196
5.42. – rasm. Muzlagan gruntni dinamik ta’sir ostida yumshatish:
a – to‘qmoqning erkin tushishi bilan gruntni yumshatish sxemasi; b – gruntni dizel-bolg‘a
bilan yumshatish; v – vibrobolg‘a bilan gruntni yumshatish; g – 1,5 m chuqurlikkacha muzlagan
gruntni xuddi shunday yumshatish; d – 1,5 m dan pastroqqacha muzlagan grunti xuddi shunday
muzlatish; 1 – to‘qmoq; 2 – ekskavator; 3 –
gruntning muzlagan qatlami; 4 – yo‘naltiruvchi
shtanga; 5 – dizelli bolg‘a; 6 – vibrobolg‘a.
5.43 rasm. Dizel bolg‘a va “to‘g‘ri cho‘michli” ekskavatorning birgalikda ishlash
sxemasi
197
5.12 Yer ishlari sifatini nazorat qilish
Yer inshootlarini barpo etish jarayonlari doimiy ravishda
nazorat qilinadi va shu bilan birga tekshiriladi:
qazilma va to‘kilmaning joyidagi holati (plandagi va balandligi
bo‘yicha);
er inshootlarining geometrik o‘lchamlari;
inshootlar zaminida joylashgan gruntlarning xususiyatlari;
to‘kilmali inshootlarni qurishda ishlatiladigan gruntlarning
xususiyatlari;
gruntlarni to‘kilmalarga joylashtirish sifati va qayta to‘ldirishlar
(yotqizilgan va zichlangan gruntlarni tavsiflari (ta’rif)).
Ishlarni bajarish sifatini doimiy nazoratini injener –texnik xodimlar bajaradi,
operatsion nazorat qurilish laborotoriyasining geodezik xizmat vakillarini jalb etib
bajariladi.
Inshootning joydagi holati va o‘lchamlarini nazorat qilganda qo‘yidagilar
tekshiriladi: yer inshootlarining planda joylashishi va ularning o‘lchamlari; yuqori
cheti va tubining sathi (otmetka); to‘kilmaning cho‘kishini e’tiborga olgan holda
yuqorisining sathi,
tekislangan yuzalar sathi; qazilma va to‘kilmalar qiyaligining
og‘ishi. Ushbu nazorat geodezik asboblar yordamida, shuningdek oddiy instrument
va moslamalar –qurilish shaytoni, ruletka, metr, shovun, shablon,
qiyalik hosil
qiluvchi, o‘lchov reykalari, ishorat qoziqlari to‘plamidan foydalangan holda
bajariladi.
Inshootlar
zaminidagi, karerlar (rezerv), to‘kilma va qayta to‘ldiriladigan
gruntlarning xususiyatlarini baholash ularning inshootlar zaminini loyihalash
jarayonidagi talablarga mos kelishini aniqlashdan iboratdir. Buning uchun sifat
mezoni bo‘lgan asosiy tavsiflar – zichlik va namlik aniqlanadi. Ayrim inshootlar
uchun zaruriyat bo‘lganda gruntning
granulometrik tarkibi, siljish koeffitsienti,
filtratsion xususiyatlari nazorat qilinadi. Asosiy xususiyatlarni baholash odatda
198
tabiiy holatdagi grunt massividan yoki joylashtirilgan
va zichlangan gruntdan
olingan namunalarda o‘tkaziladi.
Grunt sifatini baholash uchun namunalar zamin, kar’er va rezervlarda 0,5 m
va undan chuqurroq shurflardan olinadi. Namuna tanlash to‘r bo‘yicha bajariladi:
bir jinsli gruntlarda tomonlar uzunligi 50...100 m bo‘lgan kvadratning har bir
burchagidan, bir jinslimas gruntlarda qo‘shimcha ravishda har xil gruntli
uchastkalarning hammasidan olinadi. Ko‘tarma va qayta to‘ldirilgan
joylarda
namuna olish qirquvchi halqalar usuli bilan (bog‘langan va yirik qushimchasiz
qumli gruntlarda), shag‘al-qumli va qushimchalari yirik fraktsiyali kichik donali
gruntlarda o‘yma (lunka) usuli bilan olinadi. Vertikal tekislashning ko‘tarmalarida
gruntning nazorat namunalari shaxmat tartibida har 20...40 m dan olinadi, inshoot
bo‘shliqlarni qayta to‘ldirishda uning qirrasidan 0.3 m masofada olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: