6.5. Qoziqlarni botirish texnologiyasi
Qoziqlar qurilish industriyasi korxonalaridan gruntga botirish uchun tayyor
holda yetkazib beriladi. Gruntning tavsiflariga bog‘liq holda qoziqlarni
o‘rnatishining bir qator metodlari mavjud, shu jumladan, zarbali, vibratsiyali,
217
bosim bilan, burab kiritish, yuvish va elektro osmosdan foydalanish, shuningdek
bu metodlarning turli xil kombinatsiyalari.
Zarbali metod
zarba (urish) energiyasidan (zarba yuklanishi ta’siridan)
foydalanishga asoslangan bo‘lib, bunda qoziq zarba ta’sirida o‘zining pastki
o‘tkirlangan qismi bilan gruntga kiritiladi. U botirilgan sari grunt zarralarini
chetga, qisman pastga yoki yuqorigacha surib chiqaradi. Botish natijasida qoziq
uning botirilgan qismining hajmiga amaliy jihatdan teng bo‘lgan grunt hajmini
siqib chiqaradi. Bu gruntning oz qismi yer sirtiga chiqariladi, katta qismi esa
atrofidagi grunt bilan aralashadi va gruntli zaminni ancha zichlaydi. Qoziq
atrofidagi zichlangan gruntning sezilarli zonasi qoziqning 2...3 diametrini tashkil
etadi.
Qoziqning boshiga zarbali yuklanishni maxsus mexanizmlar vujudga
keltiradi:
bug‘-havo to‘qmoqlari
– ular to‘qmoqning zarb beriladigan qismiga bevosita
ta’sir qiluvchi siqilgan havo yoki bug‘ kuchi bilan harakatga keltiriladi.
dizel-to‘qmoq,
ularning ishlashi yonuvchi gazlar energiyasini to‘qmoqning
zarb beruvchi qismiga uzatishga asoslangan;
vibrobotirgichlar
– ishchi organning titratma harakatlarini qoziqqa uzatish
(titrashdan foydalanish);
vibroto‘qmoqlar
– qoziqqa vibratsiya va zarbaning birgalikdagi ta’siri.
Vibrobotirgichlar va vibroto‘qmoqlar ko‘pincha katta diametrli quvursimon
qoziq-qobiqlarni botirishda, shpuntli qoziqlarni gruntga botirishda va sug‘urib
olishda foydalaniladi.
Barcha turdagi to‘qmoqlarning ishchi tsikli ikki taktdan (bo‘lak) iborat:
bo‘sh yurish, uning davomida zarb beruvchi qismning ma’lum balandlikka
ko‘tarilishi yuz beradi va ishchi yurish, uning davomida zarba beruvchi qism
qoziqqa zarba berish paytigacha katta tezlikda pastga harakatlanadi. Bir qator
qoziq qoquvchi to‘qmoqlarda ishchi yurishi zarba beruvchi qismning faqat massasi
ta’sirida yuz beradi, bunday to‘qmoqlar bir marta ta’sir ko‘rsatuvchi to‘qmoqlar
deyiladi.
218
Ikkilangan ta’sir qiluvchi to‘qmoqlarda maksimal ko‘tarilish nuqtasida zarba
beruvchi qism qo‘shimcha energiya oladi, qoziqqa bu energiya va to‘kmonning
zarba beruvchi qismining massasi ta’sir ko‘rsatadi. To‘qmoqning ishlashi
jarayonida uning korpusi botirilayotgan qoziqning kallagida harakatsiz qoladi,
to‘qmoqning zarba beruvchi, qismi korpus ichida harakatlanadi. Yonish energiyasi
to‘qmoqning zarba beruvchi qismini chegaraviy balandlikkacha ko‘taribgina
qolmay, balki u og‘irlik kuchi ta’sirida pastga tushayotganda unga zarba bilan ham
ta’sir ko‘rsatadi. Yonilg‘i uzatish va uning yonishi zarba beruvchi qismning
holatiga bog‘liq holda avtomatik tarzda bajariladi.
Dizel-to‘qmoqlar bug‘-havo to‘qmoqlariga nisbatan ancha yuqori
unumdorligi, foydalanishida oddiyligi, harakatlanishining avtonomligi va ancha
qiymati pastligi bilan farq qiladi. Avtonomlik ikki taktli dizel dvigatelning ishchi
yurishini oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Qurilish maydonlarida shtangali va quvurli dizel-to‘qmoqlar (6.8-rasm)
qo‘llaniladi. Shtangali dizel-to‘qmoqlarning zarba beruvchi qismi-pastdan ochilgan
va yo‘naltiruvchi shtangalarda ko‘chuvchi harakatlanuvchi tsilindrdan iboratdir.
Silindr qo‘zg‘almas porshen ustiga tushganida yonish kamerasida havo va yonilg‘i
aralashmasi alangalanadi, aralashmaning yonishi natijasida hosil bo‘lgan gazlar
tsilindrni yuqoriga otadi, shundan so‘ng yangi zarba yuz beradi va tsikl
takrorlanadi.
Quvurli dizel-to‘qmoqlarda tovoni bo‘lgan qo‘zg‘almas tsilindr barcha
konstruktsiyaning yo‘naltiruvchisi hisoblanadi. Zarba beruvchi qism – kallakli
xarakatlanuvchi porshendir. Aralashmaning alangalanishi porshen kallagining
tsilindrning sferik chuqurligi sirtiga zarba berganda yuz beradi.
219
6.8.-rasm. Dizel-to‘qmoqlarning sxemalari:
a-shtangali; b-quvurli; 1-harakatlanuvchi tsilindr; 2-yo‘naltiruvchi shtangalar; 3-porshen;
4-harakatlanuvchi porshen; 5-kallak; 6-qo‘zg‘almas tsilindr; 7-tayanch qismi.
Quvurli turdagi dizel-to‘qmoqning shtangali to‘qmoqqa nisbatan asosiy
afzalligi shundaki, zarba beruvchi qismning bir xil massasida ular ancha katta
zarba energiyasiga (2...3 marta ko‘p) ega bo‘ladi. To‘qmoq zarba beruvchi
qismining qoziq massasiga nisbati quyidagicha bo‘lishi tavsiya etiladi: shtangali
to‘qmoqlar uchun 1,25; quvurlilar uchun – 0,5...0,7. Yakka tartibda ishlovchi
to‘qmoqlar uchun 1 minutdagi zarbalar soni 45...100 tani tashkil etadi, zarba
beruvchi qismning massasi 2500 kg gacha yetadi. Xuddi shunga o‘xshash
ikkilangan ta’sir qiluvchi to‘qmoqlar uchun 1 minutdagi zarbalar soni 300 tagacha
yetadi, zarba beruvchi qismning massasi 1200 kg ga yetishi mumkin.
To‘qmoq to‘plamiga qoziqni qoziq qoquvchi qurilmani yo‘naltiruvchilarida
mahkamlash uchun, qoziqni bosh qismini zarbalar ta’sirida yemirilmasligi uchun
va zarbani qoziq yuzasi bo‘ylab bir tekisda taqsimlanishi uchun kallak kiradi.
Buning uchun kallakni ichki bo‘shlig‘i qoziqning bosh qismi ko‘rinishiga va
o‘lchamlariga mos kelishi hamda unda bikir mahkamlangan bo‘lishi kerak
220
Qoziqni ko‘tarish va berilgan holatga o‘rnatish uchun hamda qoziqni
vertikal holatda qoqish uchun maxsus qurilma – koper qo‘llaniladi (6.9 rasm).
Koperning asosiy ishchi qismi – bu uning strelasi bo‘lib unda bo‘ylamasi bo‘ylab
to‘qmoq o‘rnatiladi va qoziq qoqilishiga qarab ko‘tariladi va to‘shiriladi. Qiya
qoziqlar gruntga qiya strelali koperlar bilan botiriladi. Koperlar relsda yuruvchi
(universal metalli minorali turdagi) va o‘zi yurar strela uzunligi 9...18 m buo‘lgan
kran, traktor, ekskavator va avtomashinalar bazasida bo‘ladi.
Universal koperlar 20 t ga qadar katta massaga ega. Bunday koperlarning
montaji va demontaji, kranosti yo‘llarini qurish – yetarli darajada mehnat talab
jarayondir, shuning uchun bunday koperlar uzunligi 12 m va undan yuqori
qoziqlarni qoqishda hamda ob’ektda katta qoziq ishlari hajmi bo‘lganda
qo‘llaniladi.
221
6.9 rasm. Qoziq qoquvchi koperli qurilmalar:
a – ko‘priksimon; b – universal relsli; v – ekskavator bazasida (asosida, negizida) g –
traktor bazasida; d – avtomobil bazasida; 1 – kabina; 2 – koperli machta; 3 – ko‘prik; 4 – relsli
yo‘l; 5 – qoziq; 6 – bosh qism bloklar bilan; 7 – yuruvchi telejka (arava); 8 – buriluvchi
platforma; 9 – to‘qmoq; 10 – mashina; 11 – strela; 12 – tirgak; 13 – gidotsilindr; 14 – tortib
chiqariladigan mexanizm; 15 – strelani ko‘taruvchi va qiya qiluvchi gidrotsilindr; 16 – qoziqni
ko‘taruvchi mexanizm; 17 – harakatlanadigan rama.
222
Sanoat va fuqaro qurilishida eng keng tarqalgan uzunligi 6...10 m li qoziqlar
bo‘lib, ular o‘ziyurar qoziq qoquvchi qurilmalar bilan qoqiladi.Bunday qurilmalar
manevrli bo‘lib va qoziqni sudrash va va kerakli balandlikka ko‘tarish, qoziq
boshini kallakka mahkamlash, qoziqni qoqishdan oldin vertikal strela bilan
birgalikda vertikal holatga olib kelish mexanik qurilmasiga ega.
Qoziq qoqish takrorlanadigan uchta asosiy operatsiyadan iborat:
koperni qoziq qoqiladigan joyga ko‘chirish va o‘rnatish;
qoziqni ko‘tarish va qoqiladigan pozitsiyaga o‘rnatish;
qoziqni qoqish.
To‘qmoqning og‘irlik markazi qoqiladigan qoziqning yo‘nalishi bilan to‘g‘ri
kelishi kerak. To‘qmoq qoziqni urnatish mumkin bo‘lgan balandlikka ma’lum
zaxira bilan ko‘tarilib usha holatda mahkamlanadi. Bir harakatli to‘qmoqlar bilan
po‘lat va temir betonli qoziqlarni qoqishda zarbani yumshatish va qoziq boshini
buzilishdan asrash uchun kallak qo‘llaniladi.
Qoziqni qoqish jarayoniga qoziqni loyiha holatiga o‘rnatish, kallakni
kirgazish, to‘qmoqni tushirib 0,2...0,4 m balandlikdan birinchi zarbalarni amalga
oshirish, keyin qoziq 1 m chuqurlikka botirilgandan so‘ng qoziq qoqishni normal
rejimiga o‘tish kiradi. Har bir zarbadan keyin qoziq ma’lum chuqurlikka kira
boshlaydi, chuqurlashgan sari uning kirishi kamaya boradi. Keyin shunday holat
bo‘ladikim, qoziqni qoqishda kirish chuqurligi sezilarsiz bo‘lib qoladi. Amalda
qoziq gruntga kichik bir xil kattalikdagi chuqurlikka botadi bu chukish to‘xtash
deb ataladi
Do'stlaringiz bilan baham: |