10- LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu:
Baliqlar hayot siklining etaplari.
Kerakli materiallar va jihozlar:
forel baligi, sut, qush pati, vannacha, skalpel, pinset,
qaychi, preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar
(ro’molchalar), mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi,erkak va urg’ochi
baliq.
Mashg’ulotning maqsadi:
Baliqlar hayot siklining etaplarini
o’rganish.
Baliqlarni yetishtirishda yosh baliqlarni parvarishlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda
ularni ko‘paytirishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish kerak. Har qanday mavjudot ham urug‘lan-
gan jinsiy hujayralarda rivoj topadi.
O‘sish deganda organizmning faol qismlarida vaznining ortishi tushuniladi. O‘sish murakkab
organizmni tashkil qiluvchi hu- jayralarning va hujayralararo to‘qimalarning hosil bo‘lishi va
kattalashuvi hisobiga sodir bo‘luvchi jarayondir. Organizm tomonidan namlikning ortiqcha
shimilishidan shishishi, jinsiy to‘qimalarning to‘planishi, modda almashinuvi natijasida hosil
bo‘lgan chiqindi mahsulotlarning (siydik, tezak) to‘planishi o‘sishga kirmaydi. Organizmda
to‘plangan ortiqcha yog‘ o‘sishga kiradi, chunki bu yog‘ o‘sish jarayonidagi modda almashinuvida
to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi.
Hayvonlar, jumladan, baliqlar organizmida rivojlanish ikki bosqichda: embrion (zigota hosil
bo‘lgandan lichinkaning hosil bo‘lishigacha) davrda va lichinka hosil bo‘lganidan boshlab barcha
bosqichlardan o‘tib ulg‘aygancha bo‘lgan davrda sodir bo‘ladi.
Baliqlar hayotining embrionlik davri ikraning otalanishidan boshlanib 2—7 kun davom etadi va
bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning qancha vaqt davom etishi suvning haroratiga
bog‘liq. Ikra otalanganidan keyin murtakcha (zarodish) halqasining parchalanishi hisobiga
hujayralarning ko‘payishi sodir bo‘ladi va bu bosqich
morula
deb ataladi. Undan keyin hujayraning
ikkitadan qatlami hosil bo‘ladi. Bu bosqich
blastula
deb atalib, 12—16 soat davom etadi. Ikkinchi
kunning boshla- rida tuxum sarig‘i atrofidagi hujayralar son jihatidan tez ko‘- payadi, natijada
murtak uchun joy hozirlanadi. Bu bosqichlar
pastula
deb ataladi. Embrion rivojlanishining
navbatdagi
organo- genez
deb ataluvchi yakunlovchi bosqichida embrionning to‘- qima va a’zolarini
hosil qiluvchi murtak qatlamchalari hosil bo‘- ladi. Bu jarayon chamasi bir kunlar davom etadi.
Ushbu hodisalardan keyin 3—4 kun ichida embrionning aniq seziladigan pigmentlangan
ko‘zlari, bosh miyasi, qon tizimi, suzgichlarining birlamchi o‘simtalari hosil bo‘ladi va ikradan
ochilib chiqadi. Shundan keyin baliqlarning embrion- dan keyingi davri boshlanadi. Uning dastlabki
bosqichi
lichinka davri
deb atalib, bu davr ham o‘sishining jadal yoki sust ke- chishi bilan bir-biridan
farq qiluvchi to‘rtta biologik siklni o‘z ichiga oladi.
Agarda suv harorati pasayib ketsa, uvuldiriqlarning rivojlanishi susayib, lichinkalarning chiqishi
kechikadi. Suv harorati 4—6 °C gacha pasayganda ikralarning sezilarli qismi, ba’zan 80 foizi- gacha
o‘lib qoladi. Zog‘orabaliqlarning ikralari, ayniqsa, haroratning keskin o‘zgarishiga o‘ta sezuvchan.
Masalan, may oyida kunduzlari hovuzlarning sayoz joylarida suv harorati 18—20 °C gacha iliydi,
kechalari, tong paytida suv harorati 5—60 °C gacha tushib ketadi. Bunday holat ba’zan
uvuldiriqlarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun hovuzlar eng yuqori
nuqtasigacha suv bilan to‘ldirilishi kerak.
Embriondan keyingi davr — uvuldiriqdan bo‘lajak erkin embrionning ajralib chiqqanidan uning
faol oziqlanishi bosh- langunigacha bo‘lgan davrdir.
Baliqning endigina tuxumdan chiqqan davri
lichinka (murtak)
deb ataladi.
Lichinka davri sariq tanachaning to‘liq surilib embrionning faol oziqlanishigacha bo‘lgan davri
hisoblanadi. Chavoq davri sariq tanachaning to‘liq surilib bo‘lganidan keyin katta baliqlarning
barcha belgilari namoyon bo‘lgunigacha bo‘lgan davrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |