210
yig‘ma stakanlar bilan o‘rnatiluvchi), silliq plita monolit stakanlari bilan (6.6-
rasm), qovurg‘ali plita va qutisimon kesimli plita ko‘rinishida ishlanishi mumkin.
Poydevor plitalari, rezervuarlar, tunnellar va h.k. larning tubi katta yuzaga
ega va juda ko‘p armaturalanganligi bilan tavsiflanadi. Bunday plitalarning
qalinligi 0,2 dan 2 m gacha oraliqda bo‘ladi. Ularni
betonlash usullari plandagi
o‘lchamlar, qalinligi, armaturalash darajasi, ishlarni amalga oshirishda mavjud
mexanizatsiya, beton aralashmasini yetkazib berishning real hajmlarini xisobga
olgan holda tanlanadi.
6.6.-rasm Poydevor plitasini tuzilish sxemasi:
1 − poydevor plitasining balandlik bo‘yicha
chegaralari; 2 − bo‘ylama armatura; 3 –
ko‘ndalang armatura; 4 – yelimlab yopishtirilgan gidroizolyatsiya; 5 − betonli asos; 6 −
zichlangan grunt.
Poydevor plitalari payvand to‘rlari bilan ikki va
undan ortiq qavatli qilib
armaturalanadi. Armatura karkaslari turli usullarda xosil qilinishi mumkin:
gorizontal to‘rlar joylashtiriladi (yotqiziladi) va tutib turuvchi karkaslar o‘rnatiladi
yoki yassi gorizontal to‘rlar va tutib turuvchi karkaslar birlashtirilib fazoviy o‘zini
ko‘taruvchi armoblok hosil qiladi. Armobloklar tirqishlar (zazorlar) bilan
o‘rnatiladi, bu tirqishlar armobloklarga tayanuvchi yassi gorizontal to‘rlarning bir
yoki ikki qatori bilan berkitiladi.
Massivli poydevor plitalari ajratib olinmaydigan temirbeton qolip, bir xil
shaklga keltirilgan elementlardan tashkil topgan ajratiluvchi-ko‘chiriluvchi
qolipdan foydalangan holda betonlanadi. Katta yuzali qolip panellari, shuningdek
armatura karkasli bloklar montaj kranlari yordamida montaj qilinadi. Qolip va
karkaslarning mahkamlanganligi ishonchli bo‘lishi
lozim va beton aralashmasi,
mexanizm, mashina, ishchi va inventar moslamalardan tushadigan texnologik
211
yuklanishlarni ko‘tara oladigan bo‘lishi kerak. Ishlarni bajarish uchun tayyorlangan
qolip dalolatnoma bo‘yicha topshirilishi kerak.
Plitalarning yuzasi katta bo‘lganda ular betonlash bloklariga yoki xaritalarga
ajratiladi. Xaritalarning chetlari bo‘ylab xaritalar chegaralarida armaturani
qirqmasdan yog‘och yoki to‘rli qolip o‘rnatiladi. Tashqi va ichki qolip sifatida 5x5
sm yacheykali 0,7 mm diametrli simdan tayyorlangan po‘lat to‘rdan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bunday to‘r plita armaturasiga to‘qish simi yoki qisqichlar
bilan mahkamlanadi.
Bloklarning eni betonlashning uzluksiz sharoitlarini va beton aralashmasini
uzatish sur’atini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Betonlashning har bir blokida
ish zonalarini ta’minlash zarur: qabul qilish va dastlabki tekislash va zichlash.
Betonlashning zaruriy tezligi ikkala zonadagi betonning o‘zaro qotishi
boshlangunga qadar tegishli vibrozichlashtirish bilan
avval yotqizilgan beton
aralashmasi keyingisi bilan qoplanadigan shartdan aniqlanadi. Qabul qilinayotgan
betonlash tezligi beton aralashmasini zichlashtirish vositalari yetarli miqdorda
mavjudligi bilan ta’minlanishi kerak.
Agar plitaning qalinligi 0,5 m dan kam bo‘lsa, plitani xaritalarga bo‘lish va
betonlash xuddi pol ostiga betonli asos bajarishdagi kabi olib boriladi, ya’ni eni
3...4 m dan iborat bo‘lgan xaritalarda betonlanadi. Plitaning qalinligi katta
bo‘lganda plitalar eni 5...10 m bo‘lgan parallel xaritalarga bo‘linadi, bunda ular
orasida eni 1...1,5 m bo‘lgan ajratish polosalari (tasmalari) qoldiriladi.
Xarita doirasidagi betonlash fronti minimal bo‘lishi kerak. Xaritalar ketma-
ket betonlanadi, ya’ni
birin-ketin betonlanadi; umulashtirilgan kirishishni
kamaytirish uchun ajratish polosalariga beton chegaralardagi qolip olib
tashlangandan so‘ng tayyor xaritalardagi qotgan beton bilan yonma-yon
yotqiziladi.
Konus cho‘kishi 2...6 sm bo‘lgan beton aralashmasi xaritaga beton nasoslari
bilan beton yotqizgich,
estakadalar yordamida, shuningdek kranlar yordamida
badyadalarda uzatiladi. Ayrim hollarda betonlash pnevmotransport bilan, vibro
xartumlar yordamida, tasmali konveyerlar bilan va bevosita transport vositalaridan
212
amalga oshirilishi mumkin. Qorishmani avval yotqizilgan beton yo‘nalishda,
go‘yoki yangi beton portsiyalarini avval yotqizilganga siqib uzatish kerak.
Betonlash massivida ishlar bir yerga to‘plangan hajmlarda va sur’ati 50...100
/
smena da bo‘lganda holatlarda statsionar betonnasoslaridan foydalanish mumkin.
Chekli qalinlikdagi plitalar ham bir qatlam qilib betonlanadi. Bunda
vibrozichlashtirish ancha murakkablashadi, chunki ichki vibratorlarni qorishmaga
ishchi qism uzunligidan 1,5...2 marta ortiq bo‘lgan
chuqurlikka botirish talab
etiladi. Bunday konstruktsiyalarni vibrozichlashtirish uchun osma vibrotorlar yoki
vibropaketlarni qo‘llanishi maqsadga muvofiqdir.
Betonlashni shunday tashkil etish kerakki, bunda betonlashning bitta xaritasi
chegaralarida ishchi choklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Plitalarning
betoni mayoqlar (nishonlar) bo‘yicha tekislanadi. Devorlar tutashadigan, ustunlar
va Ustunlar tayanadigan joylardagi beton sirti g‘adir-budurligicha qoldiriladi.
Monolit poydevor plitalarini qurish ishlarini ishlarni oqim bo‘yicha tashkil
etish bilan uchta asosiy oqimga ajratgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir:
poydevorlarni armaturalash, qolip o‘rnatish, shu jumladan betonlash zonasi
chegaralarida to‘rli qolip o‘rnatish va bevosita betonlash. Ishlar bir xil maromda
bajarilishi kerak. Yetakchi oqim betonlash hisoblanadi,
shuning uchun har bir
oqimda ishtirok etadigan ishchilar soni betonchilarni uzluksiz ish bilan
ta’minlashdan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: