi.
5.12-rasm. “To‘g‘ri cho‘mich”li ekskavatorning yonlama zaboyda ishlashi:
a – ish sxemasi; b – samosvalni
ortishga uzatish sxemasi; 1 – zaboyning og‘irlik
markazi; 2 – ekskavator qazish yo‘lining o‘qi; 3 – oldingi qazish yo‘lining o‘qi; 4 – veshka
(ishorat belgisi); 5 – avtosamosval harakat yo‘lining o‘qi; 6 – ekskavatorning to‘xtash joylari; 7
– strelaning o‘rtacha burilish burchagi.
Grunt qazilganda gruntni transportga va ko‘tarmaga to‘kadigan
ro‘para va
yonlama qazishni
qo‘llash mumkin. Odatda, draglaynning navbatdagi turish joyiga
surilishi strela uzunligining 1/5 qismini tashkil etadi. Qazilmaning eni, gruntni
to‘kish (ag‘darmaga yoki transport vositasiga joylashtirish) usuli va yer
inshootining o‘ziga xosligiga qarab, amalda grunt qazishning mokisimon (borib-
144
kelish) usuli qo‘llaniladi, chunki ekskavatorning
konstruktiv yechimi bunday
sxemalarni qo‘llashga ruxsat etadi.
Ko‘ndalang mokisimon sxema
qazilmaning tubida ortishga o‘zatilgan
samosvalning ikki yon tomonidan navbatma-navbat grunt to‘kish davomida strela
qayrilishini to‘xtmagan holda grunt qazish imkonini beradi.
Bo‘ylama-mokisimon
sxemada
grunt kuzovning orqa devori oldidan yig‘ilib va cho‘mich uni ko‘tarib
kuzovga to‘kadi. Ekskavatorning ish tsiklida qayrilishlar asosiy vaqtni egallaydi,
bu borada minimal burchak qayrilishiga ega bo‘lgan mokisimon sxemalar ortish va
to‘kish uchun optimal bo‘ladi. Cho‘michning ko‘tarish
balandligi kamayishi va
ekskavatorning qayrilish burchagining qisqarishi hisobiga (bo‘ylama-mokisimon
borib kelish sxemasida 0
0
ga yaqin, ko‘ndalang mokisimon sxemasida 9...20
0
)
ekskavatorning ish unumdorligi 1,5...2 marta oshadi. Qo‘llaniladigan “draglayn”
qurilish ekskavatorlari cho‘michining sig‘imi 0,25...2,5m
3
.
Greyfer
(5.10,v rasm) o‘ziga xos holatlarda chuqur kotlovan, transheya,
quduqlar va grunt suvlari satxidan pastdagi gruntlarni qazishda qo‘llaniladi.
Greyferning cho‘michi ikki yoki undan ko‘proq
kaft kurak, kanatli yoki oxirgi
paytlarda majburlab birlashtiradigan tirgovichli uzatuvchi kaftli kuraklardan iborat.
Greyfer strelaga osiladi va tik devorli qazilmalarni qaziydi. Strela cho‘mich
to‘kiladigan joyga qayriladi va kaft kurak majburlab ochilishi hisobiga cho‘mich
bo‘shaydi. Cho‘michning gruntga botishi faqat o‘zining massasi va tirgovichni
majburlab tushirish
hisobiga amalga oshiriladi, shuning uchun shuning uchun u
bilan kam va yuqori zichlikdagi gruntlarni, shu bilan
bir qatorda suv ostidagi
gruntlarni qazish mumkin. Qo‘llaniladigan “greyfer” qurilish ekskavatorlari
cho‘michining sig‘imi 0,25...2,5m
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: