allos
– boshqа,
ergon
– ta’sir, samara
- 155 -
Allergik reaksiyaning yuzaga chiqishi kiritilayotgan dori moddasining dozasiga
bog‘liq emas. Bunda dori moddasi antigen (allergen) vazifasini bajaradi. Dori
allergiyasining odatda 4 turi mavjud:
I turi– tezkor turdagi allergik reaksiyalar. Mazkur yuqori sezuvchanlik
allergik reaksiyaga IgE – antitanachalarning jalb qilinishiga bog‘liq. U eshakem,
tomirlar shishi, tumov, bronxospazm va anafilaktik shok orqali namoyon
bo‘ladi. Bunday reaksiyalar ko‘pincha penitsillinlar, sefalosporinlar,
sulfanilamidlar va b. qo‘llanilganida yuzaga chiqishi mumkin.
II turi-Allergik reaksiyaning mazkur turida komplement tizimini
faollashtiruvchi IgG- va IgM-antitanachalar qonda aylanib yuruvchi hujayralar
bilan o‘zaro ta’sirlashib, ularning lizisini chaqiradi. Masalan, analgin
qo‘llanilganda agranulotsitoz, metildofada esa gemolitik anemiya paydo bo‘lishi
mumkin.
III turi-Mazkur turdagi allergik reaksiyaning yuzaga chiqishida Shubhasiz
IgG-, Shuningdek, IgM- va IgE-antitanachalar (+komplement) ishtirok etadi.
Ular “antigen–antitanacha–komplement” kompleksini hosil qiladilar va u qon
tomirlar endoteliysi bilan o‘zaro ta’sirlashib, ularni shikastlaydi. Natijada zardob
kasalligi deb nomlanadigan kasallik paydo bo‘ladi. Ushbu kasallik eshakem,
artralgiya, artrit, limfadenopatiya, tana haroratining oshishi kabilar bilan
kechadi. Zardob kasalligini penitsillinlar, sulfanilamidlar va b. chaqirishi
mumkin.
IV turi- Ushbu turdagi allergik reaksiya immunitetning hujayra
mexanizmlari orqali ifodalanadi va unda sensibilizatsiyalangan T-limfotsitlar
hamda makrofaglar ishtirok etadilar. Ko‘pincha dori moddasini mahalliy
qo‘llanilganda yuzaga chiqadi va dermatit bilan namoyon bo‘ladi.
14. Idiosinkraziya
7
– bu dori moddasiga nisbatan organizmning atipik
reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Bunda organizmdagi fermentopatiyalar natijasida
qo‘llanilayotgan dori moddasiga nisbatan ko‘tilmagan og‘ir ko‘rinishdagi
7
Yunonchadan
idios
– o‘ziga xos,
synkrasis
– aralashish, siljish
- 156 -
nojo‘ya ta’sir paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, agarda bemor qonida
fermentopatiya natijasida psevdoxolinesteraza fermenti yetishmovchiligi
bo‘ladigan bo‘lsa, u holda miorelaksantlar guruhiga mansub bo‘lgan ditilin dori
vositasining ta’sir davomiyligi odatdagi 5-7 daqiqa o‘rniga 6-8 soatgacha
cho‘zilib ketishi mumkin. Bunday nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risida shifokor oldindan
bilib qo‘ymasa, keyin bemorga yordam ko‘rsatishda katta qiyinchiliklarga
uchrashi mumkin.
Ko‘pincha dori moddalarning dozasini behosdan yoki suitsedal
maqsadlarda o‘ta oshirib yuborish yoxud ularni homiladorlik paytida noo‘rin
ishlatish oqibatida turli salbiy oqibatlar kuzatilishi mumkin. Bularda yuzaga
chiqadigan ta’sir turlarini alohida keltirib o‘tishni lozim deb hisoblaymiz.
15. Mutagen
8
ta’sir – bu dori moddasi ta’sirida embrionning hujayralarini
hamda genetik apparatini kuchli darajada izdan chiqarib tashlashi natijasida
uning o‘zidan keyingi nasli genotipining ham o‘zgarishlariga sabab bo‘lishidir.
Bunday ta’sir yangi dori vositalarini yaratish jarayonida eksperimental
hayvonlarda o‘rganiladi va agarda yangi yaratilayotgan dori vositaning mutagen
ta’siri borligi aniqlanadigan bo‘lsa, u holda bunday dori vositani klinik sinovdan
o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.
16. Kanserogen
9
ta’sir – dori moddasi ta’sirida xavfli o‘smalar paydo
bo‘lishi. Bunday ta’sir ham yangi yaratilayotgan dori vositalarini eksperimental
hayvonlarda o‘rganish bosqichida aniqlanadi va agarda dori vositaning
kanserogen ta’siri borligi aniqlansa, bunday dori vosita klinik sinovdan
o‘tkazilmaydi.
17. Embriotoksik
10
ta’sir
deb dori moddasini homiladorlikning dastlabki 12
haftasigacha bo‘lgan davrda qabul qilinganda yuzaga chiqadigan toksik yoki
zaharli ta’siriga aytiladi.
8
Lotinchadan
mutatio
– o‘zgarish,
genos
– kelib chiqish
9
Lotinchadan
cancer
– qisqichbaqа (rak), xavfli o‘sma
10
Yunonchadan
embryon
– homila, murtak
- 157 -
18. Fetotoksik
11
ta’sir – dori moddasining homiladorlikning 12 haftasidan
boshlab u tug‘ilganiga qadar qabul qiliganida yuzaga chiqadigan toksik yoki
zaharli ta’siridir.
19. Teratogen
12
ta’sir – dori moddasini homiladorlik paytida qabul qilinishi
oqibatida uning homilaga nisbatan salbiy ta’siri tufayli bolaning turli
anomaliyalar bilan mayib-majruh bo‘lib tug‘ilishidir.
Farmakoterapevtik samaraning dori vositasi xususiyatiga va uning
qo‘llanilish shart-sharoitlariga bog‘liqligi
A) Dori vositalarining kimyoviy tuzilishi, ularning fizik-kimyoviy va
fizikaviy xossalari
Dori vositalari ta’sirining yuzaga chiqishi ko‘pincha ularning kimyoviy
tuzilishiga, tarkibidagi funksional faol guruhchalarining mavjudligiga,
molekulalarining shakli va o‘lchamlariga bog‘liq. Moddaning retseptor bilan
o‘zaro samarali ta’sirlashishi uchun dori vositasi tuzilishi shunday bo‘lishi
kerakki, bu tuzilish uning retseptor bilan jips holda birikishiga yordam berishi
lozim. Ularning orasidagi molekulalararo bog‘ning mustahkamligi moddaning
retseptor bilan qanchalik yaqin birikishi bilan uzviy bog‘liq.
Moddaning retseptor bilan o‘zaro ta’sirlashishida ularning bir-biri bilan
fazoviy mos kelishi katta ahamiyatga ega. Bu narsa stereoizomerlarning faoligi
bo‘yicha bir-birlaridan farq qilishlari orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, arterial
qonbosimini oshirishda D(+)-adrenalinning ta’siri L(+)-adrenalinga nisbatan bir
necha marta kuchsizdir.
Agar moddada bir nechta funksional faol guruhchalar mavjud bo‘lsa, u
holda ular orasidagi masofaning ham ahamiyati katta hisoblanadi. Masalan,
qator (CH
3
)
3
H
+
– (CH
2
)
n
– H
+
(CH
3
)
3
∙2X
–
formuladagi bis-to‘rtlamchi ammoniyli
birikmalarda gangliobloklovchi samara yuzaga chiqishi uchun n=6 optimal
11
Lotinchadan
fetus
– homila
12
Yunonchadan
teras
– mayib-majruh
- 158 -
variant bo‘lsa, mushaklarni bloklovchi samara yuzaga chiqishi uchun esa n=10
va 18 bo‘lishi kerak.
Moddalarning juda ko‘p miqdoriy va sifatiy xususiyatlari ularning suvda va
moylarda eruvchanligi, sochmasimon moddalar uchun – maydalanish darajasi,
uchuvchan moddalar uchun – uchuvchanlik darajasi kabi qator fizik-kimyoviy
hamda fizikaviy xossalariga ham bog‘liq. Shuningdek, ionlanish darajasi ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha ikkilamchi va
uchlamchi aminlar guruhiga kiruvchi miorelaksantlar to‘liq ionlanuvchi
to‘rtlamchi ammoniyli birikmalarga nisbatan kamroq ionlanadilar va faolliklari
ham past.
B) Doza va konsentratsiya
Dori vositalarining ta’sir samaralari ko‘pincha ularning organizmga
kiritilayotgan dozasiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Dozaga (yoki
konsentratsiyaga) bog‘liq holda samarasining yuzaga chiqish tezligi, kuchining
ifodalanganligi, ta’sir davomiyligi, ba’zida xususiyatlari ham ifodalanadi.
Doza bu dorivor moddaning bir marta qabul qilishga mo‘ljallangan miqdori
(odatda uni bir martalik doza deyish mumkin). Bundan tashqari sutkalik, kurslik
va zarb dozalar ham tafovut qilinadi. Dozani grammlarda yoki grammning
ulushlarida o‘lchanadi. Yanada aniqroq dozalash uchun dori moddaning dozasi
inson tanasining 1 kilogrammiga nisbatan aniqlanadi (1 mg/kg yoki 1 mkg/kg).
Ayrim holatlarda dorining dozasini tananing yuzasiga nisbatan ham aniqlash
mumkin (1 m
2
).
Bundan tashqari dozaning quyidagi turlari ham tafovut qilinadi:
minimal yoki bo‘sag‘a doza; terapevtik yoki o‘rta doza, td; maksimal yoki
yuqori doza, md; toksik yoki zaharli doza; letal yoki o‘lim chaqiradigan doza,
Ld. Ulardan amaliy tibbiyotda eng ko‘p qo‘llaniladigani terapevtik doza
hisoblanadi. Ingalyatsion kiritiladigan vositalar uchun esa asosan ularning nafas
olayotgan havodagi konsentratsiyasi katta ahamiyatga egadir.
Dori vositalarini organizmga qayta kiritish
- 159 -
Dori vositalarini organizmga qayta kiritganda ularning samarasi ortishi
tarafiga ham, kamayishi tarafiga ham o‘zgarishi mumkin.
Ayrim dori moddalarini organizmga qayta kiritganda ular samarasining
kuchayishi asosan
Do'stlaringiz bilan baham: |