O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


VI - BOB  POYDEVORLARNI QURISh TEXNOLOGIYASI



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

VI - BOB 
POYDEVORLARNI QURISh TEXNOLOGIYASI 
6.1. Umumiy qoidalar 
 
Sanoat binolari va inshootlari o‘z massasidan tushadigan yukni, shu 
jumladan, foydali yukni poydevorlar orqali gruntli zaminga uzatadi. Zaminning 
ko‘taruvchi qobiliyatidan va unga ta’sir ko‘rsatuvchi yuklardan kelib chiqib, 
poydevorlarning konstruktiv yechimlari turlicha bo‘lishi mumkin. 
Ko‘pchilik kam qavatli fuqaro va sanoat binolari uchun tasmali poydevorlar 
to‘g‘ri keladi. Tasmali poydevorlar yukni zamin gruntlariga asosan tovoni orqali 
uzatuvchi chuqur joylashmagan poydevorlar qatoriga kiradi. Bunday poydevorlar 
ochiq kotlovanlarda barpo etiladi. Tayyorlash sharoitlariga ko‘ra ular bevosita 
kotlovanda quriladigan monolit (yaxlit) poydevorlarga va zavodda tayyorlangan 
elementlardan montaj qilinadigan yig‘ma poydevorlarga bo‘linadi (6.1-rasm). 
Bino devorlari yoki ustunlar qatoridan yukni zaminga uzatish uchun tasmali 
poydevorlardan foydalaniladi. Rejada (planda) ular bir qavatli yoki kesishgan 
tasmalardan iborat bo‘lishi mumkin; bir qavatli tasmalar odatda devorlar ostiga 
quriladi, kesishgan tasmalar esa ustunlar to‘ri ostiga quriladi. Bir qavatli binolar, 
shu jumladan sanoat binolari uchun yaxlit poydevorlar o‘rniga ko‘pincha ustunli 
poydevorlar qo‘llaniladi, ular ustunlar orqali bino karkasidan yuklarni va rand-
to‘sinlar (bog‘lovchi to‘sinlar) orqali devor to‘sig‘i yuklarini qabul qiladi. 


201 
a) 
b) 
6.1 rasm. Tasmali poydevorlar: 
a – yig‘ma tasmali poydevor; b – monolit tasmali poydevor 
Tasmali poydevorlarning ancha chuqur joylashtirilishi, yuk ko‘taruvchi 
devorlarning o‘zaro yaqin joylushuvi binoning ostiga butun yuzasi bo‘ylab 
kotlovanlar qazilishiga majbur qiladi. Odatda qazilgan grunt maydondan olib 
chiqarilib uyumga tashiladi va bino yon chetlaridagi bo‘shliqlarni qayta to‘ldirish 
uchun grunt olib kelinadi. 
Ko‘tarish qobiliyati kuchsiz bo‘lgan gruntlarda poydevorlarni joylashtirish 
chuqurligi anchaga oshadi, bu esa tayanch qismi rivojlangan tasmali poydevorlarni 
qurishga majbur etadi, bu esa o‘z navbatida beton sarfining keskin oshishiga olib 
keladi. 


202 
Ko‘p qavatli binolar qurilishiga o‘tish zaminga tushadigan yuklarning 
ortishiga olib keldi, bu esa yuqori og‘irlikdagi yuklarni qabul qilishga qodir 
poydevorlarning yangi konstruktiv yechimlarini topishni yoki qoziqli 
poydevorlardan foydalanishni talab etdi. Qoziqlar turli xil bino va inshootlar 
ostidagi poydevorlarni qurish, kuchsiz gruntlarning ko‘tarish qobiliyatini orttirish 
uchun, shpuntli qoziqlar esa kotlovanlar devorlarini mustahkamlash va ularni 
o‘pirilishdan saqlash uchun qo‘llaniladi. 
a) 
b) 
v

6.2-rasm. Qoziqli poydevorlar: 
a – qoziqli poydevorlar ko‘rinishi; b – qoziq rostverk bilan; v – qoqilgan qoziqlar 
maydoni 


203 
Yig‘ma tasmali poydevorlar o‘rniga qoziqli poydevorlarning qo‘llanilishi 
qazish ishlarini keskin kamaytirishga, poydevorlar va yerto‘la devorlarini qurish 
uchun monolit yoki yig‘ma temirbeton hajmini kamaytirishga, ish muddatlarini va 
poydevorlarni qurishga sarflanadigan mablag‘ni qisqartirishga imkon beradi. 
Qoziqli poydevorlar tasmali poydevorlardan farqli ravishda kattaligiga ko‘ra kichik 
va ancha tekis cho‘kishlar bilan tavsiflanadi. 
O‘ta yuqori qavatga ega binolar uchun, kuchsiz gruntlarda, turlicha yuk 
ko‘tarish qobiliyatiga ega zaminda barpo etilayotgan inshootning turli qismlari 
ostida va boshqa texnogen omillarni e’tiborga olgan holda poydevor sifatida butun 
inshoot ostiga monolit plita (yaxlit poydevor) quriladi (6.3-rasm). Poydevor 
plitalari planda faqat cho‘kish choklari bo‘yicha bo‘linadi, plitalar binoning 
bikirligini va poydevorning hamda inshootning yer usti qismining birgalikda 
ishlashini ta’minlaydi. Yaxlit poydevorlar inshoot ayrim qismlarining notekis 
cho‘kishini keskin kamaytiradi. 
6.3 rasm Monolit plitali poydevorlar 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish