7- LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu:
Baliqlar
tana shakli, bosh va suzgich qanotlari tuzilishi.
Ishning maqsadi:
Baliqlarning tana shakllarini o’rganish va taqqoslash.
Asosiy matn.
Daryolarning tekislik qismida oqim tezligi sekinlashgani sari tanasi
baland, yonidan siqilgan baliq turlari paydo bo‘la boshlaydi. Ularning yashash joylari
qirg‘oqlardagi o‘simlik oraliqlarida bo‘lib turg‘un suvlarni afzal ko‘rishadi (oqcha, kumush
tovonbaliq, oq ko‘z baliq). SHuningdek bu joylarda juda ko‘p mayda baliq turlarini uchratish
mumkin (qirraqorin, turkiston qumbalig‘i, buqabaliqlar). Daryoning o‘rtasida
esa oqimda
yashaydigan, zo‘r suzadigan tipik reofil baliqlar uchraydi (oq sla, do‘ngpeshonalar,qilich
baliq). O‘simliklar orasida g‘aflatda qolgan o‘ljasini tutishga tayyor poyloqchi
yirtqich – cho‘rtan baliq yashaydi. Suv tubidagi chuqurlarda esa o‘z o‘ljasini kutib, laqqa baliq
hayot kechiradi. Suv havzalariga jo‘shqin daryolar tomonidan olib kelinadigan qattiq jismlar
bo‘lakchalari ularda muhim rol o‘ynaydi, bunday sharoitlarda yashaydigan baliqlarning
ko‘zi kichkina bo‘lib asosan sezgi organlari orqali mo‘ljal olishadi.
Asosiy daryolarimiz
o‘zanlariga suv omborlari qurilgandan keyin daryolarimiz tartibi ham o‘zgardi. Suv
omborlarida suvlar tinib, keyin tiniqlashadi. Bu esa daryolarimizning tipik vakillarining
yo‘qolishiga sababchi bo‘ldi, masalan Sirdaryo soxta kurakburuni, cho‘rtansifat oqqayroq,
parrak shular jumlasiga kiradi.
Baliqlar
paykiloterm hayvon sanaladi, ya’ni ularning tana harorati doimiy emas va
baliqlar uchun tashqi muhit xarorati bilan bog‘liq. Kumush tovonbaliqlar ichki bo‘shliq
suyuqligi muzlamasligi sababli qishda muzlar orasida qolib muz erigach yana yashab
ketaverishi mumkin. Suv harorati qariyib nolga teng bo‘ladigan tog‘ daryolarida turkiston
laqqasi, osmanlar, marinka yashaydi.
Haroratning unchalik katta bo‘lmagan o‘zgarishlariga chidamli bo‘lgan
organizmlar
stenotermlar deb ataladi. Bizdagi doimo sovuq suvda yashaydigan baliqlar shularga kiradi va
ular sovuq suv baliqlari deb ham ataladi. Suv harorati ko‘tarilsa bu baliqlar faolligi keskin
pasayib lanj bo‘lib qoladi. Tog‘ baliqlari shular jumlasidandir. Stenoterm tropik baliqlar
ya’ni faqat isssiq suvda yashaydigan baliq turlari bizda uchramaydi.
Bizda suv issiq va
qishda sovuq (ya’ni suv harorati 10º S dan past) Bunday sharoitda haroratning sezilarli
o‘zgarishiga chidamli bo‘lgan evriterm baliqlar yashashi mumkin, masalan, zog‘ora, chavoq
baliq, oqcha va boshqalar.
Boshqa hayvonlarda bo‘lgani kabi baliqlar modda almashinuvi uchun kislorod zarur.
Suv havzalarda yashayotgan baliqlar suvda erigan kislorod miqdori turlicha bo‘lgan
sharoitlarda yashaydi va shunga ko‘ra bir nechta guruhlarga bo‘linadi:
1. Suvda erigan kislorod
miqdoriga juda talabchan, kislorodning 7-10 sm
3
/litr va undan
bo‘lganda yashaydigan baliqlar. Bunday sharoit sovuq va tez oqadigan tog‘ daryolarida
bo‘ladi (marinka, osman, forel, toshbuqa, yalangbaliq).
2. Kislorod
miqdoriga talabchan lekin, uning miqdori 5-7 sm
3
/litrgacha pasayganda ham
o‘zlarini yaxshi his qiladigan baliqlar. Bu guruhning tipik vakillari oq sla, qum baliqlar va
boshqalar.
3. Unchalik katta bo‘lmagan kislorod miqdorini talab qiladigan uning miqdori 4 sm
3
/litr
bo‘lganda ham faol yashaydigan baliqlar. Bu guruhga tekislik
suv havzalari baliqlari
chavoq baliq va oqcha kiradi.
4. Suvda erigan kislorod miqdori juda kam bo‘lishiga ham chidamli baliqlar. Ularga suvda
kislorod miqdori 0,5 sm
3
/litr bo‘lgan, turib qolgan ko‘l suvlari va botqoqliklarda yashay
oladigan zog‘ora va kumush tovonbaliqlar kiradi. Ilonbosh baliqning oyquloq usti qo‘shimcha
nafas olish organi. SHuni alohida qayd qilish kerakki vaqti-vaqti bilan kislorod miqdori
deyarlik nolga tushadigan suv havzalari ham bor. Ularda yashaydigan ilonbosh baliq oyqulog‘i
ustidagi maxsus organ yordamida atmosfera havosidan nafas oladi.
Ayrim laqqalar,
eshvoylar atmosfera havosini ichaklari yordamida oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: