xo’jaliklar sohaga yetarli e’tibor bermayotganliklarini ta’kidlab,
hozirgi paytda
mamlakatimizda 50 foizga yaqin sug’oriladigan yerlarning meliorativ holati
yaxshilanishga muhtojligini, bunga e’tibor qaratilmasa, kelajakda bu yerlarning
unumdorligi keskin pasayishini ko’rsatib o’tdilar. Ushbu masalaga javoban,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «qishloq xo’jaligida islohotlarni
chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi farmoniga asoslanib
zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va ularni qishloq xo’jaligiga
joriy etish va yer unumdorligini oshirish kabi konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda.
So’nggi ma’lumotlarga e’tibor berilsa sug’oriladigan yerlarning 62,7 % dan
ko’prog’i sho’rlanganligini kuzatiladi.
Demak yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni yerlarning meliorativ holatini
yaxshilamasdan amalga oshirish mumkin emas. Bunday ishlarni amalga oshirish
melioratsiya va qurilishda qo’llanilayotgan mashina
va mexanizmlar tizimini
boshqarishni avtomatlashtirish, ularga texnik xizmat ko’rsatish, hamda ishlatish
oliy toifali yetuk mutaxasis kadrlarni talab etadi. Bunga esa melioratsiya tizimida
va qurilishda qo’llanilayotgan mashina va mexanizmlarni puxta bilish, ulardan
maqsadli va samarali foydalanish,
kadrlar malakasini oshirish, mashinalar texnik
darajasini yaxshilash orqali erishish mumkin. Hozirda va kelgusida oliy o’quv
yurtlarining roli ortmoqda va ortib boradi. Chunki ular halq xo’jaligining barcha
tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar, ilmiy–tadqiqot institutlari uchun
mutaxassis tayyorlash bilan birga, ilm-fanning
hamma jabhalarida yirik
tadqiqotlarni amalga oshirmoqdalar.Ushbu sohadagi ijodiy – ilmiy ishlarni har
tomonlama sermahsul qilish uchun talabalarni oliy maktab xayotiga tezroq
odatlantirish, oliy maktab mezonlarini o’zlashtirib va uning sirlarini mukammal
bilib olish kabilarni to’laroq amalga oshirish maqsadida “Yo’nalishga kirish” fani
o’quv jarayoniga kiritilgan.
Odamlarning sihat-salomadligi mamlakat iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir
ko’rsatadigan faktor hisoblanadi. Uning asosida ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza
masalalari turadi. Ular xaqidagi umumiy tushunchalarni mazkur fan o’rgatadi.
Shular bilan birgalikda o’quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, vaqtdan unumli
foydalanish, mustaqil ishlashga o’rganish, kitob o’qish usullaridan samarali
foydalanish, aqliy mehnat
gigiyenasi va madaniyati, ilmiy tadqiqot ishlarining
bajarishni bilib olish, o’qitish jarayonini asosiy shakllarini nimalar tashkil etishi,
o’quv mehnati va turmush nafosati, materiallarni o’zlashtirish mezonlari, talabalar
bilimini baholashda reyting tizimi va test usullarining mazmuni kabi muhim
masalalar “Yo’nalishga kirish” fani orqali o’rganiladi. Kitobning ayrim
mavzularini tayyorlashda ТIMI ХFХ kafedra o’qituvchilaridan
dotsent
S.Gazinazarova (3.4;1.6), dotsent G.Abdiyeva (2.1) va katta o’qituvchi
E.Ibragimovlar (3.6) ishtirok etdilar.