- 153 -
2. Umumiy yoki rezorbtiv
5
ta’sir – katta ko‘pchilik
dori vositalari
organizmga so‘rilganidan keyin qonga tushib, barcha a’zo va to‘qimalarga
umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ta’sir dori moddalarining organizmga kiritish
yo‘llariga hamda biologik to‘siqlar orqali o‘ta olish qobiliyatiga bog‘liq holda
yuzaga chiqadi.
3. Asosiy ta’sir – Dori vositasi qaysi maqsadni amalga oshirish uchun
qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘sha ta’siri asosiy hisoblanadi. Masalan,
dimedrol dori
vositasini allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llanilganda uning H
1
-
retseptorlarni bloklashini asosiy ta’sir deb hisoblanadi, ammo , u uxlatuvchi
vosita sifatida qo‘llaniladigan bo‘lsa, unda MNSni
susaytiruvchi xossasini
asosiy ta’sir deb hisoblanadi.
4. Nojo‘ya yoki noxush ta’sir – Dori vositasining asosiy ta’siridan tashqari
yuzaga chiqadigan barcha boshqa keraksiz ta’sirlari nojo‘ya yoki noxush ta’sir
deyiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST, VOZ) ekspertlari tomonidan
e’tirof etilishicha, kasalliklarning oldini olish, ularni
diagnostika qilish yoki
davolash maqsadida qo‘llanilgan dori dori vositalari ta’sirida kelib chiqadigan
barcha keraksiz samaralari nojo‘ya ta’sir deb yuritiladi.
5. Bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir – bunda dori dori vositasining
samarasi bevosita sezuvchi a’zoning yoki nishon hujayraning ma’lum bir
substrati bilan o‘zaro birikishi orqali yuzaga chiqadi.
6. Bilvosita yoki biror narsa orqali ta’sir qilish– bunda dori dori vositasi
sezuvchi a’zoning yoki nishon hujayraning ma’lum
bir substrati bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirlasha olmaydi, buning uchun u boshqa birorta substratga
ta’sir qiladi va Shundan keyin u orqali asosiy ta’sirlashishi lozim bo‘lgan nishon
hujayra bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
7. Reflektor ta’sir – mazkur ta’sir turida dori vositasi ekstero- yoki intero
retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi orqali samara yoki tegishli nerv
markazlarining, yoki ijro a’zosining holatida o‘zgarishlarga olib keladi.
5
Lotinchadan
resorbeo
– yutaman
- 154 -
Masalan, validolning tilostidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarini qo‘zg‘atishi
orqali reflektor ravishda koronar qon tomirlardagi spazm bartaraf etiladi.
8. Ta’sir mexanizmi
deb dori moddaning organizmdagi maxsus retseptorlar
yoki ularning qaysidir substratlari bilan qanday qilib birikishiga aytiladi.
Masalan, pilokarpin gidroxlorid m-xolinoretseptorlar bilan bevosita birikadi,
atropin sulfati esa m-xolinoretseptorlarni bevosita bloklaydi. Yurak glikozidlari
kardiomiotsitlardagi Na
+
K
+
-ATF-aza bilan birikishi
natijasida ularning
kardiotonik samarasi yuzaga chiqadi va h.
9. Spetsifik ta’sir – dori moddalarning organizmdagi spetsifik retseptorlar
bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida paydo bo‘ladigan, qo‘llanilayotgan dori
moddasigagina xos bo‘lgan samaralarning yuzaga chiqishi.
10. Tanlab ta’sir qilish
deb dori moddasining faqat ma’lum a’zo yoki
to‘qimalardagi bir xildagi retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishiga va boshqa
birorta ham retseptorga ta’sir ko‘rsatmasligiga aytiladi.
Masalan kuraresimon
vositalar asosan tanlab xolinoretseptorlarning oxirgi plastinkalarini bloklashlari
hisobiga skelet mushaklarining bo‘shashishiga sabab bo‘ladilar.
11. Qaytar ta’sir– bu “modda-retseptor” orasidagi bog‘lanishning
mustahkamligiga bog‘liq holda ko‘pchilik dori moddalariga xos tarzdagi ta’sir
turidir. Masalan, prozerinning yoki galantaminning asetilxolinesteraza fermenti
bilan bog‘lanishi.
12. Qaytmas ta’sir – ayrim dori moddalarida “modda-retseptor” orasidagi
bog‘lanishning kovalent bog‘lar orqali amalga oshirilishi natijasida mustahkam
bog‘lanish paydo bo‘lishi. Bu holda dori moddasining ta’siri
juda ham uzoq
davom etishi mumkin. Masalan, armin dori vositasining asetilxolinesteraza
fermenti bilan bog‘lanishi “qaytmas” ta’sirga asoslangan.
13. Allergik
6
ta’sir – organizmga kiritilayotgan dori moddasini organizm
antigen sifatida qabul qilishi natijasida yuzaga chiqadigan o‘ziga
xos samara
hisoblanadi. Ko‘pincha allergik reaksiyalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
6
Yunonchadan
Do'stlaringiz bilan baham: