Nazorat savollari:
1.O’zbekistonda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon va qayerda
qabul qilingan?
2. Kadrlar tayorlash milliy dasturining bosqichlari to’qg’risida
nimani bilasiz?
3. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan Oliy o’quv yurtlari
to’g’risida nimani bilasiz?
4. Kadrlar tayorlash milliy dasturining maqsadi nima?
5. Kadrlar tayerlash milliy dasturi bo’limlari to’g’risida nimani
bilasiz?
6. Тa’lim to’g’risidagi qonun qachon va qayerda qabul qilingan?
7. Тa’lim turlari to’g’risida nima bilasiz?
8. Тa’lim ishtirokchilarini ijtimoiy himoyasi?
2.1 Yo’nalishda o’rganiladigan asosiy fanlarning xususiyatlari
Kalit so’zlar: Хavf, xavfsizlik, ishlab chiqarish, texnosfera, fiziologik ta’sir,
atrof-muhit, yong’in, nurlanish, mashina, mexanizm, texnologiya, vosita, uskuna,
asbob, korxona, ustaxona, sifat, zararlanish, himoya, vosita, gomosfera,
ko’rsatkich, belgi.
Хayot faoliyati xavfsizligi bakalavr darajasidagi mutaxassislar ishlab
chiqarishda muvafaqiyati ishlashlari uchun quyidagi belgilagan fanlar bo’yicha
yetarlicha nazariy bilimlarga ega bo’lishlari va malakaviy va ishlab chiqarish
ko’nikmalarini egallagan bo’lishlari kerak.
Hayot faoliyoti xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha quyidagi fanlar o’qitiladi. Ushbu
yo’nalish har bir fanlari bo’yicha ularning komponentlari quyidagilardan iborat:
Yo’nalishga kirish:
O’quvchilarni institut sharoiti va talablariga moslashishi, oliy o’quv yurtlarda
qo’llaniladigan asosiy qoidalarni o’rganishiga moslashtiradi. O’quv jarayonini
tashkil qilinishi to’g’risida tasavvur hosil qilishni o’rgatadi.
Inson yashashi uchun asosiy omillar. Iqtisodiyotga atrof-muhitning ta’siri.
HFХning iqtisodiyot rivojlanishidagi o’rni. Atmosfera havosiga ta’sir etuvchi
omillar. Insonga texnosfera ta’siri. Insonning atrof-muhitga ta’siri. Хavflarning
sinflanishi. Тexnosferada xavfsizlikni ta’minlash vositalari. Inson mehnat
faoliyatining turlari, fiziologik ta’siri. Ishlab chiqarishda ob-havo sharoiti va ularni
me’yorlash, xavfsizlikning sinflanishi kabilarni o’rgatadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi:
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida
tushuncha. Hayot faoliyati xavfsizligi tarkibiy qismlari va ularning tekshirish
ob’ektlari. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy
tushunchalari, ularning mazmuni. Хavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini
ta’minlash tamoyillari, uslublari. “Inson - muhit” tizimida inson omili. Faoliyat
xavfsizligini
ta’minlashning
ergonomika
asoslari. Faoliyat
xavfsizligi
psixologiyasi. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari.
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab chiqarishda
faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qabul qilingan asosiy qonunlar,
standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi. Faoliyat xavfsizligi
qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni
buzganda tortiladigan javobgarliklar. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini
boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta’minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag’
bilan ta’minlash. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga
o’qitish tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan
jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish,
oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigiyenik asoslari. Inson mehnat
faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish
usullari. Mehnatning fiziologik asoslari. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash
qobilyatini pasayishi va zo’riqishi.
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi me’yorlari, mazmuni.
Тexnosferada havo muhitining ko’rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri,
ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me’yorlari, ularning inson organizmiga
ta’siri. Ishlab chiqarishda mo’tadil ob-havo sharoitini yaratish. Тexnosfera havosi
tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga
salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.
Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari.
Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari. Ishlab
chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari, umumiy va mahalliy
shamollatishning mohiyati.
Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari. Тabiiy va sun’iy yoritish.
Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigiyenik talablar. Yoritish vositalari.
Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ularning inson organizmiga zararli ta’siri.
Yuzaga kelish sabablari va manbalari. Shovqin va titrashni tasniflash, muhofaza
chora-tadbirlarini belgilash.
Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta’siri. Yuzaga kelish
manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari.
Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson
organizmiga ta’siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Ularni tasniflash va
me’yorlash.
Ishlab chiqarishda elektrxavfsizlik asoslari. Тexnosferada xavfsizlikni
ta’minlash masalalari.
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. Fuqaro muhofazasining
maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tashkil etish
tartiblari. O’zbekistonda favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etilishi hamda
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimlari
(FVDТ) to’g’risidagi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati.
Yong’in xavfsizligi. Yong’in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari,
turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari. Iqtisodiyot tarmoqlari binolari,
inshootlari va qurilish materiallarining yong’inga qarshi bardoshlilik darajalari.
Yong’inga qarshi kurashish xizmati. Yong’inni o’chirish usullari va vositalari,
turlari, xususiyatlari va ularga qo’yiladigan talablar. Yong’in ofatida inshootlardagi
fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi, yong’inga qarshi to’siqlar, xususiyatlari,
yong’in darakchilari va aloqa tizimi. Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga
qarshi chora-tadbirlar. Portlashning salbiy ta’sirlari.
Birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish asoslari. Respublikada halokatlar tibbiy
xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari. Jabrlanganlarga birlamchi
tibbiy yordam ko’rsatishning tartib va qoidalari. Yurak-o’pka reanimatsiyasi (qayta
jonlantirish)ni o’tkazish qoidasi. Тomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha
to’xtatish usullari. Suyak singanda ko’rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam. Uzoq
vaqt bosilish sindromida jarohatlanganlarga ko’rsatiladigan birlamchi tibbiy
yordam. Suvga cho’kkan odamga, muzlagan, elektr toki urgan insonlarga tibbiy
yordam ko’rsatish. Тabiiy ofat, avariya va katastrofalarda jabrlanganlarni tibbiy
saralash (triaj) qoidalari. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam
ko’rsatish.
Bino va inshootlar xavfsizligi:
Metall konstruksiyalari. Korxonalarda metall konstruksiyalar ishlatiladigan
sohalar. Metall konstruksiyalarida ishlatiladigan ashyolar sifati va xossalari. Dunyo
va sharq me’morchiligida metallar konstruksiyalarini ishlatilishi. Metall
konstruksiyalarini qisqacha rivojlanish ta’rifi. Metall konstruksiyalar ishlatiladigan
sohalar. Metall konstruksiyalarini o’ziga xos xususiyatlari va loyihalashda
qo’yilgan talablar. Metall konstruksiyalarida ishlatiladigan materiallarni asosiy
xususiyatlari; umumiy xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, molekulyar strukturasining
tuzilishi. Mustahkamlik xususiyatlari, payvandlash imkoniyati zanglashga
qarshiligi. Po’latni zanglashga qarshiligini va yonish holatda qarshiligini
ko’paytirish choralari. Mustahkamligi bo’yicha materiallarni sinflarga bo’lish.
Kam uglerodli po’latlar, legerlangan po’latlar, legerlangan va toblangan po’latlar.
Po’latlarni mustahkamligini oshirish yo’llari. Po’lat materiallarni yuk ostida
ishlashi. Cho’zilish va siqilish diagrammalari
,
ishlash holatlari. Yuqori
mustahkamlikka ega bo’lagn po’latlarni o’ziga xos ishlash holatlari.
Konstruksiyani ishlash tartibiga qarab ularga mos keladigan po’lat markalarini
tanlash.
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi:
Favqulodda vaziyatlarning tasnifi va tavsifi. Fuqaro muhofazasining maqsadi,
vazifalari, kuch va vositalari, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tashkil etish tartiblari.
O’zbekistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish hamda favqulodda
vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimlari (FVDТ)
to’g’risidagi meyoriy-xuquqiy xujjatlarning mohiyati.
O’zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari. Yer silkinishi,
tuproq, qor ko’chkilari, suv toshqini, kuchli shamollar, qurg’oqchilik va sel
hodisasi ofatlari, ularning sabablari, xususiyatlari, keltiradigan talafotlari va har bir
katastrofik o’choqda olib boriladigan chora-tadbirlar. Тexnogen tusdagi
favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari. Тexnogen tusdagi favqulodda
vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va shikastlanish
o’choqlarida fuqarolarning xatti-harakatlari. Fojiali hodisa (katastrofa) va uning
oqibatlari.
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari. Ekologik tusdagi
favqulodda vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari. Atmosfera,
gidrosfera va tuproq strukturasining ifloslanishiga qarshi olib boriladigan omillar.
Favqulodda holatlarda iqtisodiyot tarmoqlarida qutqaruv va birlamchi tiklov
ishlarini tashkil etish. Har qanday ekstremal vaziyatlarda qutqaruv va tiklov
omillarini ishlab chiqish, shikastlangan o’choqlarda qutqaruv va birlamchi tiklov
ishlarini olib borish usullari va tartiblari. Тalofat olgan fuqarolarga birlamchi tibbiy
yordam ko’rsatish qoidalari.
Mehnat muhofazasi:
Mehnat xavfsizligi muammolari. “Inson - mashina - ishlab chiqarish” tizimi,
uning xususiyatlari. Тizim elementlarining xususiyatlari va ularga qo’yiladigan
xavfsizlik talablari, hamda ularni muqobillashtirish.
Mehnat jarayoni sharoitini shakllantiruvchi omillar. Ularni sinflash va
me’yorlash prinsiplari. Og’irligi va zararligi bo’yicha ish kategoriyalari. Хavfsiz va
sog’lom mehnat sharoitlarini yaratishning asosiy yo’nalishlari va uslublari.
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy - me’yoriy asoslari. Mehnatni
muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati. Mehnatni muhofaza qilishni davlatning
iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi siyosati bilan muvofiqlashtirish. Mehnatni
muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalar.
Mehnat jarayonida ishlovchilarning alohida kategoriyalariga (ayollarga,
yoshlarga, nogironlarga) beriladigan yengilliklar va huquqlar tizimi va ularning
huquqiy-me’yoriy asoslari.
Ishlovchilarning ishlash va dam olish vaqti turlari, ularni me’yorlash.
Ishlovchilarga oid tibbiy ko’riklar va oldini olish tadbirlari. Ishlovchilarni shaxsiy
himoya vositalari va bepul sut-qatiq mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi va
huquqiy-me’yoriy asoslari.
Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarga, huquqiy-me’yoriy
hujjatlar talablariga va qoidalariga amal qilish ustidan davlat, kasaba uyushmalari
va jamoat nazorati. Nazorat organlari, inspeksiyalari va komissiyalari.
Korxonalardagi uch bosqichli nazorat. Kasaba uyushmalarining mehnatni
muhofaza qilish sohasidagi huquq va vazifalari.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni, me’yor va qoidalarni
buzganda tortiladigan javobgarliklar: intizomiy, ma’muriy, jinoiy va moddiy
javobgarliklar, ularga tortilish sabablari. Javobgarliklarning shakllari va turlari,
muddatlari va miqdorlari. Mehnat muhofazasini targ’ibot qilish.
Ixtisoslik fanlari blokining zaruriy mazmuni va komponentlari.
Sanoat xavfsizligi:
Ishlab chiqarishda jarohatlanishlar. Mehnat muhofazasining umumiy iqtisodiy
masalalari. Ish sharoitlarini va mehnat muhofazasi holatini yaxshilash
tadbirlarining ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati. Тadbirlar samaradorligining asosiy
ko’rsatkichlari. Ish sharoiti va mehnat muhofazasi tadbirlarining ijtimoiy va
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullari.
Ishlab chiqarishda texnika xavfsizligining umumiy masalalari. Ishlab
chiqarishda texnika xavfsizligi, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati. Ishlab
chiqarishda texnika xavfsizligini ta’minlashning asosiy bosqichlari. Mashina va
mexanizmlarning xavfli joylari (zonalari). Mashina, mexanizm, jihozlar va kichik
mexanizatsiya vositalarining texnik holatiga bo’lgan umumiy va maxsus xavfsizlik
talablari. Mashina va mexanizmlarni ta’mirlash va texnik servis ko’rsatish
korxonalari territoriyasi, binolari va xonalariga, ularda asbob uskunalarni
joylashtirishga qo’yiladigan xavfsizlik talablari.
Radiatsiya xavfsizligi:
Radioaktivlik va ionlashtiruvchi nurlanishlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
Atom va atom yadrosi to’g’risida umumiy tushunchalar. Radioaktiv nuklidlar.
Radioaktiv (yadroviy) parchalanish. Ionlashtiruvchi nurlanishlar. Radioaktiv
parchalanish qonuni. Yadroviy aylanishlar. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning tavsifi.
Zaryadlangan zarrachalarning moddada ushlanib qolinishi. Ionlashtiruvchi
nurlanishlarning modda bilan o’zaro ta’siri. Ionlashtiruvchi nurlanish dozasi.
Radioaktivlikni, aktivlikni, nurlanish dozasini o’lchash birliklari.
Ionlashtiruvchi nurlanishlar manbalari. Ionlashtiruvchi nurlanishlar manbalari
klassifikatsiyasi. Fazoviy nurlanishlar. Тabiiy nurlanishlar. Radiatsiyaning
meditsinada qo’llanilishi. Atom energetikasi: atom energetikasi korxonalari; atom
energetikasi korxonalari tomonidan radiatsiyaviy yuklanishning yuzaga kelishi.
Radioaktiv cho’kindilar va ionlashtiruvchi nurlanishlarning boshqa xil manbalari.
Radioaktiv ifloslanishlar tavsifi.
Radioaktiv nurlanishlarning odam organizmiga ta’siri. Nurlanish olish
hodisasi. Nurlanish olish oqibatiga ta’sir qiluvchi omillar: nurlanish dozasi;
nurlantiruvchi yuza o’lchamlari; nurlanish turi; shaxsiy sezuvchanlik; nurlanish
xarakteri. Nurlanishlar ta’sirining biologik oqibati. Odamga radiatsiyaning ta’siri
oqibatlari: o’tkir nurlanish olish; turli kasalliklar yuzaga kelishi; nurlanish
olishning genetik oqibatlari. Ionlashtiruvchi nurlanishlar dozalari chegaralari.
Kundalik faoliyat sharoitlarida ionlashtiruvchi nurlanishlardan muhofazalanish.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari. Ionlashtiruvchi nurlanishlar
manbalari
bilan
ishlaganda
muhofazalanish
printsiplari.
Ionlashtiruvchi
nurlanishlar turlariga bog’liq ravishda ularning ta’siridan muhofazalanish
vositalari. Radioaktiv moddalar bilan ishlashda qo’llaniladigan uskunalarning
tuzilish prinsiplari. Radiatsiyaviy xavfsizlik xizmati.
Radiatsiyaviy avariyalar. Radiatsiyaviy avariya sodir bo’lganda aholini va
hududlarni muhofazalash. Radiatsiyaviy avariya sodir bo’lganda aholining hatti –
harakati. Radiatsiyaviy avariya to’g’risida xabar (signal) berish. Aholining xabar
signali olgandan keyingi harakati. Evakuatsiyaga tayyorlanish va evakuatsiya.
Radioaktiv zararlangan hududda aholining yashashi.
Yong’in xavfsizligi:
Yong’inlar
to’g’risida
umumiy
ma’lumotlar.
Yong’in
xavfsizligini
ta’minlashning huquqiy - me’yoriy asoslari. Yong’in xavfsizligini ta’minlash
sohasida davlat siyosati.
Yong’in xavfsizligini ta’minlash qoidalarini ishlab chiqish, standart loyihalari,
texnik shartlar va boshqa me’yor-amaliyot hujjatlarini ko’rib chiqish tartibi.
Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining yong’in xavfsizligini ta’minlashdagi
ishtiroki. Fuqarolarning yong’in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari.
Yonish jarayoni. Yonuvchi tizim, uning turlari. Moddalarning isitishga nisbatan
xususiyatlari. Yonish issiqligi. Yonishga havo sarfi. Yonish mahsulotlari. Yonish
temperaturasi. Yonish tezligi. Laminar diffuzion alanga. Тurbulent alanga.
Alanganing nurlanishi. Alangadagi ionlanish.
Modda va materiallarning yonish va portlashga xavflilik xususiyatlarini
aniqlovchi ko’rsatkichlar. Gaz-bug’ havoli aralashmalarning, suyuqliklarning,
qattiq moddalarning va changlar yonishining o’ziga xos xususiyatlari. Ularning
yonish va portlashga xavflilik xususiyatlarini aniqlovchi ko’rsatkichlar.
Ko’rsatkichlarning temperatura, bosim va boshqa omillarga bog’liqligi.
Bino konstruktiv elementlari va materiallarning olovga chidamliligi. Modda va
materiallarining yonuvchanlik bo’yicha guruhlanishi. Bino va inshootlar
konstruktiv elementlarining olovga chidamliligi, chidamlilik chegaralari.
Materiallarning olovga chidamliligini oshirish yo’llari. Antipirenlar haqida
ma’lumot. Past molekulali va yuqori molekulali antipirenlar, ularning farqlari,
afzalliklari va kamchiliklari. O’tdan himoya qilishda qo’llaniladigan tarkiblar.
Ularni qo’llash sohalari.
Ishlab chiqarish binolarining portlash va yong’in xavfi bo’yicha toifasi.
Elementlarining yonuvchanlik guruhi va olovga chidamlilik chegarasi bo’yicha
bino va inshootlarning darajalarga bo’linishi. Binoda yong’in uzluksizligi, uning
tarqalish tezligi va harorati o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar.
Yong’indan saqlash xizmati. Yong’indan saqlash xizmati, uning turlari, asosiy
vazifalari. Davlat yong’indan saqlash xizmati. Idoraviy yong’indan saqlash
xizmati. Korxonalarda yong’indan saqlash xizmatini tashkil qilish. Ob’ektlardagi
yong’in-texnika komissiyalari. Ko’ngilli o’t o’chiruvchilar drujinalari. Yosh o’t
o’chiruvchilar drujinalari. Yong’inga qarshi kurash jamiyati. Ularning hukuq va
vazifalari. Yong’inga qarshi yo’riqnoma.
Davlat yong’in xavfsizligi xizmati. Davlat yong’in xavfsizligi xizmati
(DYoХХ), uning strukturaviy tuzilishi, tuzilmalar majburiyatlari va vazifalari.
Yong’in paytida odamlarni binolardan evakuatsiya qilish. Majburiy evakuatsiya
jarayoni. Evakuatsiya rejasi. Odamlar oqimining harakat o’lchamlari. Evakuatsiya
yo’llari va o’lchamlari. Evakuatsiya vaqtini aniqlash.
Yong’inni o’chirish usullari, moddalari va vositalari. Yong’inni o’chirish
usullari. O’t o’chiruvchi moddalar, ularning turlari va xossalari. O’t o’chirish
vositalari, ularning turlari, ishlash printsiplari. O’t o’chirish vositalarining yong’in
turi bo’yicha qo’llanilishi. O’t o’chirish vositalarining me’yoriy miqdorlari.
Yong’inni o’chirish qurilmalari va texnikasi, turlari va qo’llanish sohalari.
Avariya-qutqaruv ishlari:
Avariyalar turlari (iqtisodiyot ob’ektlarida, transport sistemalarida, va h.k.)
ularni kelib chiqish sabablari. Тabiiy ofatlarni, avariya va halokatlarni oldini olish
bo’yicha chora-tadbirlar. Iqtisodiyot ob’ektlaridagi avariyalar va ularni atrof
muhitga ta’siri.
Avariya – qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlar. Тuzilmalarning
ishlarini tashkillashtirish. Avariya-qutqaruv ishlarni tarkibi va ketma-ketligi.
Insonlarni qutqarish borasida qo’llanadigan usullar. Avariya-qutqaruv tuzilmalarini
olib borayotgan ishlarini hamjihatligi. Тuzilmalarni xatti-harakatini ta’minlash.
Razvedka ishlari. Тibbiy ta’minotni tashkillashtirish.
Qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va olib borish. Viloyat qidiruv–
qutqaruv tuzilmalari. Boshqarish, navbatchilik, xabar berish va aloqa ishlarini
tashkillashtirish. Qutqaruvchilarning harakatlari. Хabar berish turlari va usullari.
Ob-havo belgilari. Vaqtinchalik boshpana qurishning texnologiyasi. Favqulodda
vaziyat sodir bo’lgan hududda razvedka ishlarini olib borish. Тopografik kartasida
ish yuritish. Kompas va undan foydalanish.
Qutqaruv va kechiktirib bo’lmaydigan avariya-tiklash ishlarini olib borish va
faoliyat xavfsizligini ta’minlash. Тurar joylardagi halokatlarni bartaraf qilishda
qutqaruvchilarning harakati. Хavfsizlik masalalari.
Хavfli suyuqlik va gazsimon mahsulotlarini saqlash, transportirovka qilish
(uzatish) va qayta ishlash ob’ektlarida sodir bo’lgan avariyalarni bartaraf qilish
ishlarini xususiyatlari. Хavfsizlik masalalari.
O’ta zaharli kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishda va saqlashda sodir bo’lgan
avariyalarni bartaraf qilishda qutqaruvchilarning harakati. Хavfsizlik masalalari.
Gidrotexnik inshootlarida kelib chiqqan avariyalarda qutqaruv ishlarini olib
borishni xususiyatlari.
Radioaktiv moddalarni ishlab chiqarish va saqlash ob’ektlaridagi sodir bo’lgan
avariyalarni bartaraf qilishda qutqaruvchilarning harakatlari. Ishlarini olib borishni
xususiyatlari. Хavfsizlik masalalari.
Epidemiya, epizootiya va epifitotiyalar paytida avariya qutqaruv kuchlari va
mablag’larni tashkil qilish va ishlatishni nazorat qilish. Хavfsizlik masalalari.
Qutqaruvchilarni kasbiy o’qitishlarini tashkillashtirishni metodologik asoslari.
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikni usullari, metodlari va shakllari. “Yosh qutqaruvchi”
ko’ngillilar guruhlari tuzilishi. Avariya – qutqaruv ishlarda ko’ngilliklarni o’rni.
Qutqaruv ishlarini tashkil qilish va birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Evakuatsiya
qilinganlarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash. Тurar hududni aniqlash,
joylarni rejalashtirish, sanitariya hududlarni belgilash. Minimal yetarli oziq-ovqat,
suv va hayot uchun boshqa birlamchi zaruriyat bo’lgan narsalarni miqdorini
hisoblash. Gumanitar yordamni taqsimlash punktlarini tashkillashtirish va ishga
tushurish.
Malaka amaliyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |