- 312 -
mumkin. Bundan tashqari dispeptik buzilish, bosh aylanish, charchoq bo’lishi
mumkin. Davolash paytida qonning tarkibini qat’iy nazorat qilish kerak.
T r i m e t i n (trimetadion,tridion) oksazolidin hosilasidir. Orqa
miyadagi polisinaptik reflekslarni susaytiradi, T-tipdagi kalsiy kanallarni
bloklaydi va neyronlarga kalsiy kirishini susaytiradi. MIT dan yaxshi so’riladi,
jigarda o’zgarib, buyrak orqali chiqib ketadi. Nojo’ya ta’sirlari: sedativ ta’sir,
gemeralopiya (qorong’uda ko’rish buzilishi, shabko’rlik),
terida allergik
reaksiya, qon yaratish buzilishi (aplastik anemiya, agranulotsitoz), jigar va
buyrak ishi buzilishi. Shulardan kelib chiqqan holda trimetin
bilan
davolaganda doimiy ravishda qon yaratish jarayoni, buyrak va jigar holatini
nazorat qilib borish kerak.
L a m o t r i d j i n (lamiktal) feniltriazin hosilasi hisoblanadi. Mexanizmini
natriy kanallari bloklanishi va presinaptik oxirlardan qo’zg’atuvchi
aminokislotalar ajralishi susayishi bilan bog’lashadi.
Enteral yo’l bilan
butunlay so’riladi, uzoq ta’sir etadi. Shuning uchun jigar va buyrakning
holatini hisobga olgan holda dozalash kerak. Ayniqsa lamotridjinni jigar
mikrosomal fermentlar tizimiga ta’sir qiluvchi preparatlar bilan
kombinatsiyada berganda bu juda muhimdir. Kichik xurujlar, fokal epilepsiya
va kata xurujlarda ham beriladi. Nojo’ya ta’sirlari ataksiya, diplopiya,
allergiya, bosh aylanish.
Mioklonus-epilepsiya
medikamentoz
davolashga
yetarlicha
chidamli
hisoblanadi.
Bunda k l o n a z e p a m , d i a z e p a m (sibazon, seduksen) va
n i t r a z e p a m (eunoktin) ishlatiladi. Klonazepam epilepsiyaning ko’plab
turlarida samaradorligi va minimal nojo’ya ta’sir qilishi diqqatga sazovordir (
ba’zida ataksiya, ishtaha buzilishi, uyquchanlik). Nitrazepam kichik
xurujlarda ham qo’llanadi. Benzodiazepinlarning epilepsiyaga qarshi effekti
ularning GAMK-mimetik ta’siri bilan izohlanadi.
N a t r i y v a l p r o a t (depakin) ham Shu turda va yana kichik va kata
xurujlarda samara beradi. Ta’sir mexanizmi
miyada GAMK-transaminazani
- 313 -
ingibirlashi hisobiga GAMK biotransformatsiyasining sekinlaShuvi va
glutamatdekarboksilaza fermenti stimullanishi sababli GAMK sintezi
kuchayishi va oxir-oqibat miyada GAMK to’planishi hisoblanadi. Bundan
tashqari natriy kanallarini va oz bo’lsada T-tipdagi kalsiy kanallarini ham
bloklaydi. Nojo’ya ta’sirlari nisbatan kam (ko’ngil aynish, ataksiya,
uyquchanlik). Natriy valproat boshqa tutqanoqqa qarshi vositalar nojo’ya
ta’sirlarini kuchaytirishi mumkin, Shuning uchun kombinatsiyalangan terapiya
qilishda buni yodda tutish kerak.
Fokal
tutqanoq turida karbamazepin, topiramat, difenin, vigabatrin,
gabapentin, geksamidin, fenobarbital va boshqalar qo’llaniladi.
Tutqanoqning bu turida k a r b a m a z e p i n keng qo’llaniladi
(stazepin, tegretol, finlepsin). Kimyoviy strukturasi bo’yicha dibenzazepin
hosilasiga kiradi. Uning tutqanoqqa qarshi ta’siri natriy kanallarini
bloklanishiga bog‘liq. Bu dori vositaning
afzalligi Shundan iboratki,
tutqanoqqa qarshi ta’siri psixotrop ta’sir bilan birga namoyon bo’ladi. Ya’ni
Karbamazepin qabul qilgan bemorlarda kafiyat yaxshilanadi va atrofdagilar
bilan muloqat oshadi. Bu esa ijtimoiy va professional tiklanishni
yengillashtiradi. Karbamazepin katta tutqanoq xurujlarida hamda tutqanoqni
aralash formalarida ham (uchlik nervi yallig’langanda ham) qo’llaniladi.
Karbamazepin qo’llanilganda ba’zi bir nojo’ya holatlar kuzatilishi mumkin:
dispeptik o’zgarishlar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik,
akkomodatsiyani
buzilishi
va
boshqalar.
Dori
vosita
psixomotor
reaksiyalarni susaytiradi, Shuning uchun
transport haydovchilariga
buyurilmaydi.
Karbamazepin
ta’sirida
bemorlarning
etil
spirtini
ko’taruvchanligi pasayadi. Allergik reaksiyalar, leykopeniya, yoki
trombotsitopeniya kuzatilsa dori vosita buyurilishi to’xtatiladi. Shuning
uchun periferik qon tahlili doimiy ravishda o’tkazib turilishi lozim.
Tutqanoqqa
qarshi
t o p i r a m a t
(topamaks)
dori
vositasi
sulfamatlangan monosaxarid (d-fruktoza hosilasi) hisoblanadi. Bu dori vosita
- 314 -
hujayra membranasidaagi potensialga bog‘liq bo’lgan natriy kanallarini
bloklaydi, hamda GAMK ni GAMK
a
-retseptorlariga ta’sirini kuchaytiradi.
Bundan tashqari bu dori vosita glutamat (AMRA)
retseptorlarini faolligini
susaytiradi. Dori vosita fokal va umumiy tonik–klonik talvasalarda
qo’llaniladi. Nojo’ya effektlariga MNS funksiyasini buzilishi, (ataksiya,
bosh aylanishi, charchoqlik, uyquchanlik) gepatotoksik ta’sir, urolitiaz
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: