Yo’nalishga kirish



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

Nazorat savollari: 
1.
 
Hayot faoliyati xavfsizligini qanday tushunasiz? 
2.
 
Хavfsizlik atamasiga tushuncha bering? 
3.
 
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqi
to’g’risida nimalarni bilasiz? 


4.
 
 Radioaktiv nurlanishlarning odam organizmiga ta’siri xaqida nimalarni 
aytish mumkin? 
5.
 
Mehnat jarayoni sharoitini shakllantiruvchi omillar bo’yicha nimalarni 
bilasiz? 
6.
 
Avariyalar turlari (iqtisodiyot ob’ektlarida, transport sistemalarida, va h.k.)
,
 
ularni kelib chiqish sabablarini aytib bering. 
7.
 
Yong’inlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar xaqida nimalarni aytish 
mumkin? 
8.
 
Favqulotda vaziyatlar deganda nimalarni tushinish mumkin? 
9.
 
Amaliyotlarni ta’lim jarayonidagi ahamiyati to’g’risida nima deyish 
mumkin? 
3. O’zbekiston Respublikasi ilm, iqtisodiyot, ta’lim va san’at soxalari 
bo’yicha Prezidentimizning ma’ruzalari. 
Kalit so’zlar

ilm, iqtisodiyot, san’at, ma’ruza, xavfsizlik, xuquq, erkinlik, 
iqtisodiy ko’rsatkich, daromad, tarmoq, tadbirkorlik, investitsiya, iqtisodiy o’sish, 
kadr tayerlash, sanoat, o’sish. 
Istiqlol el-yurtimiz uchun o’z taqdirining egasi bo’lib, qadr-qimmatini anglab, 
munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik 
jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning 
iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to’la namoyon etishi, huquq 
va erkinliklarini ro’yobga chiqarishining mustahkam zaminidir. 
O’zbekiston demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish yo’lidan dadil qadamlar bosib bormoqda. Shu maqsadlar yo’lida 
o’zligimizni anglash, yurt ravnaqi, inson manfaati, erkinligi va farovonligini 
ta’minlash talabi aniq va ravshan belgilab olingan. Ushbu vazifalarni bajarish 
avvalo islohotlar jarayonini izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga 
bog’liq. Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» 
asarida ta’kidlangani kabi: «Jamiyat hayotida shunday davrlar bo’ladiki, ... barcha 
sohalarda keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, 
kerak bo’lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi». 


O’zbekiston Yevropa qit’asidagi Yevropada Хavfsizlik va Hamkorlik Тashkiloti, 
Yevropa Ittifoqi va NAТO kabi muhim tuzilmalar bilan yurtimizda demokratik va 
bozor islohotlarini chuqurlashtirish, mamlakatimizda va umuman mintaqada 
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida hamkorlikni mustaqkamlashdan 
manfaatdordir. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda respublika 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida shuni qayd qilganlar : “Vazirlar 
Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga qo’yilgan asosiy 
masala – bu O’zbekistonning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
yakunlarini muhokama etish va 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo’nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat. 
O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, avvalambor shuni ta’kidlashimiz 
kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy 
muammolarga qaramasdan, 2012 yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror 
sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil 
yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi. 
Bu davrda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,2 foizga o’sdi, sanoat ishlab 
chiqarish hajmi 7,7 foizga, qishloq xo’jaligi 7 foizga, chakana savdo aylanmasi 
hajmi 13,9 foizga oshdi. 
Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi. 
Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o’sdi, eksport qilinayotgan 
mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo 
bo’lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Тashqi 
savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi. 
Inflyatsiya darajasining o’sish sur’ati prognoz ko’rsatkichlari doirasida saqlab 
qolindi va 7 foizdan oshmadi. 
2012 yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va 
mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, 


yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, 
ya’ni o’rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Shularga 
qaramasdan, davlat byudjetining daromadlar qismi bo’yicha ko’rsatkichlari to’liq 
bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi. 
Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va 
aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 
34 foizdan ortig’i ta’lim, 14,5 foizdan ko’prog’i sog’liqni saqlash sohalarini 
moliyalashtirishga yo’naltirildi.”
“2012 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlar hajmi 2011 yilga 
nisbatan 1,3 barobar oshdi. Ajratilgan kreditlarning 76 foizdan ziyodi uch yildan 
ortiq muddatga berilgan uzoq muddatli kreditlar ekani, ayniqsa, e’tiborga molik. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining o’tgan yil natijalarini baholaganda, Хalqaro valyuta 
jamg’armasi missiyasi rahbari Veronika Bakalu xonimning ushbu missiyaning 
O’zbekistonda 2012 yil noyabr-dekabr oylaridagi ishi natijalari bo’yicha bildirgan 
fikrlarini keltirish o’rinli, deb bilaman. Uning ta’kidlashicha, “O’zbekiston 
iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o’smoqda. Soliq-byudjet va tashqi faoliyat 
sohalaridagi mustahkam pozitsiya, bank tizimining barqarorligi, davlat qarzining 
kamligi va tashqaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni 
global inqirozning salbiy oqibatlaridan himoya qildi”. O’ylaymanki, bunday 
xolisona baho ko’p narsadan dalolat beradi. Hurmatli majlis ishtirokchilari! 2012 
yilda mamlakatimizning yuqori sur’atlar bilan barqaror o’sishini ta’kidlar ekanmiz, 
buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo’naltirilgan kapital 
mablag’lar, investitsiyalar tobora o’sib borayotganida, bu ko’rsatkich yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur. O’tgan 
yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million dollar miqdorida ichki va xorijiy 
investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko’rsatkich 2011 yilga nisbatan 14 
foizga o’sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million 
dollardan ortig’ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko’prog’i 
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir. E’tiborga sazovor tomoni shuki, jami 
investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va 


yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirildi. Shu 
borada faqat o’tgan yilning o’zida umumiy qiymati 1 milliard 600 million 
dollardan ortiq bo’lgan kapital qo’yilmalar o’zlashtirilib, 205 ta yirik investitsiya 
ob’ekti qurib bitkazildi. 2012 yilda qurilishi nihoyasiga yetkazilgan eng yirik 
ob’ektlar haqida gapirganda, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida Yaponiyaning 
“Mitsubisi” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 478 megavolt quvvatga ega 
bo’lgan bug’-gaz qurilmasining ishga tushirilganini alohida qayd etish lozim. 
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi yiliga qo’shimcha ravishda 2 milliard 800 
million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, 
bu loyiha hisobidan shartli yoqilg’i iste’molini 1,8 marta kamaytirishga, har yili 
400 million kub metr gazni tejash yoki 110 million dollardan ortiq mablag’ni 
iqtisod qilishga erishamiz. Avtomobil sanoatida Germaniyaning dunyoga mashhur 
“MAN” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida yiliga 3 mingta yuk 
avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan yangi kompleksni bunyod 
etishning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Ushbu korxonada jahondagi eng yuksak 
standartlar asosida jihozlangan yuqori texnologik ishlab chiqarish tashkil etildi. 
Aytish kerakki, katta hajmdagi yuklarni tashiydigan eng zamonaviy avtomobillar 
ishlab chiqaradigan mazkur korxona nafaqat mamlakatimiz ehtiyojini qoplaydi, 
balki bu mashinalarni eksport qilishni ham ta’minlaydi. Muborak gazni qayta 
ishlash zavodida 258 ming tonna suyultirilgan gaz va 125 ming tonna kondensat 
ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan zavodning birinchi navbati foydalanishga 
topshirildi, “Sho’rtanneftgaz” korxonasida esa propan-butan qorishmasi asosida 50 
ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqaradigan qurilma o’rnatildi. Yana bir yirik 
loyiha – umumiy qiymati 250 million dollardan ortiq bo’lgan Dehqonobod kaliyli 
o’g’itlar zavodining ikkinchi navbatini qurish ishlari davom ettirilmoqda. Bu 
boradagi ishlar yakuniga yetgach, korxonada yiliga 600 ming tonnagacha kaliyli 
o’g’it ishlab chiqarish imkoni paydo bo’ladi va bu mahsulotning 350 ming 
tonnadan ko’prog’i eksport qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2012 yilda 
Surg’il koni bazasida hatto dunyo mezonlari bo’yicha ham noyob bo’lgan, qiymati 
25 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan Ustyurt gaz-kimyo kompleksi 


qurilishi boshlandi. Mazkur ob’ektning qurilishi 2016 yilda nihoyasiga yetkaziladi 
va bu korxona 4 milliard 500 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 400 ming 
tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish imkonini beradi. 
Ushbu loyiha texnologik jihatdan dunyodagi eng ilg’or loyihalardan biri bo’lib, 
eng yuksak darajadagi gaz-kimyo texnologiyalarini joriy etishni ko’zda tutadi. Bu, 
o’z navbatida,tabiiy gazdan 97 foizgacha etan, propan va boshqa qimmatbaho 
komponentlarni ajratib olishni ta’minlaydi. Mazkur loyihada yetakchi xorijiy 
banklar konsorsiumi, davlat kafolatlarini jalb etmagan holda, loyihalarni 
moliyalashtirish prinsiplari asosida ishtirok etmoqda. Dunyodagi yirik “Тomson 
Reyter” biznes-axborot agentligining moliya sohasidagi jahonga mashhur “Projekt 
faynens interneshnl” jurnali ushbu loyihaning noyobligi va ishga novatorlik bilan 
yondashish natijasi ekanini qayd etib, Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishini 
neft-gazkimyo sanoatidagi yilning eng yaxshi loyihasi, deb tan oldi. Bu, hech 
shubhasiz, barchamizga katta mamnuniyat bag’ishlaydi. 2012 yilda Janubiy 
Afrikaning “Sosol” kompaniyasi va Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi bilan 
hamkorlikda qiymati 4 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan, tozalangan 
metan asosida sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish bo’yicha katta istiqbolga ega 
bo’lgan yirik loyihani amalga oshirish boshlandi.” 
Тa’lim xaqida ushbu ma’ruzada Prezidentimiz shuni aytib o’tadilar: “Тa’lim-
tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash, 
jumladan, umumiy o’rta ta’limdan boshlab o’rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy 
ta’limgacha bo’lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb 
tayyorgarligiga ega bo’lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlari 
izchil davom ettirildi. Bu borada umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini, 
ayniqsa, qishloq joylarda, olis aholi punktlarida yashaydigan qizlarni kasb-hunar 
kollejlarida o’qishga to’liq jalb etish masalasini tekshirish bo’yicha olib borilgan 
keng ko’lamli ishlar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Yangi kasb-hunar kollejlari va 
ularning filiallarini qurish nihoyasiga yetkazildi. 2012–2013 o’quv yilida 
mamlakatimizda 12 yillik majburiy ta’limga o’tish to’liq ta’minlandi.


Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor 
qaratildi. Ushbu kollejlarning ish beruvchi korxonalar bilan kooperatsiya 
aloqalarining turli shakllaridan foydalanishi, bu masalaga tuman va shahar 
jamoatchiligini jalb etish mazkur vazifani ado etishning eng muhim, hal qiluvchi 
yo’nalishi bo’ldi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kollejlarni tugatgan 
450 ming nafardan ortiq bitiruvchi ish bilan ta’minlandi, ularning 43 foizi o’zlari 
ishlab chiqarish amaliyotini o’tagan korxonalarga ishga joylashdi. Mana shu 
imkoniyatdan foydalanib, ushbu yuksak minbardan turib, barcha tuman va 
shaharlar, kasb-hunar kollejlari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga bugungi 
kunda mutlaq ko’pchilik oilalarimiz uchun g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lib 
borayotgan ushbu mas’uliyatli ishga qo’shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik 
bildirmoqchiman. O’tgan davrda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini 
malakali, pedagogik va amaliy ish tajribasiga ega bo’lgan rahbar va o’qituvchi 
kadrlar bilan yanada mustahkamlash ishlari davom ettirildi. 2012 yilda 687 ta 
kasb-hunar kollejining direktori attestatsiyadan o’tkazildi. Buning natijasida 
ularning 119 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. O’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limining barcha o’quv muassasalari tanlovlar orqali saralab olingan rahbar 
kadrlar bilan to’liq ta’minlandi. Yetarli kasbiy ko’nikma va malakaga ega 
bo’lmagan 2 ming 100 nafardan ziyod ishlab chiqarish ta’limi ustasi ishlab 
chiqarish tajribasiga ega bo’lgan malakali kadrlar bilan almashtirildi. Barcha 
rahbar va pedagog kadrlarning 21 ming 700 nafardan ortig’i yoki 18 foizi o’tgan 
yili maxsus kurslarda o’z malakasini oshirdi. O’tgan yili mamlakatimizda yuqori 
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha bir 
pog’onali tizimni isloh qilish hamda joriy etish ishlari nihoyasiga yetkazildi. 2013 
yilning 1 yanvaridan boshlab biz uchun yangi bo’lgan oliy o’quv yurtidan keyingi 
ta’lim, doktorlik ilmiy ishlarini tayyorlash va himoya qilish, ilmiy daraja hamda 
ilmiy unvonlar berish tizimi joriy etildi. Ilmiy kengashlar asosan nafaqat yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash maskani, ayni vaqtda ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan 
markazga aylanishi lozim bo’lgan yetakchi oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil 
etiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tashkiliy 


tuzilishi va uning nizomi tubdan qayta ko’rib chiqildi. 2013 yilning 1 yanvaridan 
boshlab mamlakatimizda oliy o’quv yurtlari faoliyatini baholashning reyting tizimi 
joriy etildi. Reyting tuzish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test 
markazi zimmasiga yuklanadi. Ushbu markaz reyting baholarini tuzishning 
hozircha 
vaqtinchalik 
tasdiqlangan 
metodikasi 
asosida 
Hukumatga 
mamlakatimizda oliy ta’limning qanday rivojlanayotgani to’g’risida har yili 
tahliliy ma’lumotlar taqdim etadi. Oliy o’quv yurtlari faoliyati baholanadigan 
mezonlarni shakllantirishda oliy o’quv yurtlaridagi o’qitish sifati va ilmiy salohiyat 
darajasi indeksiga asosiy e’tibor qaratiladi va ularning har biri natijasiga ko’ra, 35 
foizdan eng yuqori ballar qo’yiladi. Shuningdek, talaba va bitiruvchilarning ish 
beruvchilar o’rtasida so’rov o’tkazish natijasida aniqlanadigan malaka indeksiga 
alohida ahamiyat beriladi va bu ko’rsatkich 20 foiz bilan baholanadi. Qolgan 10 
foiz boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha beriladi. Reyting tizimini joriy etishning 
ma’nosi va ahamiyati faqat har bir oliy o’quv yurtining mamlakatimiz oliy o’quv 
yurtlari orasida qanday o’rinni egallab turgani haqida xolis ma’lumotga ega 
bo’lishdan iborat emas. Eng asosiysi, shu asnoda oliy o’quv yurtlari o’rtasida 
sog’lom raqobat va musobaqa muhitini shakllantirish, shuningdek, ishimizdagi 
e’tibordan chetda qolib kelayotgan jihatlar va rezervlarni baholash, yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash darajasi hamda sifatini yanada oshirish bo’yicha aniq takliflarni 
ishlab chiqish imkoniyati paydo bo’ladi. Тa’lim sohasidagi ishlarimizni sarhisob 
qilar ekanmiz, Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga 
kiradigan “Inssad” xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi “Innovatsiyalarning 
global indeksi” ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o’rinli, deb 
o’ylayman. Ma’ruza Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda 
tayyorlangan. Ushbu ma’ruzada dunyoning 141 mamlakatidagi innovatsion 
rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Тahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan 
biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo’lib, mazkur ko’rsatkich bo’yicha 
bizning mamlakatimiz 35-o’rinni egallagan. Тa’lim tizimini rivojlantirish darajasi 
bo’yicha esa O’zbekiston – shunga e’tibor beringlar – dunyoning 141 mamlakati 
orasida ikkinchi o’rinni band etgan.» 


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzada ta’kidlab o’tdilar: 
“2013 yilda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ta’lim 
standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablar, litsey va kollejlar, oliy 
o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga 
katta e’tibor berildi.
O’tgan yili 28 ta yangi kasb-hunar kolleji qurildi, 381 ta umumta’lim maktabi, 
oliy o’quv yurtlari tizimidagi 45 ta ob’ekt, 131 ta kasb-hunar kolleji va litseylar 
rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 55 ta bolalar musiqa va 
san’at maktabi, 112 ta bolalar sporti ob’ekti va 4 ta suzish havzasi foydalanishga 
topshirilib, ularning barchasi zarur uskuna va inventarlar bilan jihozlandi.
2013 yilda ta’lim-tarbiya tizimini isloh etish borasida amalga oshirilgan keng 
ko’lamli chora-tadbirlar haqida so’z borar ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodning 
xorijiy tillarni o’zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan ishlarni alohida qayd 
etmoqchiman. Jahonda integratsiya jarayonlari kuchayib, kundalik hayotga 
kompyuter texnologiyalari va Internet keng joriy etilayotgan bugungi sharoitda 
chet tillarni puxta bilmasdan va egallamasdan turib kelajakni qurib bo’lmasligini 
barchamiz yaxshi anglab olmoqdamiz.” Shularni inobatga olib, biz o’tgan o’quv 
yilidan boshlab umumta’lim maktablarining birinchi sinfidan chet tillarni 
o’rgatishning uzluksiz tizimini joriy etdik. 
Barcha umumta’lim muassasalarida chet tillarni o’rgatish bo’yicha 17 mingdan 
ortiq o’quv xonalari tashkil etildi. 1-sinf o’quvchilari uchun chet tillar bo’yicha 
multimedia varianti ilova qilingan, 538 mingdan ziyod rangli darslik chop etildi. 2 
ming nafarga yaqin chet tili o’qituvchisi tayyorlandi va ularning umumiy soni 26 
ming kishiga yetdi. 
Mamlakatimizning barcha mintaqalarida chet tillarni bir xil sharoitda o’qitish, 
qishloq joylarga yuqori malakali ingliz tili o’qituvchilarini jalb etish maqsadida, 
tarif stavkalariga 30 foiz qo’shimcha haq belgilangan holda, ularni moddiy 


rag’batlantirish tizimi joriy etildi. Тelevideniyeda chet tillarni o’rgatish bo’yicha 
qiziqarli o’yinlar dasturiga ega bo’lgan maxsus bolalar ma’rifiy kanallari tashkil 
qilindi.” 
Can’at haqida prezidentimiz “Sharq taronalari” sakkizinchi xalqaro musiqa 
festivalini ochilish marosimida shunday deganlar: ”Bugun biz yashayotgan notinch 
va o’tamuraqqab davrda barchamiz bu festivalni ijobiy ta’siri, ahamiyati va 
mohiyati uning el-u elatlar o’rtasida hamkorlik rishtalari mustahkamlash, 
hayotbaxsh musiqa san’ati orqali odamlar qalbiga ezgu insoniy tuyg’ularni 
uyg’otish, 
mushtarak 
tomirlarni 
bir-biriga 
yaqinlashtirishdek 
oliyjanob 
maqsadlarga xizmat qilishda кo’ramiz. Shu borada yana bir fikrni ta’kidlab o’tishni 
istardim. Yer yuzidagi xalqlarni, tili, dini va urf –odatidan qat’i nazar, ulrning 
barchasini birlashtiradigan, avvalambor, yosh avlodimizning ongi va qalbida 
chuqur aks sado beradigan g’oyat ta’sirchan bir vosita, qudratli bir kuch borki, u 
ham bo’lsa musiqa, uning ohang va taronalari, mumtoz kuy va qo’shiqlar, desak, 
har tomonlama to’g’ri bo’ladi.”

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish