Konlarni ochiq usulda qazishda xavfsizlikning yagona qoidalari to‘G‘risida umumiy tushunchalar



Download 39,74 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2022
Hajmi39,74 Kb.
#530710
  1   2
Bog'liq
2.Konlarni ochiq usulda qazishda xavfsizlikning yagona qoidalari to‘g‘risida umumiy tushunchalar


KONLARNI OCHIQ USULDA QAZISHDA XAVFSIZLIKNING YAGONA QOIDALARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Transheyalar o’tkazish, pog’onalarni qazish, uyumlarni to’kish va shu kabi konchilik ishlari, shuningdek yuklash punktlaridagi ishlar, korxona (Karer) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan, jihozlar joylashishini, ishlarni bajarish tartibini, xavfsizlik choralarini, ish maydonchalari, pog’ona va uyumning ruxsat etilgan o’lchamlarini, shuningdek pog’ona va uyumning yuqori hamda pastki chetiga nisbatan jihozning masofasini belgilaydigan pasportga muvofiq ravishda olib borilishi kerak. Pasportlar konchilik mashinalarida va Karer ma’muriyatida bo’lishi kerak. Ishlar ijrochilari va rahbarlari Pasport bilan imzo chekib tanishtirilishi kerak. Tasdiqlamagan pasportlar bilan yoki undan chetlangan xolda konchilik ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Pasport bilan ko’zda tutilmagan vaziyatlar paydo bo’lganda, ish to’xtalishi kerak va ishlar rahbari tomonidan ishni xavfsiz bajarish tartibi va choralari to’g’risidagi qaror qabul qilinganidan keyin ishlarni boshlash mumkin. Vaziyat yana takrorlangan taqdirda pasportga qo’shimcha va o’zgatirishlar kiritilishi kerak.
Pog’ona va uyumdagi qulash prizmasining o’lchami Karerni marksheyderlik xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi va konchilik ishlari uchun pasport va loyihalar ishlab chiqish bilan band bo’lgan mutaxassislar, xamda Karerdagi konchilik ishlari rahbarlariga e’tiboriga doimo yetkazilishi kerak.
. Pog’onalar, Karer bortlar va uyumlarning konstruktsiyalari loyixa bilan aniqlanadi va zarur bo’lganda jinslarning fizik-mexanik xossalarini o’rganish va marksheyderlik kuzatuvlar natijasi ma’lumotlariga ko’ra foydalanish jarayonida to’g’rilanishi kerak.
Pog’onalar xisobdan chiqarilganda Karer bortining loyiha bilan belgilangan umumiy qiyalik burchagiga rioya etilishi lozim.
Saqlagich supachalar gorizontal yoki Karer borti tomoniga qarab qiya xolatda bo’lishi va jins bo’laklari, xamda begona predmetlardan doimo tozalanishi kerak. Konchilik ishlari rejasiga ko’ra supachalar bo’ylab ishchilar xarakatlansa, ularda to’siqlar bo’lishi kerak.
Saqlagich supachalarning eni, ularni mexanizatsiyaviy tozalash imkonini ta’minlashi kerak. Loyixaga muvofiq ravishda bo’ylama nishabli qiya supachalar, shu jumladan transport supachalari bilan qo’shilganlarini qo’llashga ruxsat etiladi.
Vaqtincha ishlatilmaydigan Karer bortlarni shakllantirish va ularda konchilik ishlarini qaytadan boshlash tartibi loyixada ko’zda tutilgan bo’lishi kerak.
Foydali qazilmalarni yer osti usuli yordamida qazib oladigan har bir korxona (tashkilot) da quyidagilar bo’lishi kerak:
- foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida yer qa’ri boyliklaridan foydalanish uchun litsenziya (maxsus ruxsatnoma);
- tasdiqlangan qazib olish loyihasi;
- kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnoma;
- yerdan foydalanish huquqi to’g’risida dalolatnoma;
- xavfsizlik sertifikati;
- shaxta yoki uning navbatini foydalanishga qabul qilish to’g’risida davlat komissiyasining dalolatnomasi;
- kon ishlarini olib borish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsatnoma);
- belgilangan marksheyderlik va geologiya hujjatlari;
- «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan kon ishlarini rivojlantirish rejasi;
- kon ishlarini xavfsiz olib borishni ta’minlovchi texnik vositalar;
- kon ishlarini boshqarish va ularni xavfsiz olib borishni ta’minlovchi xodimlar.
Qazib olish loyihalariga ularning tarkibiy qismi sifatida xavfsizlik texnikasi bo’yicha tadbirlar kiritilishi kerak.
foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida yer qa’ri boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi va uning egasiga tog’-kon korxonasi (shaxtalar, konlar) ni loyihalash, kon ajratmasini olish va yer ajratmasi berilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
SHaxtalarning loyihasi, shu jumladan konlarni tajriba-sanoat yo’sinida qazib olish loyihalari, o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan va «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi bilan kelishilgan loyihalash uchun topshiriqqa asosan ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi, va mazkur Qoidalar talablariga javob berishi kerak.
Agar kon-geologiya va kon-texnik sharoitlar o’zgarsa va bu asosiy loyiha yechimlari va shaxtalarning texnologik parametrlarini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqarsa, loyihalash uchun yangi topshiriq asosida loyiha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan qayta ishlab chiqilishi va o’rnatilgan tartibda qayta tasdiqlanishi kerak.
Agar aniqlangan o’zgarishlar asosiy loyihaviy yechimlarning qayta ko’rib chiqilishini talab etmasa, loyiha tashkiloti bilan kelishilgandan keyin korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan loyihalar bo’yicha shaxtalarning ayrim texnologik parametrlari o’zgartirilishi mumkin.
Agar aniqlangan o’zgarishlar asosiy loyihaviy yechimlar va shaxtalarning texnologik parametrlarini qayta ko’rib chiqilishini talab etmasa, ishlar korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan lokal loyihalar bo’yicha olib borilishi mumkin.
Foydali qazilma konlarini, shu jumladan kelib chiqishi texnogen bo’lgan konlarni, qazib olish uchun kon ajratmalari foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida yer qa’ri boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya egasiga «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspektsiyasi tomonidan beriladi.
Kon ajratmasi amaldagi «Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun kon ajratmalarini berish tartibi to’g’risida nizom» ga muvofiq korxonani qurish, rekonstruktsiya qilish yoki kengaytirish boshlangunga qadar rasmiylashtirilish kerak.
Kon ajratmasi chegaralaridan tashqarida foydali qazilma konlarini qazib olish
Download 39,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish